Siyosatchilar ham odamlar
Iqtisodisodchilar Iste’molchilar xulqini o`rganganida, ular haridor o`ziga eng katta naflilik darajasini beradigan tovar yoki hizmat turini tanlaydi deb faraz qilishadi. Agar iqtisodisodchilar firmalar xulqini o`rganadigan bo`lsa, u firmalarni eng katta daromad olib keladigan hizmat va tovarlarni ishlab chiqaradi deb faraz qiladi. Nima deb o`ylaysiz, iqtisodisodchilar, siyosat bilan ishlaydigan odamlarni qanday qilib o`rganishadi?
Siyosatchilar ham o`z maqsadlariga ega. Siyosatchilar xalqning faravonligi va tinchligini o`ylab yashashadi va tenglikga harakat qilishadi deb faraz qisak yaxshi bo`lardi. Yaxshi bo`lardiyu , ammo haqiqatga yaqin emas. Haridorlar va firmalar kabi siyosatchilar uchun o`zining manfaati yuqori turadi. Ba’zi siyosatchilar, yana bir bor saylanish umidida xalqga jon kuydirib qattiq harakat qiladi. Ba’zi bir siyosatchilarning jon kuydirishiga sabab, nafsdir. Agarda bunga qarshi bo`lsangiz, dunyuning qashshoq davlatlariga nazar tashlang, va u yerda korupsiyani oddiy holga aylanib qolganini ko`rasiz.
Bu kitob siyosiy nazariyalarni o`rganib chiqmaydi, ammo shuni aytib o`tish kerakki, barcha qabul qilinadigan qonunlar odamlar tomonidan qabul qilinadi va ularning barchasi ham jamiyatni o`ylab qabul qilinmagan bo`lishi mumkin.
Hulq- atvor iqtisodiyoti
Iqtosdiyot odamni xatti-harakatini o`rganadi lekin bu o`sha tasdiqni qiluvchi yagona soha emas. Ijtimoiy fan psixologiyasi odamlar hayotlarida qiladigan tanlovlarga ta’sir ko`rsatadi. Iqtisodiyot va psixologiya sohalari odatda mustaqil ravishda davom etadi,chunki ular turli savollar doirasiga o`z e’tiborlarini qaratishgan. Lekin oxirgi paytda iqtisodchilar asosiy psixologik qarashlarni tushuntirishayotgan hulq-atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo bo`ldi. Keling ulardan ba’zilarini ko`rib chiqamiz.
Odamlar har doim ham ratsional emaslar
Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab joylashtiradi, ba’zida u Homo ekonomicus deb ataladi. Bu tur a’zolari har doim ratsionaldir. Firma menejeri sifatida ular foydani maksimallashtiradi, iste’molchi sifatida ular naflilikni maksimallashtiradi. Ular duch keladigan to`siqlarni inobatga olib, ular ratsonal ravishda barcha daromadlarni va xarajatlarni taqqoslaydi va har doim eng munosib yo`lni tanlaydilar.
Haqiqiy insonlar Homo sapienslardir. Garchi ular ko`p jihatdan ratsional insonga o`xshasa ham, iqtisodiy nazariyadagi tejamkor insonlar ancha murakkab hisoblanadi. Ular ta’sirchan, sarosimaga tushuvchi, emotsional va kaltabin bo`lishadi.Odam fikr yuritishidagi bu kamchiliklar psixologlar uchun asos bo`lib hisoblangan lekin yaqingacha ularga e’tibor berishmagan.
Iqtisodiyot va psixologiya chegaralarini birinchilardan bo`lib o`rgangan Gerbert Simon odamlarga ratsional maksimalistlar sifatida emas balki qoniquvchilar sifatida qarashni taklif qilgan. Har doim eng yaxshi yo`nalishni tanlagandan ko`ra, ular shunchaki yaxshi bo`lgan qarorni qabul qilishadi. Shuningdek, boshqa iqtisodchilar odamlar faqat “ratsionalga yaqin” yoki ular cheklangan ratsionallikka ega deb taxmin qilishadi.
Odamlar qarorlar qabul qilish izlanishlari odamlar qiladigan doimiy xatolarni ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar:
O`ziga ishonuvchi insonlar. Tasavvur qiling, sizga bir nechta sonli savollar berishdi. Masalan: BMT tarkibidagi Afrika davlatlari soni, Shimoliy Amerikadagi eng baland tog’ning balandligi va hokazo…
Odamlar jonli kuzatuvdagi kichik sonlarga juda katta e’tibor berishadi.
Tasavvur qiling, siz X markadagi
mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz. Siz uning ishonchliligini bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari tomonidan ko`rib chiqilgan Xaridor Hisobotini o`qiysiz. Keyin siz X markadagi mashinasi bor do`stingiz yoniga borasiz va u sizga uning mashinasi bo`lmag’ur ekanini aytadi. Do`stingizni fikriga qanday munosabat bildirardingiz? Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat
sizning sinov ko`rsatkichlaringizni 1000 ta dan 1001 ta ga ko`paytirganiga tushinib yetasiz. Lekin do`stingiz hikoyasi ishonarli bo`lgani uchun siz qaror qabul qilishda bunga ko`proq e’tibor berasiz.
- Fikrlarini oz’gartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar o`zlari allaqachon ega bo`lgan fikrlarini isbotlab berishga o`rganib qolishgan. Bir kuzatuvda subyeklardan jinoyatchiga o`lim jazosi berilishi kerakmi yo`qmi degan kuzatuv hisobotlarini o`qish va unga baho berish so`raldi. O`qib bo`lishgach, boshidanoq o`lim jazosini tanlagan insonlar o`zlarining fikrlarida qat’iy qolishgan va boshidanoq o`lim jazosiga qarshi bo`lganlar ham o`zlarining fikrlarida qolishgan….
Hayotingiz davomida qabul qilgan qarorlaringiz haqida o`ylang. Bulardan ba’zilarini ko`rsatib bera olasizmi?
Ahloqiy namuna 401(k) rejasini ya’ni ba’zi firmalar o`z ishchilariga taklif etadigan pensiya fondi solig’ini o`rganishda yuzaga keladi. Ba’zi firmalarda ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani to`ldirish orqali tanlashlari mumkin. Boshqa firmalarda ishchilar to`g’ridan- to`g’ri qabul qilinishadi va anketa to`ldirish orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. Bu ko`pchilik ishchilar 1-holatdan ko`ra 2- holatda qatnashishni ko`rsatadi. Agar ishchilar mukammal ratsional-maksimalistlar bo`lishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini tanlagan bo`lardilar. …
Do'stlaringiz bilan baham: |