Va muvofiqlashtirish boshqarmasi


Chiqindi mahsulotlardan tayyorlanadigan taomlar



Download 4,39 Mb.
bet146/165
Sana06.07.2022
Hajmi4,39 Mb.
#747045
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   165
Bog'liq
AAAAAASaidova Iqbol to\'plam yangi (3)

Chiqindi mahsulotlardan tayyorlanadigan taomlar
Chiqindi mahsulotlardan qilinadigan ovqatlaming oziq qimmati yuqori va ta’mi yaxshi boiadi. Ayrim chiqindi mahsulotlarda oqsil go‘shtdagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Ular vitaminlar, mineral moddalarga boy va juda quvvatli bo‘ladi. Chiqindi mahsulotlardan taomlar tayyorlashda tozalik va ozodagarchilik (sanitariya va gigiyena) qoidalariga qattiq amal qilish zarur, chunki ushbu qoidalar buzilsa, chiqindi mahsulotlar mikroorganizmlar rivojlanishi uchun muhit bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Tayyorlab bo‘lingan chiqindi mahsulotlar darhol issiqlik bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Ular ko‘pincha qaynatiladi, keyin qovuriladi yoki dimlanadi. Ba’zi chiqindi mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qovuriladi.
Qaynatma til. Tayyorlab bo‘lingan tillar issiq suvga solinib, qaynab chiqquncha qizdiriladi, xom sabzi, petrushka, piyoz qo‘shilib, past olovda 2-3 soat qaynatiladi, qaynatish oxirida tuz solinadi. Agar tuzlangan tillar qaynatib pishiriladigan bo‘lsa, ular sovuq suvga solinadi, shunda tillardagi tuz ko‘proq chiqib ketadi. Pishgan tillar bir necha minut sovuq suvga solib qo‘yiladi va hali juda sovimasdan turib terisi olib tashlanadi. Tillar porsi- yalarga kesib bo‘linib, ustiga ozgina qaynatma quyiladi va qaynatiladi. Suzib berilgunga qadar qaynatmada saqlanadi.
Suzib berishda taqsimcha yoki porsiyali idishga avval garnir, ya’ni kartoshka bo‘tqasi yoki ko‘k no‘xat solinib, yoniga til qo‘yiladi. Uning ustiga qizil qayla, piyozli va bodringli qizil qayla, yerqalampirli smetana qaylasi quyiladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): mol tili - 126 yoki qo‘y tili - 143, yoxud cho‘chqa tili, yoinki buzoq tili - 127, sabzi-4, no‘shpiyoz-4. petrushka - 3, garnir - 150, qayla - 75. Tayyor mahsulot chiqishi - 300.
Ruscha pishirilgan buyrak. Ishlovdan o‘tkazilgan buyraklar ivitilib, ustidan sovuq suv quyiladi va qaynab chiqquncha qizdiriladi, qaynatmasi to‘kib tashlanadi, buyraklar yuviladi-da, ustidan yana sovuq suv quyilib, past olovda 1-1,5 soat qaynatiladi. Pishgan buyraklar qaynatmadan olinib, yuviladi va ustiga ho‘l salfetka yopib saqlanadi.
Xom qo‘y, buzoq va cho‘chqa buyraklari hamda pishirilgan mol buyragi parrak qilib to‘g‘raladi va qovuriladi. Tuzlangan bodringlar tozalanib, rombcha yoki parrak qilib to‘g‘raladi va yopiq idishda pishiriladi. Palladia yoki kubiklar shaklida to‘g‘ralgan kartoshka qovuriladi. Sabzi, piyoz, petrushka pallacha qilib to‘g‘raladi va chala qovuriladi. Chala qovurilgan sabzavotlar bodringlar bilan aralashtirilib, chala qovurilgan tomat qo‘shiladi va 10-15 min dimlanadi. Keyin suyultirilgan qizil qayla qovurilgan buyraklar, kartoshka, yanchilmagan murch, dafna bargi solinadi va 20-25 min dimlanadi.
Mazkur taomni qizil vajuda tayyorlash mumkin. Bu holda qovurilgan buyraklar, kartoshka, chala qovurilgan sabzavotlar, yopiq idishda pishirilgan bodringlar chuqur idishga solinib, ustidan qizil vaju quyiladi va dimlanadi. Dimlash paytida dafna bargi, yanchilmagan murch qo‘shiladi.
Suzib berishda metall taqsimcha yoki porsiyali tovaga buyraklar qo‘yilib, ustiga mayda to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz va ko‘kat sepiladi. Agar ovqat ko‘p miqdorda tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda dimlash vaqtida kartosh­ka solinmaydi, balki undan suzib berishda gamir sifatida foydalaniladi.
Qaynatma miya. Ishlov berilgan miya deformatsiyalanmasligi uchun idishga bir qavat qilib qo‘yiladi, ustidan mahsulotning sirtini yopib turadigan miqdorda sovuq suv quyilib, sabzi, petrushka, piyoz, yanchilmagan murch, dafna bargi, tuz qo‘shiladi va sirka quyiladi. Sirka miyaning mazasi va rangini yaxshilash maqsadida qo‘shiladi, bundan tashqari, sirka qo‘shil- ganda oqsil moddalar yaxshi iviydi hamda miya quyuqroq bo‘lib qoladi. Qaynab chiqquncha qizdiriladi, idish qopqoq bilan berkitiladi va past olovda qaynatmasdan 20-25 min pishiriladi. 0‘zi pishirilgan qaynatmada saqlanadi. Pishgan miyalar porsiyalarga ajratiladi.
Suzib berayotganda taqsimcha yoki porsiyali idishga qaynatilgan kartoshka yoki yopiq idishda pishirilgan guruch, kartoshka bo‘tqasi yoxud ko‘k no‘xat solinib, yoniga miya joylanadi, ustiga qaynatilib, yaproqcha qilib to‘g‘ralgan shampinyonlar yoinki oq qo‘ziqorinlar qo‘yiladi, bug‘da pishirilgan yoki oq qayla quyiladi, qo‘ziqorinsiz suzib bersa ham bo‘ladi.
Qovurilgan miya. Qovurilgan miyalar sovitilib, yaproqcha qilib to‘g‘raladi, tuz, murch sepiladi, unga bulanadi, qizdirilgan yog‘li tovaga solinadi va qizil qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi.
Suzib berishda porsiyali idishga garnir sifatida qovurilgan kartoshka, kartoshka bo‘tqasi, yopiq idishda pishirilgan sabzavotlar, 3-4 xil sabzavotdan iborat murakkab garnir solinib, yoniga miya qo‘yiladi-da, ustiga limon sharbatili eritilgan sariyog‘ quyiladi yoki bir bo‘lak limon qo‘yiladi, to‘g‘ralgan ko‘kat sepiladi.
idishga solinib, yuzi bilan barobar bulon quyiladi-da, qopqog‘i jips yopilgan holda haroratini 60 darajadan pastlamasdan 2—3 soat saqlanadi. Qovurilgan go‘shtli taomlar issig‘icha 2—3 soat- gacha saqlanadi, damlangan va duxovkada pishirilganlari esa

  1. 2 soatgacha saqlanadi. Mol va parranda go‘shtlaridan tay- yorlangan taomlar 30 daqiqa saqlanadi. Butun pishirilgan par­randa go‘shtini saqlash muddati esa 1 soatdir.


Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish