Uy-joy huquqi


Munitsipal, idoraviy va inaqsadli foydalaniladigan



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

5.2. Munitsipal, idoraviy va inaqsadli foydalaniladigan
kommunal uy-joy fondi turarjoylaridan foydalanish
bo‘yicha ijara shartnomasi
Fuqarolik Kodeksining 600-moddasida uy-joyni ijaraga berish 
shartnomasiga muvofiq uy-joyning mulkdori yoki u vakolat bergan 
shaxs (ijaraga heruvchi) boshqa tarafga (ijaraga oluvchijga uy- 
joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga 
topshirish majburiyatini oladi Dy-joy yuridik shaxslarga ijara 
shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) 
foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Yuridik shaxs uy-joydan 
laqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin. Xususiy 
uy-joy fondi uylaridan xizmat turarjoylari berilganda uy egasi 
bilan ish beruvchi o'rtasida qonunda belgilangan tartibda uy-joyni 
ijaraga olish shartnomasi tuziladi.
Hamma uy-joy ijara shartnomalari kabi xizmat turarjoy ijara 
shartnomasi yozma ravishda tuzilib, ushbu shartga rioya qilmaslik 
shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
O 'zR VMning 2000-yil 27-yanvarda «Xizmat turnrjoylari 
berish tartibi to'gTisida Nizom» ga binoan xizmat turaijoylari u 
yoki bu shaxsga ish beruvchining tavsiyanomasiga koTa beriladi.
178
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu tavsiyanoma mehnat shartnomasi nusxasi va turaijoyning 
huquqiy tegishliligi tolg‘risidagi m a'him otnom a bilan birgalikda 
joylardagi davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi. Joylardagi 
davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan qaror asosida 
fuqaroga belgilangan shakldagi xizmat turarjoyiga dalolatnoma 
beriladi, ushbu dalolntnoma ijara shartnomasi bo'yicha berilgan 
xizmat turarjoyiga ko‘chib kirish uchun yagona asos hisoblanadi.
Xizmat turaijoyiga ko'chib kirish munitsipal, idoraviy uy-joy 
fondi yoki aniq maqsadli kom m unal Liy-joy fondi uylarida 
joylashgan turarjoylar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xizmat turarjoyiga ko'chib kirishga dalolatnom a joylardagi 
davlat hokim iyati organining qaroriga aniq m uvofiq holda 
turarjoylarni hisobga olish va taqsimlash bo‘limi yoki joylardagi 
davlat hokimiyati organi maxsus tayinlangan mansabdor shaxsi 
tom onidan beriladi.
D alolatnom a amaida b o ‘sh turgan xizmat turarjoyigagina 
berilishi mumkin
Dalolatnoma bevosita xizmat turarjoyi berilayotgan fuqaroga, 
yoki istisno hollarda (kasallik, xizmat safari), belgilangan tartibda 
tasdiqlangan ishonchnom a bo ‘yicha boshqa shaxsga berilishi 
mumkin.
D alolatnom ani olishda pasport (tug'ilganlik t o ‘g ‘risidagi 
guvohnoma) yoki dalolatnomaga kiritilishi kerak boMgan oilaning 
barcha a'zolari uchun pasportning o'rnini bosuvchi hujjatlar taqdim 
etilishi kerak.
Harbiy xizmatchilar pasportsiz yashaydilar. Harbiy qismlar va 
harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy 
guvohnom alar yoki harbiy biletlar harbiy xizm atchi shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. Shuningdek, chet el fuqarolari 
va fuqaroligi boMmagan shaxslar 0 ‘zbekiston Respublikasi hududi- 
da yashash guvohnomasi asosida yashaydilar.
Xizmat turarjoyiga dalolatnoma berish oilaning haqiqiy tarkibi 
turarjoy berish to ‘g ‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan tarkibga mos 
kelmagan taqdirda mazkur joylardagi davlat hokimiyati organining 
qarori bilan to ‘xtatilishi mumkin.
Agar fuqaro egallab turgan lavozim xizmat turaijoylari olish 
huquqiga ega b o lgan shaxslar ro'yxatiga kirmasa, fuqarolarga
179
www.ziyouz.com kutubxonasi


xizmat tnraijoyiga ko‘chib kirishga dalolatnoma berilishiga yoM 
qo'yilmaydi.
Idoraviy qarasliliJigidan qat’i nazar, xizmat turaqoylarini hisobga 
olish va ushbu joylarga berilayotgan dalolatnomalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga 
oshiriladi.
Berilgan xizmat turatjoyiga ko'chib kirilgandan va ro'yxatdan 
o'tkazilgandan keyin dalolatnoma ish beruvchiga topshirilishi va 
qat’iy hisobot beriladigan hujjat sifatida saqlanishi k,erak.
Xizmat turarjoyi mulkdori yoki u tom onidan bunga vakil 
qilingan organ (boshqaruvchi tashkilot) bilan nomiga ishonch- 
noma berilgan fuqaro o'rtasida xizmat turaijoyini saqlash va undan 
foydalanishga doir o'zaro m unosabatlar O'zbekiston Respub- 
likasining uy-joy to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari va xizmat turaijoyini 
ijaraga olish shartnomasi bilan tartibga solinadi O'zR VMning 
2000-yil 27-yanvarda «Xizmat turarjoylari berish tartibi to‘g‘risida 
Nizom», sluiningdek, FKning 601-moddasi bilan ham tartibga 
solinadi.
Xizmat turaijoyini ijaraga oluvchi undan xizmat turarjoyining 
m aqsadiga va sh artn o m a shartlariga muvofiq foydalanishi. 
turaijoyga va kommunal xizmatlarga to'lovlarni har oyda, o‘tgan 
oydan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay toiashi kerak.
T oiov muddati belgilangan muddatlardan kechiktirilgan har 
bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq toiovning kechikiirilgan 
summasidan 50 foizdan ortiq boim ngan penya hisoblanadi.
Turarjoy va kommunal xizmatlar uchun toiovlar lijorat banki 
muassasalari yoki to io v qabul qilish kassalari orqali amalga 
oshiriladi.
Xizmat turarjoylari b o iib olinishi, almashtirilishi, bron qilinishi 
va xususiylashtirilishi mumkin emas.
Xizmat turarjoyini ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi 
bilan o ‘zi egallab turgan xizmat turaijoyiga oila a'zolarini, oilaning 
voyaga yetgan barcha a'zolarining yozma roziligi bilan esa boshqa 
fuqarolarni ko'chirib kiritishga haqlidir Oilantng voyaga yetmagan 
a'zolarining ko'chib kirishiga bunday rozilik talab qilinmaydi.
Xizmat turaijoyiga boshqa fuqarolarning ko‘chib kirishiga bir 
kishiga to ‘g*ri keladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi
180
www.ziyouz.com kutubxonasi


lo ‘g‘risidagi qonun hujjatlari lalablariga rioya qilinishi sharti bilan 
yo'l qo‘yiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga layoqatsiz 
yolg'iz ota-onalarni ko‘chirib kiritish bundan mustasno. ‘
Xizmat turaijoylaridan boshqa maqsadda foydalanish yoki uni 
ijaraga berish taqiqlanadi.
Yuqorida qavd etilganidek, aniq maqsadga qaratilgan kommunal 
uy-joydan foydalanishda ijaraga oluvchi faqat uning vazifasi 
bo'yicha foydalanishi, saqlanishini ta'minlashi va uni yaxshi holda 
lutishi shart. Ijaraga beruvchining roziligisiz qayta qurishi va 
tuzilishini o'zgartirishiga haqli emas.
UJKning 50-moddasida ijaraga oluvchilar hamda oila a’zola- 
rining huquq va majburiyatlari batafsil yoritib berilgarl.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal 
uy-joy fondining uylaridagi turarjoyni ijaraga oluvchi oila a'zolari 
va o ‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turarjoyni ijaraga 
berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi 
oldida javobgar boladi.
Turarjoyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni 
kiritish m unitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq m aqsadli 
kommunal uy-joy fondining uylaridagi turarjoyni ijaraga berishning 
namunaviy shartnomasi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq amalga 
oshiriladi. Agarboshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kirililishi 
bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 
deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek, mulk liuquqi asosida 
turarjoyi bo‘lgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan 
kam boMmagan maydonga ega bo'lsa, bunday fuqarolarni ijaraga 
berish shartnomasiga kiritish mumkin emas.
Oila tarkibining o'zgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining 
o'zgarishiga olib keladi.
Ijaraga oluvchi. u bilan doimiy yashayotgan oila a'zolari va 
fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
— turaijoydan, yordamchi xonalar va qurilmalardan, uy yon- 
atrofidan, shuningdek, umumiy foydalanish joylaridan belgilangan 
m aqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy 
huquqi, o ‘zga huquqlarini kamsilmagan holda foydalanish, tashqi 
obodonlashtirish obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo'lish;
I K l
www.ziyouz.com kutubxonasi


— turnrjoylarning saqlanishini ta'm inlash va ularga tegishli 
holatda qarash;
— avariya holatlari yuz berganda o 'zla ri egallab lurgan 
turaijoyga tegishli ta'mirlash-foydalanish tashkilotlarining vakillari 
avariyani bartaraf ctish uchun kirishlarini ta ’minlash;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan sanitariya-gigiyena, 
ekologik, arxitektura-shaharsozlik. yong‘inga qarshi va foydalanish 
talablarini bajarish;
— agar sharinomadti boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, 
umumiy foydalanish joylaridan foydalanganlik va uni ta’mirlagan!ik 
uchun qilingan xarajatlar hamda kommunal xizmatlar haqini o ‘z 
vaqtida to'lash.
«Xizmal turaijoylari berish lartibi to‘g‘risida Nizom»iga asosan 
xizmat turarjoyini ijaraga olish shartnoma&i muddati u imzolangan 
kundan hisoblanadi va mehnai shartnomasi muddati tugashi bilan 
birgalikda lo'xtaliladi, ya'ni xizmat luraijoylari mehnat sharlnomasi 
amal qilishi vaqtiga yoki saylab qo'yiladigan lavozimlar muddatlari 
tamom bo'lishigacha beriladi.
M ehnat shartnom asida va xizmat turarjoyini ijaraga olish 
shartnomasida nomiga ishonchnoma berilgan fuqaroning va uring 
oilasining voyaga yelgan a’zolarining mehnat shartnomasi to‘x- 
tatilgach xizmat turaijoyini bo'shatish to ‘g‘risidagi majburiyati qayd 
etilgan bo'lishi kerak.
Egallab turilgan xizmat turarjoyini bo'shatishdan bosh tortilgan 
taqdirda ijaraga oluvchi ushbu joyda ro‘yxaldan o tkazilgan barcha 
shaxslar bilan birgalikda ish beruvchining sud tartibidagi yozma 
ogohlantirishidan bir oydan keyin boshqa turarjoy bermasdan 
ko‘chiriladi.
Biroq 0 ‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80- 
moddasida bclgilangan toifasidagi fuqarolar boshqa turaijoy bergan 
holda xizmat turaijoylaridan ko'chiriladilar:
— 1 va II guruh nogironlari;
— 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilalchi jang- 
chilar;
— harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo‘lgan yoki bedarak 
yo'qolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
— nogiron farzandlari bo'lgan oilalar;
182
www.ziyouz.com kutubxonasi


