V. V. Mayskiy



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/182
Sana13.04.2022
Hajmi7,23 Mb.
#548497
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   182
Bog'liq
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima) (1)

neostriatumda

koʻpincha 
dumli yadrodagi
dofaminergik oʻtkazuvchanlik buzilishi bilan bogʻliq. 
Qora substansiyadagi dofaminergik neyronlar aksonlari neostriatumda tugaydi va 
neostriatum xolinergik neyronlariga tormozlovchi ta‘sir koʻrsatuvchi D
2
reseptorlariga ta‘sir 
qiluvchi dofamin ajratadi (28-rasm). Parkinsonizm kasalligida qora substansiya dofaminer-
gik neyronlarning katta qismi zararlanadi va neostriatum xolinergik neyronlariga tormoz-
lovchi ta‘sir susayadi. Xolinergik neyronlar faolligi ortishi natijasida Parkinson kasalligining 
koʻrsatilgan belgilari rivojlanadi.
Bunday holatda Parkinson kasalligini davolashda dofaminergik ta‘sirni kuchaytirish yoki 
xolinergik neyronlar ta‘sirini kamaytirish kerak. 


157 
Manbaa:
@pharma_baza
 
28-rasm. Parkinsonizmga qarshi moddalar ta’sir qilish lokalizasiyasi

Parkinsonizmga qarshi moddalar ta’siri: 
■ Dofamin ajralishini kuchaytiradi ( levodopa, amantadin)
■ D
2
reseptorlarni stimullaydi (bromkriptin)
■ NMDA-reseptorlarini bloklaydi va glutamate reseptorlarining xolinergik qoʻzgʻatuvchan-
ligini cheklaydi (amantadin)
■ GAMKergik neyronlar M
1
xolinoreseptorlarini bloklaydi (trigeksifenidil)
Parkinsonizmga qarshi dorilar klassifikatsiyasi: 
1.Dofaminergik sinapslarni stimullovchi dori vositalar 


158 
Manbaa:
@pharma_baza
• Levodopa
• Selegilin
• Amantadin
• Bromkriptin 
2. Xolinoblokatorlar 
• Trigeksifenidil
Levodopa
(DOFAning chapga buriluvchi izomeri) – parkinsonizmga qarshi samarali dori 
vositasi. Ichishga tavsiya qilinadi. Levodopaning oz miqdori (1%) faol transport yoʻli bilan 
gematoensefalik barier (GEB) orqali MNSga oʻtadi va DOFA - dekarboksilaza ta‘sirida 
dofaminga aylanadi (dofamin preparatlari gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtmaganligi sababli 
parkinsonism kasalligida samarasiz).
Levodopa bradikineziyani, mushak rigidligini va kam miqdorda tremorni kamaytiradi. 
Levodopa Parkinson kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarning hayot sifatini sezilarli 
yaxshilaydi, lekin kasallik rivojlanishini sekinlashtirmaydi (qora substansiyadagi dofaminer-
gik neyronlar miqdori kamayishi davom etadi. 
Taxminan 4-5 yildan keyin levodopa samarasi pasayadi. Dofaminergik neyronlar buzilishi 
natijasida levodopa qabul qilgandan keyin bemor ahvoli tez yaxshilanadi, leki 2-3 soatdan 
birdaniga bradikineziya, mushak rigidligi yuzaga keladi (―
on-off
‖). Juda yuqori dozadagi 
levodopa bradikineziya va rigidlikni pasaytiradi, lekin diskineziya chaqiradi (yuz, qoʻl-
oyoqlarning beixtiyoriy harakatlari), 
Gentington xoreyasini
eslatuvchi diskineziyalar.

On-off
‖ sindromini susaytirish uchun uzoq vaqt ta‘sir qiluvchi levodopa preparatlari yoki 
dofaminergik oʻtkazuvchanlikni yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan levodopa birgalikda 
qoʻllaniladi.
Levodopaning nojoʻya ta‘sirlari:
• koʻngil aynishi
• qayt qilish (trigger zonadagi qusish markazi D
2
reseptorlarini qoʻzgʻalishi)
• ishtaha buzilishi
• qoʻzgʻaluvchanlik
• uyqusizlik
tungi bezovtalik
• dezorientatsiya
• gallyutsinatsiya
• diskineziya.
Bundan tashqari, periferiyadagi levodopadan hosil boʻladigan dofamin ta‘sirida yurak 
aritmiyalari, ortostatik gipotenziya boʻlishi mumkin (D
1
reseptorlar stimulyatsiyasi hisobiga 
qon tomirlar kengayadi, yurakdagi 
1
adrenoreseptorlar stimullanadi). Bu nojoʻya ta‘sirlarni 
kamaytirish uchun levodopa DOFA-dekarboksilaza ingibitorlari bilan birgalikda 
qoʻllaniladi - 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish