N aiorat savollari
1. Xizmat turarjoylari tushunchasi va ulardan foydalanish asoslariga nimalar
kiradi?
2. Xizmal turlar joylaridan ko 'chirish va uning turlarini sanab bering.
3. Maxsus uylar va ularning turlariga nimalar kiradi?
4. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish qoidalari t/anday?
5. Maxsus maqsadli uylardan turarjoylar berish va ulardan ko ‘chirishning
mazmuni nimalardan iborat?
www.ziyouz.com kutubxonasi
VI BOB
TIJRARJOY ARENDASI
6.1. Turarjny arcndasi shar
xususiyatlari
Lly-joy huquqida turarjoy ijarasi va arcndasi bir-biridan
farqlanadi. Agar uy-joyda ijaraga beruvchi fuqaro bo ‘lsa, u «uy-
joy ijarasi* deb yuritiladi, ijaraga beaivchi yuridik shaxs bo'lgan
hollarda bu sh artn o m a «turarjoy arendasi» deb nom lanadi.
UJKning 86-moddasi l-qismiga ko‘ra, turarjoy yuridik shaxslarga
egalik qilish va foydalanish uchun arenda shartnomasi asosida
berilishi mumkin. Yuridik shaxs turarjoydan faqat fuqarolar
yashashi uchun foydalanishi mumkin.
Fuqarolik qonunchiligidan ma'lumki, ijara shartnomalarida,
odatda. mulk huquqining ikki elementi, ya’ni mulkka egalik qilis'n
va undan foydalanish huquqlarigina ijaraga beruvchidan ijaraga
oluvchiga o ‘tadi. T asarruf etish huquqi esa har doim ijaraga
beruvchining qo'lida saqlanib qoladi. Ayrim ijara munosabatlarida
qisman tasarruf etish huquqi ham ijaraga beruvchiga o‘tishi
mumkin. Turaijoy arendasi shartnomasida ham arendaga beruv-
chidan arendaga oluvchiga turarjoyga egalik qilish va undan
foydalanish huquqigina o'tishi belgilangan.
Turarjoyga egalik qilish deganda, turarjoy egasi arenda shart-
nomasi asosida bergan uy-joy, kvartiraga nisbatan ijaraga oluvchi
egalikni amalga oshirishi, uni turli tajovuzlardan saqlashi, o ‘z
mulkiday ehtiyolkorona munosabatda bo'lishi va o'z qo'l ostida
belgilangan muddat davomida ushlab turishi tushuniladi.
Turaijoydan foydalanish deganda, arenda shartnomasi asosida
berilgan m ulkdan ijaraga oluvchining foydalanishi, m ulkdan
foydalanish shartlariga rioya qilgan holda unda yashashi, hayot
kechirishi, yashash uchun zarur bo ‘lgan holatda uydan foyda-
lanishi tushuniladi
Turarjoy arendasi shartnomasiga quyidagi huquqiy belgilar
xosdir: birinchidan, turarjoy ijarasi shartnomasi ikki tomonlama
191
www.ziyouz.com kutubxonasi
xarnkterga ega. Bunda shartnomada ishtirok ctadigan taraflarning
har ikkisida ham huquq va majburiyatlar mavjud bo'ladi.
Ikkinchidan, turarjoy arendasi shartnomasi haq baravariga
tuziladi. Runda arendaga oluvchi yuridik shaxs arendaga beruvchiga
turarjoydan foydalanganligi uchun vaqti-vaqti bilan haq to ‘lab
turadi
Uchinchidan. turaijoy ijarasi shartnomasi konsensual xarak-
terga ega, ya'ni tnraflar o'rtasidagi huquq va m ajburiyatlar
shartnomr tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Shartnomada arendaga oluvchi taraf sifatida ishtirok etadigan
yuridik shaxslar Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga ko‘ra ikki
guruhga «foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan
(tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib
olmagan tnshkilct (tijoratchi bo'lmagan tashkilot) ga bo'linishi
belgilangan bo‘lib, qonunchilikda ulaming har ikkalasi ham turarjoy
arendasi shartnomasining subyekti bo'Iishi mumkinligini nazarda
tutadi.
Yuridik shaxslar arenda shartnomasi asosida olgan turarjoyidan
boshqa maqsadlarda (masaian, tikuv sexi, go'zallik saloni ochish
uchun) emas, balki fuqarolar (yuridik shaxs o‘z xodimlari yoki
boshqa shaxslar)ning yashashlari uchun foydalanishlari mumkin.
Qonunchilikda ushhu normaning belgilanishi respublikamizdagi
mavjud uy-joylar fondining kamayib ketishining oldini olish,
fuqarolarni turaijoyga bo‘lgan ehtiyojlarim qondirish maqsadini
ko‘zlaydi.
Chunki yuridik shaxslar turarjoylarni arenda shartnom asi
asosida foydalanishga olib, undan turli maqsadlarda foydalansa
(masalan, savdo do'koni ochish), albatta uy-joy fondining kamayib
ketishiga sabab boMishi mumkin. Shuning uchun mazkur norma
yuridik shaxslar arenda shartnomasi asosida olayotgan turarjoydan
fuqaro lam in g yashashlaridan tashqari boshqa (lad b irk o rlik
faoliyatini davom ettirish maqsadida savdo do'konlari ochish)
maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo'ymaydi. Agar yuridik shaxs
arenda shartnomasi asosida olayotgan turaijoydan fuqarolarning
yashashlari uchun emas, balki boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi
b o ‘Isa, dastlab ushbu turarjoy toifasini noturarjoy toifasiga
o'tkazishi talab qilinadi.
192
www.ziyouz.com kutubxonasi
S h u n d a n so'nggina arenda s h a rtn o m a s i asosida olgan
turarjoydan yuridik shaxslar fuqarolarning yashashlari uchun emas,
halki boshqa maqsadlarda foydalanishiga yo‘l qo'yiladi.
Fuqarolik kodeksining 101-moddasiga muvofiq bitimlar og'zaki
yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi.
Ayni paytda yozma bitimlar ham ikki turga: oddiy yozma va notarial
tasdiqlangan, davlat ro‘yxatidan o ‘tkazilishi talab qilinhdigan
bitimlarga ajratiladi.
Davlat ro'yxatidan o ‘tkazilishi talab qilinadigan bitimlarjumla-
siga yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mol-mulk bilan bog'liq
bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara,
merosni qabul qilib olish va boshqalarjni kirilish mumkin.
Turarjoy ijarasi shartnomasi albatta yozma tuzilgan bo'lishi va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o ‘tkazilishi shart.
Turaijoy arenda shartnomasi shakliga nisbatan bunday talabning
qo‘yilishi taraflar o'rtasida kelib chiqadigan turli nizolarning oldini
olishdan iboratdir.
Turarjoy arendasi shartnomasining shakliga qo'yilgan davlat
ro'yxatidan o‘tkazilishi to ‘gTisidagi talabga taraflarning rioya
etmasligi mazkur shartnomaning o ‘z-o ‘zidan haqiqiy emas deb
topilishiga sabab bofladi. Bu haqda Fuqarolik kodeksining 112-
moddasida quyidagicha qoida nazarda tutilgan:
Bilimning notarial shakliga yoki uni davlat ro'yxatidan o‘tkazish
talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib
chiqaradi. Bunday bilim o“z-o‘zidan haqiqiy bo'lmaydi.
Agar davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish talab qilinadigan bitim kerakli
shaklda tuzilgan bo‘1ib, ammo taraflardan biri uni ro'yxatdan
o ‘tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni
ro‘yxatdan o'tkazish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Bunday
holda bitim sud qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o ‘tkaziladi.
Arenda shartnomasi shakliga qo'yilgan talabdan, asossiz bosh
tortayotgan taraf shartnomani tuzish kechiklirilganligi tufayli
yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to‘lashi lozim bo‘ladi.
Turarjoy arendasi shartnomasining muhim shartlari quyida-
gilardan iboratdir:
— turarjoyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;
— turarjoy arendasining muddatlari;
193
www.ziyouz.com kutubxonasi
— turaijoyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori.
uni toiash muddatlari;
— arendaga beruvchi arendaga berayoigan turarjoyning.
muhandislik qurilmalarining holati to‘g‘risidngi ma'lumotlar;
— shartnom a m uddati o'tishi bilan lurarjoyni arendaga
beruvchiga qaytarish tartibi;
— arendaga berilgan turarjoyga qarash. xizmat ko‘rsatish va
uni ta'mirlash bo'yicha taraflarning majburiyatlari;
— arendaga berilgan turarjoyni ijaraga berish yoki ikkilamchi
arendaga berish imkoniyatlari, shartlari va tartibi;
— taraflarning javobgarligi.
Taraflar o‘zaro kelishuvga muvofiq turarjoy arendasi shart-
nomasiga boshqa shartlarni ham kiritishga haqlidirlar. Biroq
taraflarning o'zaro kelishuvi bilan kiritilayotgan shartlar albatla
qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmog‘i shart.
UJK 87-moddasining birinchi qismida belgilanishicha, arendaga
beruvchi turatjoyni arendaga oluvchiga yashash uchun yaroqli va
doimiy yashashiga moMjallangan. belgilangan sanitariya, yong‘in-
ga qarshi. texnik talablarga javob beradigan holatda arendaga berishi
shart.
Ushbu talabalarga javob bermaydigan turarjoyni arendaga
berganlik uchun shuningdek, turatjoyning muhandislik qurilmalari
va konstruksiyalaridagi shartnoma tuzilayotgan paytda aniqlangan
yoki aniqlanmagan barcha nuqsonlar. nosozliklar uchun arendaga
beruvchi arendaga oluvchi oldida javobgar bo'ladi.
Shuningdek, arendaga beruvchi barcha talablarga javob bera-
digan turarjoyni o ‘z vaqtida arendaga oluvchiga topshirishi shart.
Agar lurarjoyni arendaga oluvchiga o ‘z vaqtida o ‘ziga bog‘liq
bo'lgan sabablarga ko‘ra topshira olmagan bo lsa, buning uchun
arendaga beruvchi javobgar b o ‘ladi. Arendaga berilayotgan
turarjoyni arendaga o‘z vaqtida topshirish arendaga beruvchining
aybi bilan kechikkanligi isbotlanmasa, javobgarlikdnn ozod qilinishi
mumkin.
Turarjoylar faqat fuqarolarning yashashlari uchun arendaga
beriladi. Ko‘p kvartirali uylardagi turarjoylarni sanoat ehtiyojlari
uchun ishlatish, ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko‘p
kvartirali uylarda turli ishlab chiqarishlami yoMga qo'yish, qaysiki
194
www.ziyouz.com kutubxonasi
ushbu turarjoy yashash uchun mo'ljallanmagan joylar turkumiga
bejgilnngan tartibda o'tkazilganidan keyingina amalga oshirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |