PARRANDA GO‘SHTIDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR
Parranda go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarning ovqatlanishdagi ahamiyati
Parranda go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar boshqa go‘sht- lardan tarkibida ekstraktiv moddalar ko‘pligi, xushxo‘rlik daraja- si yuqori bo‘lishi, organizmda tez va oson hazm bo‘lishi bilan ajralib turadi. Parranda go‘shti tarkibidagi biriktiruvchi to‘qimalar nozik bo‘lganligi sababli issiqlik ta’sirida tez yumshash xusu- siyatiga ega.
Issiqlik ishlovi berilganda parrandaning turi, yoshi, yog‘lilik darajasi va boshqa xususiyatlariga-ahamiyat berish kerak.
Yosh tovuq, kurkalarni qovurib, o‘rdak va g‘ozlarni qovu- rib va dimlab, qari parrandalarni qaynatib pishirish uchun ishlatiladi. Parranda go‘shtlarining pishish vaqtlari 6-jadvalda berilgan.
№
|
Parranda
|
Pishirish usuli
|
Vaqti
|
1.
|
Jo‘ja
|
Qaynatish
|
20—25 daqiqa
|
2.
|
Tovuq
|
Qaynatish
|
1 soat
|
3.
|
Qari tovuq
|
Qaynatish
|
3—4 soat
|
4.
|
Kurka
|
Qaynatish
|
1 soat
|
5.
|
Jo‘ja
|
Qovurish
|
20—30 daqiqa
|
6.
|
Tovuq
|
Qovurish
|
40—50 daqiqa
|
7.
|
Kurka
|
Qovurish
|
1 soat 15 daqiqa
|
8.
|
0‘rdak
|
Qovurish
|
45—60 daqiqa
|
9.
|
G‘oz
|
Qovurish
|
1,5—2 soat
|
10.
|
Kaklik
|
Qovurish
|
15—25 daqiqa
| Parranda go‘shtining pishish vaqtlari
Qaynatib pishirilgan parranda
/Tovuq, jo‘ja kurkalar qaynatib pishirish uchun ishlatiladi. Parrandaning katta-kichikligi, yoshiga qarab pishish muddati 20 daqiqadan 4 soatgacha davom etadi. Pishish jarayonida parranda vazni 25% gacha kamayadi.£_
Butun pishirishga mo‘ljallab tayyorlangan parranda qaynab turgan suvga (1 kg mahsulotga 2—2,5 litr suv) solinib qaynatiladi. Qaynab chiqqandan so‘ng yuzidagi ko'piklari olinib, to‘g‘ralgan piyoz, sabzi, tuz, ziravorlar qo‘shib past haroratda qaynatib pishiriladi. Go‘shtning pishganligini aniqlash uchun parrandaning go‘shtdor qismiga oshpaz ignasi sanchiladi, agar igna oson sanchilib rangsiz suyuqlik ajralib chiqsa go‘sht pishgan bo‘ladi.
Pishgan parranda suyuqlikdan olinib, sovitiladi, uzunasiga ikkiga bo'linib, so‘ngra qanot va son qismlari ajratilib chopila- di. Porsiyalarga bo‘lingan parranda go‘shti dasturxonga tortil- guncha o‘zi pishgan +70—80°C li qaynoq sho‘rvasiga solib qo‘yiladi.
Dasturxonga berishda dimlab pishirilgan guruch, pishirilgan kartoshka yoki pyuresi likopchaga solib, yoniga qaynab pishirilgan parranda go‘shti qo‘yiladi, ustiga sardak quyilib, ko‘katlar bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.
Parrandani butun holda qovurib pishirish
[Parranda go‘shti butun yoki porsiya bo‘laklariga bo‘lingan holda qovuriladi. Parrandalar asosiy usulda, ko‘p yog‘da yoki qovurish shkaflarida qovuriladi. Parranda qovurilganda yog'lilik darajasiga qarab 25—40% gacha og‘irligini yo‘qotadi£^-
Qovurilgan tovuq
^-Tozalangan tovuq iliq tuzli suvga 1,5—2 soat solib qo‘yiladi. Butun pishirishga mo‘lajallangan tovuq cho‘ntakcha usulida ixchamlashtiriladi. iTovuqning ichi, usti tuz bilan ishqalanadi, ziravorlar, yanchiTgan qizil garmdori sepiladi va ustiga smetana surtilib, qovurish shkafiga qo‘yilib, 200°C haroratda iste’molga tayyor holga keltiriladi. Parranda qovurish jarayonida vaqt- vaqti bilan aylantirilib turiladi va o‘zidan ajralib chiqqan sel va yog'idan ustiga quyib turiladi.
Tovuq go‘shti hamma tomoni qizarib bir tekis pish- gandan so‘ng oshpaz ignasi sanchib ko‘riladi. Agar rangsiz suyuqlik ajralib chiqsa, go‘sht pishgan bo‘ladi. Qovurilgan tovuq uzunasiga ikkiga bo‘linadi, so‘ngra to‘sh va son qism- lariga ajratilib, porsiya bo‘laklariga chopqi yordamida chopib ajratiladi.
Dasturxonga berishda laganga qovurilgan kartoshka solinib, yoniga qovurilgan tovuq qo‘yib, ustiga go‘sht sardagi yoki sariyog" qo‘yib, ko‘kat sepib beriladi. Qovurilgan tovuq yana porsiyalarga bo‘linib, maxsus laganga terilib, yoniga rediska, bodring, pomidor kabi sabzavotlar bilan bezatilib yaxna tamaddi sifatida ham beriladi.
Qovurilgan g‘oz, o‘rdak, kurka
(JBirlamchi ishlov berilgan, ixchamlashtirilgan parranda ichi, usti tuz bilan ishqalanib, chuqur tovada qizib turgan yog‘ga yelkasi bilan qo‘yiladi va qovurish shkafiga joylab har 10—15 daqiqada aylantirib, o‘z yog‘i va selidan ustiga quyib turiladL/
Kurkani qovurish shkafiga joylashdan oldin eritilgan yog1 suriladi, o‘rdak va g‘ozlar esa qaynoq sut bilan ho'llanadi. Parranda yuzasi qizarib, qobiq hosil bo‘lgach, uni aylantirib, qovurish shkafidagi harorat biroz kamaytiriladi va iste’molga tayyor bo'lgunga qadar qovuriladi. Agar parranda qari bo‘lsa, u qovurishdan avval yarimtayyor holgacha pishi- rib olinadi.
Qovurilgan parranda porsiyalarga bo‘linib, idishga solib, sovitgichda saqlanadi. Iste’molga tarqatishdan oldin chuqur tovaga terilib, ustidan biroz go‘sht sardagi quyiladi. So‘ng qovurish shkafida 160—180°C li haroratda 5—7 daqiqada qizdi- rib olinadi.
Dasturxonga berishda porsiyali laganga yoki likopchaga qovurilgan kartoshka yoniga g‘oz, o‘rdak yoki kurkaning qovurilgan bo‘lagi qo‘yilib, ustidan go'sht sardagi quyiladi va ko‘kat sepiladi. 0‘rdak yoki g‘ozga garnir sifatida dim- langan karam yoki yopilgan olma qo‘shib berish ham tavsiya etiladi.
AMALIY MASHG‘ULOT
Qovurilgan jo‘ja (tabaka)
Do'stlaringiz bilan baham: |