Va muvofiqlashtirish boshqarmasi



Download 4,39 Mb.
bet152/165
Sana06.07.2022
Hajmi4,39 Mb.
#747045
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   165
Bog'liq
AAAAAASaidova Iqbol to\'plam yangi (3)


§. Yaxna tvorog taomlar

Sutli, qaymoqli, smetanali yoki shakarli tvorog. Tabiiy holda suzib berish uchun qirg‘ichdan o‘tkazilmagan yog‘li yoki kam yogii tvorogdan foydalaniladi. Tvorog taqsimcha yoki salatdonga bir oz uyib solinadi-da, ustiga sovitilgan sut yoki qaymoq quyib beriladi. Alohida idishda shakar yoki tozalangan qand kukuni berilishi mumkin (bir porsiyaga 10 dan 25 g gacha). Ba’zan sut yoki qaymoq sutdon yoxud stakanda alohida beriladi. Smetanali tvorogni suzib berishda ustida chuqurcha qilinib, unga smetana quyiladi. Tvorog ustiga shakar yoki tozalangan qand kukuni sepib berilishi yoxud ular alohida idishda berilishi mumkin. Smetana bilan suzib berishda tvorogni avval qirg‘ichdan o‘tkazish mumkin, ayrim hollarda esa tabiiy tvorog faqat shakar bilan suzib beriladi.
Tvorog aralashma qirg‘ichdan o‘tkazilgan yog‘li yoki kam yog‘li yan­gi tvorog, shakar yoxud tozalangan qand kukuni, yumshatilgan sariyog4, mayiz, vanilin, asal, shakarlangan mevalar, smetana, tuxum, yong‘oq, tuz, zira, tomat, murchdan iborat bo‘ladi.
Tozalik (sanitariya) qoidalariga ko‘ra, tvorog aralashmasini umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash taqiqlanadi. Shu bois korxonalar sanoatda ishlab chiqariladigan tvorog aralashmasidan (shirin yoki tuzlangan) foydalanadi, buning uchun unga tegishli to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Tvorog aralashmasi desert taqsimcha yoki salatdonga uyib suziladi yoki aralashma qandolatchilik xaltasidan solib beriladi. Suzib berishda yangi yoki konservalargan mevalar, murabbo, kohu barglaridan foydalaniladi. Tvorog aralashmasi buterbrodlar tayyorlash uchun ishlatiladi va alohida ovqat sifatida beriladi.
Mayizli yoki asalli shirin tvorog aralashmasi. Urug‘siz mayizlar tozalanib, yuviladi va quritiladi, vanilin issiq suvda eritiladi. Tayyorlangan masalliqlar va asal shirin tvorog aralashmasiga qo‘shiladi va aralashtiriladi. Taqsimchaga suzilib, to‘rtburchak yoki piramida, konus shakliga keltiriladi. Bir porsiyaga 100 - 200 g suzib beriladi.
Smetanali tvorog aralashmasi. Shirin yoki tuzlangan tvorog aralashmasi idishga uyib suziladi-da, uchida chuqurcha hosil qilinib, unga smetana quyib beriladi. Tuzlangan aralashmaga zira qo‘shish mumkin.
Ishlatiladigan masalliqlar miqdori (g): tvorog -102, smetana-25. Tayyor mahsulot chiqishi - 125.
Xom pasxa. Tvorog ikki marta qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sariyog‘ga sha­kar qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish jarayonida smetana qo‘shi-ladi. Shakar sariyog‘da batamom erib bo‘lgandan so‘ng tvorog, tuz, qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi va tagiga sal nam doka qo‘yilgan maxsus qolipga solinadi. Zich to‘ldirilgan qolipning ustiga uncha katta bo‘lmagan yuk bostiriladi va zardobi oqib tushishi uchun sovitkichda 12-14 soat saqlanadi, shundan so‘ng tagi bilan idishga qo‘yilib, qolip va doka ehtiyotlik bilan olib tashlanadi.
Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): tvorog - 2500, sariyog4 - 200, shakar - 200, smetana - 250, tuz - ta’bga ko‘ra. Tayyor mahsulot chiqishi - 2800.


  1. Download 4,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish