3.O‘zbek milliy sport turlari haqida nimalarni bilasiz?
O‘zbekiston sportining an’anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g‘ururga to‘ldiradi. Biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p. Ularning orasida „Turon“ kurashi, „O‘zbek jang san’ati“, „Uloq“, „Ko‘pkari“, „Chovgon“, „Belbog‘li kurash“ va „Kamondan o‘q otish“ turlari alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, „O‘zbek jang san’ati“ga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi yoshlardan abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, o‘tkir zehnli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutadi.
24-BILET
1. “Akademik Flora Inoyatova” matnini o‘qing, matn mazmunini so‘zlab bering
Akademik Flora Inoyatova
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy
a’zosi Flora Inoyatova mamlakatimizda yangi avlod pediatr-gepatologlar ilmiy maktabini yaratgan atoqli olimadir.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiy markazi gepatologiya bo‘1imining rahbari sifatida Flora Inoyatova zamonaviy o ‘zbek tibbiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Atoqli olimaning jigar sirrozini davolash bo‘yicha yaratgan ilmiy tadqiqotlari dolzarbligi, keng qamrovliligi, sog‘liqni saqlash amaliyoti bilan uzviy bog‘1iq1igi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Uning kashfıyotlari Rossiya, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. Akademik Flora Inoyatova O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika sohasi bo‘yicha 1- darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
2. Gap bo‘laklari va ularning vazifalarini misollar bilan tushuntiring.
Gapda so‘zlar o‘zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo‘laklarini hosil qiladi. Gap bo‘laklari vazifasini mustaqil so‘zlar va gapda mustaqil so‘zlar vazifasida kelgan yordamchi so‘zlar bajaradi.
Har bir gap bo‘lagi boshqa gap bo‘laklari bilan bo‘lgan grammatik munosabatiga ko‘ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo‘lagi o‘zi munosabatga kirishgan so‘z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo‘ladi. Masalan, Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi gapida quyidagi gap bo‘laklari mavjud: Dildora (kim?) — ega, kechagi (qachongi? qaysi?) — aniqlovchi,
uchrashuv haqida (nima haqida?) — to‘ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) — hol, gapirdi (nima qildi?) — kesim. So‘zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi;4) kechagi uchrashuv.
Gap bo‘laklari 5 ta: kesim, ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol. Kesim gapning asosin tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo‘laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |