Sof qiymali go‘sht taomlarini tayyorlash texnologiyasi
Qiyma go‘shtdan qilinadigan mahsulotlar qovurib tayyorlanadi. Ular suzib berish oldidan tayyorlanadi, chunki saqlab turiladigan bo‘lsa, mahsulotlaming mazasi va quyuq-suyuqligi yomonlashadi. Qiyma go‘shtdan tayyorlanadigan mahsulotlaming ikki tomoni qizil qobiq hosil bo‘lguncha qovuriladi, keyin qovurish javonida maromiga yetkaziladi. Qovurishda kamayish 30 % ni tashkil etadi. Suzib berishda ustiga go‘sht shirasi yoki eritilgan sariyog4 quyiladi.
Qiyma bifshteks. Hozirlangan yarim tayyor mahsulot qizdirilgan yog‘li tovaga solinib, ikki tomoni 150-180 °C haroratda qovurish javoniga 5-7 min qo‘yiladi. Qovurishdan oldin bifshteksni unga bulab olish mumkin. Issiqlik bilan ishlov berish muddati 15 min.
Suzib berayotganda porsiyali idish yoki taqsimchaga gamir solinib, yoniga bifshteks qo‘yiladi-da, ustiga go‘sht shirasi quyiladi. Gamir sifatida qovurilgan kartoshka, qaynatilgan sabzavotlar, murakkab garnirdan foydalaniladi. Qiyma bifshteksni tuxum yoki piyoz bilan (bulanmagan bifshteks kabi) suzib berish mumkin.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): mol go‘shti - 109, dudlangan yoki tuzlangan cho‘chqa yog‘i - 12,5, sut-6,76, yanchilgan murch- 0,04, tuz-
eritilgan hayvon yog‘i - 7, garnir - 150. Tayyor mahsulot chiqishi - 220.
Bulanmagan (tabiiy) qiyma shnitsel. Qiyma mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadi. Cho‘chqa go‘shtidan qilinadigan qiymaga yog‘ qo‘shilmaydi. Hozirlangan yarim tayyor mahsulot qizdirilgan yog‘li tovaga solinib, qizil qobiq yuzaga kelguncha qovuriladi va qovurish javonida tayyor holatga keltiriladi.
Suzib berishda porsiyali idishga qovurma yoki qaynatma kartoshka, qumoq-qumoq bo‘tqadan iborat garnir yoki 3-4 xil sabzavotlardan tashkil topgan murakkab gamir solinib, yoniga shnitsel qo‘yiladi-da, ustiga eritilgan sariyog‘ quyiladi.
Qiyma kabob. Hozirlangan yarim tayyor mahsulot sixga qadalib, ko‘mir yonib turgan ko‘rada pishiriladi. Suzib berishda porsiyali idishga bug‘doy unidan yopilgan obinon, uning ustiga esa sixdan chiqarilgan qiyma kabob (bir porsiyaga 2-3 tadan) qo‘yilib, ustiga yana bitta obinon yoki boyagi nonning yarim pallasi yopiladi. Yoniga yoki atrofiga no‘shpiyoz yoxud ko‘k piyoz, pomidorlar, limon bo‘lagi, ko‘kat solinadi. Alohida idishda «Yujniy», «Ketchup» qaylasi beriladi yoki boshqa idishda quruq zirk beriladi. Kabob- ni obinonsiz ham berilsa bo‘ladi.
Obinon tayyorlash uchun un, suv va tuzdan qattiq xamir tayyorlanadi, zuvalalar qilinib, ko‘mir yoki gazda ishlaydigan tandir yoxud elektr plitada pishiriladi.
Foydalaniladigan masalliqlar (g): qo‘y go‘shti - 277, xom yog‘ - 10, no‘shpiyoz - 20, tuz - 5, ehuchuk qalampir - 0,1, un - 45, suv - 12, ko‘k piyoz - 50, petmshka (bargi) - 11, totim - 3. Tayyor mahsulot chiqishi - 235.
Do'stlaringiz bilan baham: |