Va muvofiqlashtirish boshqarmasi



Download 4,39 Mb.
bet149/165
Sana06.07.2022
Hajmi4,39 Mb.
#747045
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165
Bog'liq
AAAAAASaidova Iqbol to\'plam yangi (3)

Masalliqlar me’yori: 1 dona 414 g jo‘ja uchun: 18 g sariyog‘, 5 g smetana. Sardak uchun: 30 g pomidor sharbati, 26 g sarimsoq piyoz, yanchilgan achchiq garmdori ta’bga ko‘ra.
Tayyorlash texnologiyasi

  1. Birlamchi ishlovdan o‘tgan jo‘janing to£sh qismi uzunasiga yoriladi. Uni yoyib kengaytiriladi va yassi holga keltiriladi. Agar jo‘ja yirik bo‘lsa, uzunasiga ikkiga bo'linadi. Tayyorlangan jo‘janing suyaklari bir-ikki joyidan bolg‘acha bilan urib sindi- rilib yassi tekis holga keltiriladi.

  2. Sarimsoq piyoz parraklarini hovonchaga solib tuz bilan tuyiladi va tayyorlangan jo‘janing ichki va ustki tomonlariga surkab chiqib 1 soat davomida usti yopib qo‘yiladi.

  3. Jo‘janing sirtiga smetana surtilib maxsus og‘ir burama qopqoqli tovada sariyog‘ solib, awal teri tomoni bilan qo‘yilib, tova qopqog‘ini burab jo‘ja qisib qovuriladi. So‘ngra ikkinchi tomoni ham xuddi shunday pishiriladi. Jo‘ja kuymasligi uchun olovi rostlab qo‘yiladi.

  4. Tayyor qovurilgan jo‘ja dasturxonga tortishda likopchaga solinib, yoniga pomidor, bodring, ko‘k piyoz, limon par- raklaridan iborat garnirlar bilan bezatilib beriladi.

Alohida sardak idishda pomidor sharbatiga mayda chopilgan sarimsoq va ukrop, yanchilgan qizil garmdori aralashtirilgan sardak bilan beriladi.
Parranda lahm go`shti sof qiymasidan va kotlet massasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi
AMALIY MASHG‘ULOT
Parranda go‘shtidan kotlet
Masalliqlar me’yori: 1 kg parranda go‘shtiga 250 g baton noni, 320 g sut, 30 g sariyog1, 10 g tuz, 0,1 g murch, 150 g garnir.
Tayyorlash texnologiyasi
Kotlet tayyorlash uchun tovuq, kurka, kaklik, qirg‘ovul kabi parranda go‘shtlari ishlatiladi. Birlamchi ishlov berilgan parranda terisidan, suyaklaridan ajratilib, lahm qismi ajratib olinadi va go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi.
Oq baton non sutda bo‘ktirilib, qiymalangan parranda go‘shtiga aralashtirilib, tuzi rostlanib, murch qo‘shib yana bir marta go‘shtqiymalagichdan o‘tkaziladi.
Tayyorlangan kotlet massasiga sariyog' qo‘shib aralashti- rib, yaxshilab pishitiladi.


Kotlet massasidan 60 g li bo‘laklar bo‘linib kotlet shakli yasaladi va non tolqonida bulanadi.
Tovada qizdirilgan yog‘da tayyorlangan kotlet ikki tomoni qizartirib qovurib olinadi va 5—7 daqiqa qovurish shkafida yetiltirib olinadi.
Garnir uchun qovurilgan kartoshka, kartoshka pyure yoki grechixa bo‘tqasi tayyorlanadi.
Likopchaga garnir solinib, yoniga 1 kishiga 2 donadan kotlet qo‘yiladi. Ustiga sariyog1 qo‘yilib, ko‘katlar bilan bezatilib tortiladi.
Kiyevcha kotlet
Masalliqlar me’yori: 231 g tovuq, 30 g sariyog1, 10 dona tuxum, 28 g baton non, 150 g o‘simlik moyi, 50 g garnir. Chiqishi — 288 g.
Tayyorlash texnologiyasi
Birlamchi ishlov berilib, tozalangan tovuq go‘shtining lah- mi qanot suyagi bilan birga ajratib olinadi. Katta bo‘lak lahm bolg‘achada yengilgina urilib yassilanadi va uning o'rtasiga sovitilgan sariyog4 bo'lagi qo‘yilib, usti kichik lahm bolagi bilan berkitiladi, atroflari katta lahm go‘shti bilan o‘ralgan holda uzunchoq tuxum shakli beriladi.
Baton non biroz qotirilib mayda kubchalar shaklida to‘g‘- ralib, oq urvoq tayyorlanadi.
Lezon tuxumga ozgina tuz, sut qo‘shib tayyorlanadi.
Tayyorlangan kiyevcha kotlet awal oq urvoqqa bulanadi va lezonga botirilib yana oq urvoqqa bulanadi.
Tayyorlangan kotlet qozonda qizdirilgan ko‘p yog‘da 5—7 daqiqa sarg‘ish qobiq hosil boTguncha qovuriladi, so‘ngra 3— 5 daqiqa qovurish shkafida yetiltiriladi.
Laganchaga 3—4 xil sabzavotli garnir — somoncha qilib to‘g‘rab yog‘da qovurilgan kartoshka, ko‘k no‘xat, gulkaram, loviya solinib, yoniga lochira non qo‘yiladi. Uning ustiga kiyevcha kotlet qo‘yiladi va ustiga eritilgan sariyog1 quyib beriladi.

  1. Parranda go‘shtini dimlab pishirish Tovuq jarkop


Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish