Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet94/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Tayanch so`z va iboralar: Moral hazard, tahrirlash, Agent, siyosiy iqtisodiyot, Prinsipal Condorcet paradoksi, Noqulay tanlov, Arrovning ilojsizligi nazariyasi, Xabar berish o`rta saylovchilar nazariyasi, Iqtisodiy moyillik

Nazorat savollari


  1. Axloqiy xavf nima? Ish beruvchi bu muammoning qattiqqo`llikni kamaytira oladigan 3 ta narsani izohlang.

  2. Noqulay tanlov nima? Noqulay tanlov muammosi bo`lishi mumkin bo`lgan bozorga misol keltiring.

  3. Xabar berish va tahrirlashni tushuntiring va har biriga misollar keltiring.

  4. Condorcet paradoksini saylovining noodatiy xususiyati nima?

  5. Nega ko`pchilik qoidalar o`rtacha saylovchilardan ko`ra saylovchilarni xohishlarini hurmat qiladi?

  6. Ultimatum o`yinini tasvirlang. Bu o`yin odatiy iqtisodiy nazariyadagi qaysi holatni tasvirlaydi? Tajribalar bu vaziyatlarni tasdiqlaydimi? Izohlang.
  1. BOB ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI12




    1. Ishlab chiqarish texnologiyasi.


So`nggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’molchilarning afzal ko`rishlari va xatti-harakatiga qaratdik.


Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini ko`rib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymati o`zgarishi bilan ishlab chiqarish sarflarining o`zgarishini ko`ramiz. Shuningdek, firmalar va iste’molchilar qo`llayotgan optimal echimlar o`rtasida o`xshashlik borligini ko`ramiz, iste’molchi xatti-harakatini o`rganish bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi.
Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar nazariyasi markaziy o`rin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, «General motors» kompaniyasi muntazam duch keladigan muammolar bilan tanishib chiqamiz. Yig’uv liniyalarining texnikaviy ta’minlanganlik darajasi qanday bo`lishi va uning yangi avtomobil zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar kompaniya ishlab chiqarishni ko`paytirmoqchi bo`lsa, ishchilarni ko`proq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar qurish ham zarurmi? Nima maqsadga muvofiq: bitga avtomobil zavodi turli modellar ishlab chiqarganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? «General motors» o`zining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda qanday rejalashtirmoqda va vaqti kelganda bu ishlab chiqarish sarflari qanday tarzda o`zgaradi, ularga ishlab chiqarish hajmi qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qo`llanib qolmasdan, balki tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar ko`rsatuvchi, hukumatga qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir.
Ushbu bobda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganib chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar) ning birgalikda amal qilishi tayyor mahsulot (avtomobillar va televizorlar) ishlab


12 Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.139-167 bet
chiqarish bilan yakunlanadi. Biz buni bir nechta bosqichda amalga oshiramiz. Birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish funktsiyasi shaklida tasavvur etamiz. Keyin, ishlab chiqarish funktsiyasidan foydalanib firmada ishlab chiqarish omillari o`zgarganda mahsulot ishlab chiqarish qanday o`zgarayotganligini ko`rsatamiz.
Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz.
Firma ishlab chiqarish hajmini uning ko`lami oshgan sari ko`paytiruvchi texnologik afzalliklar mavjudmi?
Shuningdek, biz ko`p tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham o`rganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari xar ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini qanday joylashtirishini ko`rishimiz mumkin.
Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni to`g’risidagi empirik axborotni, jumladan, ishlab chiqarish miqyosining o`sishi natijasida mahsulot tannarxining pasayishi to`g’risidagi axborotni qanday olinishi va undan qanday foydalanilishini ko`ramiz.
Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab chiqarish omillarini qo`llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari bo`lmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob- uskunalarga qo`yilgan kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi.
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o`z ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida meqnat sig’imi ko`rsatkichi orqali ham malakali (duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo`jaligi ishchilari)ni, shuningdek firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi.
Po`lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular firma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi.
Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o`rtasidagi o`zaro munosabat ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri alohqda nisbatda qo`llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko`rsatadi.
Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va kapital K mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funktsiyasini
Q = F(L,K) (9.1)
tarzida yozishimiz mumkin.
Tenglamadan ko`rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omilining miqdoriga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi bir yilda kattaligi ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig’uv konveyerida band bo`lgan muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqari- ladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqchash imko- nini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida aniqpash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funktsiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi.
Masalan, vinoni ko`p mehnat talab qiluvchi qo`lda tayyorlash usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko`p kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini o`zaro bog’lanishning turli usullari to`g’risidagi muayyan bilimga ega bulgan holat uchun) qo`llash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qatiy belgilangan tarkibda ko`paytirishi mumkin.
Ishlab chiqarish funktsiyasi nuqgai nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab chiqarish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funktsiyalari
serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo`l qo`ymaydi — ular firmalarning iqtisodiy samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish omillarining har qanday o`zaro bog’lanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funkdiyalari ishlab chiqarish omillarining o`zaro ma’lum nisbatda bo`lishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bog’liq bo`lgani uchun, hech qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo`llanilmaydi.
Ishlab chiqarish har doim ham iqgisodiy samarali deb o`ylash hamma vaqt ham haqiqatga to`g’ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi.
Ko`pgina savollarni ko`rib chiqishda biz firmalar bitga aniq mahsulot turini ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz.

    1. Download 4,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish