Shaxsi umumlashgan gaplarga misollar keltiring.
Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli gaplar shaxsi umumlashgan gaplardir. Bunday gaplarning kesimi II shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan: Nima eksang,shuni o‘rasan.Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l.
Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘pincha maqol va hikmatlarda uchraydi. Bunday gaplarning kesimi bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi. Masalan: Sayoq yurma,tayoq yeysan.
Misollar:
1. Befoyda so‘zni aytma, foydali so‘zdan qaytma .
2. Dangasaga ish buyursang, senga aql o‘rgatar .
3. Gapirganing kumush, gapirmaganing oltin.
4. Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
5. Tiling bilan dilingni bir tut.
3. Abdurahmon Akbarning “Tabiat, sen onamiz” she’rini yoddan ayting.40-bet
Tabiat, sen onamiz
Tabiat, sen onamiz,
Husningga parvonamiz.
Sendan olamiz chiroy,
Sen ko‘kdagi to ‘lin oy.
Sen saxiy, sen mehrli,
Bari ishing sehrli.
Zarrin quyosh, yer, osmon,
Mittigina hasharot,
Jondan aziz bolangdir,
Gard qo‘nsa u nolangdir.
Zavqingni tuyib yashash,
Ne’matlaringni oshash,
Katta sovg‘a biz uchun,
Bari o‘g ‘il-qiz uchun.
Daryo-yu soy, keng ummon,
Meva to ‘la bog‘-rog‘lar,
Ko‘kni o‘pgan alp tog‘1ar.
Jami tirik mavjudot,
Ko‘rkam ona tabiat,
Senga etay itoat.
Doim tovlanib turgin,
Ko‘p jilolanib turgin.
21-BILET
1. “Doim hushyor” matnini o‘qing va munosabatingizni bildiring.
Doim hushyor
Yurt tinchligi bebaho ne’mat, ulug‘ saodatdir. Bashariyat o‘z taraqqiyotining barcha
bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Yurt tinchligi - taraqqiyot garovi.
O‘zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, o ‘z orzu-intilishlari maqsad-muddaolari ro‘yobga
chiqishining kafolati deb biladi. Lekin, afsuski, hayotda ezgu tilaklarning ijobat bo‘lishiga
doimo qarshilik qiladigan kuchlar ham bor. Ular o‘zlarining g ‘arazli maqsadlari nafs-balosi
yo‘lida hamisha nizo-adovat, urush va qirg‘inlar domiga tortib keladi. Bu urush va tinchlik,
xavfsizlikni ta ’minlash hanuzgacha insoniyat oldidagi eng olamshumul muammo bo‘lib
qolayotganidan dalolatdir. Tinch hayotimizda chegaralar mustahkamligi, chegaradosh
mamlakatlardagi harbiy-siyosiy mojarolarning oldini olish katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston shimoli-sharqda Qozog‘iston, sharqda va janubi-sharqda Qirg‘iziston hamda
Tojikiston, g ‘arbda Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaradosh.
Mamlakatimizda davlat sarhadlari va chegaralarini himoya qilishga qodir bo‘lgan Milliy
armiya tuzilgan. Qurolli kuchlar safıga kirgan fuqarolar Vatanni himoya qilishni
o‘z vazifasi, majburiyati va burchi deb biladi. Davlatimiz tinchligi, chegaralarimiz xavfsizligi
uchun himoyachilar doimo hushyor turadilar. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq biz
yurt tinchligini eng asosiy boylik sifatida asrab kelmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |