1. “Abdurauf Fitrat” matnini oʻqing va so‘zlab bering.
Abdurauf Fitrat
(1886 – 1938)
Abdurauf Fitrat – XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy olim, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jurnalist, davlat va jamoat arbobi.
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Aytish laricha, uning otasi Abdurahimboy o‘z davri ning ziyoli kishilaridan bo‘lgan. U savdo bilan shug‘ul lan ganligi bois chet ellarga ko‘p chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, o‘qimishli va taniqli odam edi. Onasi Mustafbibi ham badiiy zavqi baland, zukko, o‘qimishli ayol bo‘lgan.
Abdurauf ilk tahsilni Buxoro maktablarida olganidan so‘ng, mashhur Mir Arab madrasasida o‘qigan. Talabalik yillarida, taxminan 18–19 yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga borgan, qariyb bir yilga yaqin davom etgan bu ziyorat safarida Eron, Turkiya, Suriya va Saudiya Arabistonida bo‘lgan. Avvalo, safar chog‘ida ular shu davlatlarda istiqomat qiluvchi xalqlarning turmush tarzi va madaniyati bilan tanishganlar.
Demak, Fitrat fors va o‘zbek tillarini mukammal bilib olgan edi. Ayniqsa, u arab tilini qunt bilan chuqur o‘rgandi.
Mustaqillik yillarida Fitratga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni berilgan.
2. Berilgan gaplarga mos savollar yozing.
- Maktabingizda qanday to‘garaklar bor?
- Maktabimizda shaxmat, basketbol, voleybol, futbol toʻgaraklari bor.
- Sportning inson uchun qanday foydali tomonlari bor?
- Sport sogʻlom va baquvvat boʻlishga yordam beradi.
3. Doʻstingiz bormi? Nima uchun u bilan do‘stsiz?
Ha bor. Kimning qadrdon do’sti ko’p bo’lsa, u eng kuchli, eng ko’rkam, eng omadli kishidir.
Do’stim ko’pgina ezgu istaklarimga erishishda ko‘makchi bo‘lgan. Hamisha menga yordam
beradi, yonimda turadi.
28- BILET
1. “Me‘moriy obidalar” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.
Me‘moriy obidalar
Biz yashayotgan ikki daryo oralig‘ida joylashgan zamin O‘zbekistondir. Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko‘p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o‘zining me’moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal’asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko‘hna Xivaning Ichan qal’asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal’a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir.
Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib,tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko‘rib hayratga tushadilar.
ko‘hna – старинный sayyoh – турист
afsonaviy – легендарный obida – памятник
muzey-shahar – город-музей qal’a – крепость
ikki daryo oralig‘i – междуречье maqbara – мавзолей
zavq bilan – с удовольствием hayrat – удивление
Do'stlaringiz bilan baham: |