— tarhiyachi-ota-onalar. oilaviy bolalar uyi tugatilgan laqdirda;
— xizmat turarjnyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan 
(xizmat qilgan) shaxslar;
— egallab turgan lavozimi munosabati bilan turaijoy berilgan 
bo'lib. lavozimidan bo'shagan. lekin turaijoyni bergan korxona, 
muassasa, tashkilot bilan m ehnat m unosabatlarini uzm agan 
shaxslar;
— xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishi 
yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan 
mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
— o ‘zi ishlagan korxona. muassasa, tashkilotdan pensiyaga 
chiqqan xodimlar;
— xizmat turarjoyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila 
a'zolari;
— voyaga yctmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg'iz 
shaxslar
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o ‘ti!gan fuqa- 
rolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob 
beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida bo'lgan 
turarjoy beriladi.
Ushbu moddada quyidagi talablar ko'rsatib o ‘tilgan;
— fuqarolarning doimiy yashashiga m o‘lja]langan, belgilangan 
sanitariya, yong'inga qarshi, lexnik talablarga javob beradigan. 
shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, 
vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg'iz 
qariyalar uchun intemat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa 
maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moMjallangan 
turarjoylar.
Ko‘p kvartirali uylardagi turaijoylarni sanoat ehtiyojlari uchun 
ishlatish. ijara yoki arendaga berish man etiladi. Ko‘p kvarlirali 
uydagi turaijoyga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni 
ushbu joy yashash uchun m o'ljallanm agan joylar turkum iga 
belgilangan tartibda o ‘tkazilganidan keyingina joylashtirish 
mumkin.
Belgilangan tartibda kasanachilik mehnati amalga oshirilayotgan 
turarjoylarni yashash uchun m o'ljallanm agan joylar toifasiga 
o'tkazish talab elilmaydi
183
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar xodimning yoki ishchining mehnat. xizmat munosabatlari 
tiklansa, xizmat turaijoyini ijaraga oluvchi xizmat turarjoyi ijara 
shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini 
qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi. Ya'ni. imtiyozli 
huquq deganda boshqa ijarachilarga nisbatan ijaraga oluvchi ijaraga 
beruvchi bilan shartnomani yana qayta tuzishda kengroq vakolatga 
ega bo‘Iadi.
Xizmat turarjoyning asosiy mohiyati vaqtinchalik joy bilan 
ta'm inlashdir. Uning mohiyatidan kelib chiqqan holda shuni 
ta'kidlab o ‘tmoq lozimki, xizmat turarjoylari umrbod berilmay- 
di.
Y a'ni m ehnat shartnomasi yoki xizmat safari lugashi bilan 
xizm at turarjoyini b o 'sh atib berishi kerak b o 'lad i. Jam o at 
kelishuvi. m ehnat shartnom asida xizmat turarjoyi bilan ta 'm in - 
lash shannom aning muddatiga qarab belgilanadi. Agar mehnal 
shartnoinasi belgilangan muddatdan avval bekor bo'lgan taqdirda 
ham xizmat turarjoyini bo'shatib berishi kerak bo'ladi.
Shuningdek, xizmat turaijoyidan oila a'zolari bilan foydalangan 
bo'Isa, oila a'zolari ham birgalikda joyni bo'shatib berishlari kerak 
bo'ladi. Xizmat turaijoyni bo'shatib berayotganliklarida ularga 
boshqa turaijoy taqdim etilmaydi.
Xizmat turaijoylarini belgilangan mudatda bo'shatib berilmasa. 
unda yashovchi ijarachilar majburiy (sudning qarori asosida) 
tartibda ko'chirib chiqariladilar.
Ish beruvchi tom onidan xodimga turarjoy berilgan va bu 
xodim U y-joy kodeksining 80-m oddasiga asosan (boshqa 
turarjoy bergan holda xizmat turaijoylariga ko'chish huquqiga 
ega bo'lgan shaxslar), boshqa turarjoy bermagan holda, xizmal 
turarjoylaridan ko'chirilishi mumkin bo'lm asa. m azkur turarjoy 
xizmat turarjoylaridan tashkilotning talabiga ko'ra chiqarilishi 
mumkin.
Quyidagi hollarda turarjoylar xizmat turaijoylardan chiqariladi:
— agar xizmat turarjoyiga ehtiyoj bo'lmasa;
— xizmat turarjoyi belgilangan tartibda yashash uchun yaroqli 
emas deb e'tirof etilsa;
— xizmgt turarjoyi biriktirilgan tashkilot tugaiilsa va ushbu 
tashkilotning huquqiy vorisi bo'lmasa;
184
www.ziyouz.com kutubxonasi


— qonun hujjatlarida nazarda tulilgan boshqa hollarda joy- 
lardagi davlat hokimiyati oiganining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
X izm at tu ra rjo y i ish d an b o 'sh a g a n x o d im n in g o 'rn ig a
tayinlangan yangi xodimga berilganda turarjoylarni hisobga olish 
va taqsimlash boMimiga yoki joylardagi davlat hokimiyati organining 
maxsus tayinlangan mansabdor shaxsiga xizmat luraijoylari u yoki 
bu shaxsga ish beruvchining tavsiyanomasiga ko‘ra beriladi. Ushbu 
tavsiyanoma mehnat shartnomasi nusxasi va turarjoyning huquqiy 
tegishliligi to ‘g‘risidagi m a'lumotnoma bilan birgalikda joylardagi 
davlat hokimiyati oiganlariga taqdim etiladi.
Uy-joy bilan ta'm inlanish huquqiga ega boMgan fuqarolarning 
toifalarini birma-bir ko‘rib chiqsak.
Nogironlik bu kasallik, shikastianish, mayib-majruhlik, baxtsiz 
hodisalar tufayli butunlay yoki ma'lum muddat mchnat qobiliyatini 
yo'qotish tushuniiadi.
Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TM EK) 
tomonidan belgilanadi I guruh nogironlariga mehnat qobiliyatini 
butunlay yo‘qotgan va boshqalarning doimiy parvarishi, yordami, 
nazoratiga muhtoj bo'lgan shaxslar kiradi. II gumh nogironlariga 
esa mehnat qobiliyatini butunlay yo'qotgan, lekin boshqalarning 
doimiy parvarishiga m uhtoj boMmagan, shuningdek. m ehnat 
turidan qat'i nazar, unda uzoq muddal ishlay olmaydigan shaxslar 
kiradi.
Davlat mana shunday shaxslarni himoyalash maqsadida luraijoy 
bilan ta'minlashga har doim harakat qilgan va qilmoqda.
1941 —1945-yillarda urushda qatnashib g'alaba qozonib qaytib 
kelgan fuqarolarim iz hamisha davlat ardog‘ida va himoyasida 
bo‘lgan. Ularning vatan oldidagi xizmatlari uchun har tomonlama 
himoya qilish borasida davlat barcha sh art-sharoitlar yaralib 

berishga intilmoqda.
Shuning uchun ularni turarjoy bilan ta'm inlashdek, davlat 
tomonidan ijtimoiy iqtisodiy siyosat olib borilmoqda. Shuningdek, 
ular qatoriga baynalm inal jan g ch ilar (A fg'oniston fuqarolik 
urushida qatnashgan jangchilar) kirib, barobar huquqlardan 
foydalanadilar (lurarjoyga bo'lgan huquq).
Harbiy xizmat vazifasini o ‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki 
bedarak yo'qolgan harbiy xizmatchilarning oilalari boshqa uy-joy
185
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan ra'm inlanganlaridan so‘ng xizmat uylaridan ko‘chishlari 
mumkin. Bunda harbiy xizmatchi bilan ular o ‘rtasida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi bandlarning aksariyati korxona. tashkilot bilan xodim 
(ishchi) o'rtasida tuzilgan jam oat kelishuvi yoki mehnat shart- 
nomasida turarjoy bilan ta'm inlash shartnomasi bekor bo‘lganda 
ham o ‘z kuchida qolishi belgilangan hollarda taalluqli boMadi.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish