Yopib pishirilgan go`shtaomlarini tayyorlash texnologiyasi.
Go‘sht mahsulotlari toblab pishirish uchun avval qaynatiladi, yopiq idishda pishiriladi, dimlanadi yoki to‘la-to‘kis pishguncha qovuriladi, keyin garnir, qayla bilan yoki qaylasiz porsiyali tovalar yoxud tunuka tovalarda toblab pishiriladi. Ular 250-300 °C haroratda qizil qobiq hosil bo‘lguncha va mahsulot 80-85 °C gacha isiguncha, bevosita suzib berish oldidan toblab pishiriladi, negaki saqlab turiladigan bo‘lsa, taomlaming tashqi ko‘rinishi va mazasi yomonlashadi.
Porsiyali tovada toblab pishirilgan taomlar o‘sha tovaning o‘zida suzib beriladi. Suzib berilayotganda ustiga eritilgan sariyog‘ quyiladi.
Kartoshkani go‘sht bilan birga toblab pishirish (zapekanka). Qaynatib pishirilgan issiq kartoshka qirg‘ichdan o‘tkazilib, margarin yoki sariyog4 qo‘shiladi (xom tuxum qo‘shish ham mumkin) va aralashtiriladi. Qiyma tayyorlash uchun go‘sht to‘g‘ralib, yaxshilab qovuriladi-da, ustiga ozgina qaynatma yoki suv solinadi va tayyor bo‘lguncha dimlanadi. Keyin qirg‘ichdan o‘tkaziladi, chala qovurilgan no‘shpiyoz bilan aralashtirilib, tuz, yanchilgan murch qo‘shiladi.
Kartoshka bo‘tqasi ikkiga bo‘linib, bir qismi yog‘langan va qoq non tolqoni sepilgan tunuka tovaga solinib, usti tekislanadi hamda go‘sht qiyma solinadi, uning ustiga kartoshka bo‘tqasining qolgan qismi solinib, usti tekislanadi, tolqon sepiladi, sariyog‘ purkaladi va toblab pishiriladi. Tayyor bo‘lgan zapekanka bir oz sovitiladi va porsiyalarga kesib bo‘linadi.
Suzib berishda zapekanka taqsimcha yoki porsiyali idishga qo‘yilib, ustiga sariyog1, qizil qayla yoki tomat qaylasi quyiladi.
Go‘sht bilan toblab pishirilgan makaron. Qaynatib pishirilgan makaronlar 60 °C gacha sovitilib, xom tuxum qo‘shiladi va aralashtiriladi. Makaronlarning yarmisi yog‘langan va qoq non tolqoni sepilgan tunuka tovaga solinib, ustiga makaronlarning qolgan qismi solinadi, usti tekislanadi, sariyog1 purkaladi va toblab (qizartirib) pishiriladi. Tayyor bo‘lgan makaronlar bir oz sovitilib, porsiyalarga ajratiladi. Bu taom uchun ham qiyma kartoshka zapekanka uchun boigani singari tayyorlanadi.
Suzib berishda makaronlar taqsimcha yoki porsiyali idishga solinib, ustiga eritilgan sariyog‘ quyiladi.
Go‘shtli va guruchli karam do‘lma. Xom go‘sht qiymalagichdan o‘tkazilib, qaynatib pishirilgan guruch, chala qovurilgan piyoz bilan aralashtiriladi, tuz, yanchilgan murch, to‘g‘ralgan petrushka qo‘shiladi va hammasi aralashtiriladi. Ayrim hollarda xom guruch ishlatiladi, bu holda do‘lmalarkamida 1 soat dimlanadi.
Tayyorlab qo‘yilgan karam barglariga qiyma solinib, o‘raladi va silindr shakliga keltiriladi; do‘lmalar yog‘langan tunuka tovaga qo‘yilib, ustiga yog‘ purkaladi va qovurish javonida yaxshilab qovuriladi, keyin tomatli smetana qaylasi, smetana yoki tomat qaylasi quyiladi hamda qovurish javonida toblab pishiriladi. Suzib berilayotganda metall likopcha yoki taqsimchaga bir porsiyaga 2 tadan do‘lma solinib, ustiga doMmaning o‘zi tayyorlangan qayla quyiladi, to‘g‘ralgan ko‘kat sepiladi.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): yangi karam-218, mol go‘shti - 164, guruch - 13, no‘shpiyoz- 33, yog‘ - 10, vaju - 125. Tayyor mahsulot chiqishi-427.
Piyoz qaylasida toblab pishirilgan mol go‘shti. Go‘sht yirik bo‘laklar holida qaynatib yoki dimlab pishiriladi, keyin porsiyali bo‘laklarga kesib bo‘linadi. Qaynatilgan kartoshka doiracha yoki yaproqcha qilib to‘g‘raladi. Kartoshkadan bo‘tqa tayyorlab, unga xom tuxum qo‘shish mumkin.
Yog‘langan porsiyali tovaga ozgina piyoz qaylasi solinib, 1-2 bo‘lak mol go‘shti qo‘yiladi, ustiga vaju quyiladi. Kartoshka atrofiga kartoshka joylanadi yoki maxsus xaltadan kartoshka bo‘tqasi chiqarib solinadi, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq yoki qoq non tolqoni sepiladi, sariyog1 purkaladi va toblab pishiriladi.
Porsiyali tovada suzib beriladi, ustiga to‘g‘ralgan petrushka yoki ukrop sepiladi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol go‘shti - 164, kartoshka
206, qayla - 100, tolqon - 2, pishloq - 3,3, ovqatga yaroqli margarin - 5. Tayyor mahsulot - 300.
Tovada pishiriladigan terma solyanka. Qaynatib pishirilgan cho‘chqa, mol go‘shti, buyrak yaproqcha qilib, sosiskalar doiracha yoki yaproqcha qilib to‘g‘raladi va sal-pal qovuriladi. Po‘sti va urug‘laridan tozalangan tuzlangan bodringlar rombcha yoki yaproqchalar shaklida to‘g‘ralib, yopiq idishda pishiriladi. Go‘sht mahsulotlari tuzlangan, marinadlangan bodringlar bilan aralashtirilib, zaytunlarning bir qismi solinadi, qizil vaju quyiladi va qaynab chiqquncha qizdiriladi.
Yog‘langan porsiyali tovaga bir qatlam dimlangan karam, uning ustiga qaylali va sabzavotli go‘sht mahsulotlari solinadi, eng tepasiga qolgan karam uyib solinadi. Ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq yoki qoq non tolqoni sepilib, sariyog4 purkaladi va toblab pishiriladi. Suzib berishda solyanka limon, zaytun, petrushka bargi, marinadlangan mevalar bilan bezatiladi. 0‘zi pishirilgan tovada suzib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |