Xizmat turarjoyiga dalolatnoma berish oilaning haqiqiy tarkibi
turarjoy berish to ‘g ‘risidagi qarorda ko'rsatilgan tarkibga mos
kelmagan taqdirda mazkur joylardagi davlat hokimiyati organining
qarori bilan to ‘xtatilishi mumkin.
Agar egallab turgan lavozimi xizmat turaijoylariga ko'chib o‘tish
huquqiga ega boMgan fuqarolar ro‘yxatida bo‘lmasa. ularga xi?mat
turaijoyiga ko'chib o ‘tish uchun dalolatnoma berilmaydi.
UJKning 46-moddasi 1-qismiga ko‘ra, fuqarolar tom onidan
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to'g'risida haqiqatga
to ‘g‘ri kelmaydigan maMumotlartaqdim etilganda, boshqa fuqarolar
yoki yuridik shaxslarning hujjat (order)da ko‘rsaiilgan turaijoyga
bo‘!gan
huquqlari buzilganda, turaijoy berish lo ‘g‘risidagi masalani
hal etishda mansabdor, shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy hara-
katlar qilinganda, shuningdek. luraijoy berish tartibi va shartlarining
boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy
uy-joy fondi va aniq m aqsadli
kom m unal uy-joy fondining
uylaridagi turarjoyga berilgan hujjat (order) sud tarlibida haqiqiy
emas deb topilishi mumkin. Mazkur moddada bclgilangan, orderni
haqiqiy emas deb topish asoslarining barchasi umumiy m a'noda
orderni berish jarayonidagi qonun buzilishi holatlari bilan
bog'liqdir.
Orderni haqiqiy emas deb topish asoslarini quyidagilarga ajratish
mumkin:
— fuqarolar tom onidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga m uh-
tojlik to'g'Tisida haqiqatga to ‘g‘ri kelmaydigan m alum otlarning
taqdim
etilishi;
— boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjat (order)da
ko‘rsa!i)gan lurarjoyga bolgan huquqlarining buzilishi;
— turarjoy berish to ‘g‘risidagi masalani hal etishda mansabdor,
shaxslar tom onidan g‘ayriqonuniy harakatlarning sodir etilishi;
— turaijoy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari
sodir etilishi.
Mazkur holatlar turaijoy hujjati (order) olish yoki berishdan
manfaatdor bo‘lgan shaxslarning order olish yoki berish bilan
bog‘liq munosabatlarda qonun hujjatlarida belgilangan talablaming
har qanday ko'rinishda buzilishi natijasida vujudga
keladi va ordemi
haqiqiy emas deb topish uchun asos boMadi.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi
O rderni haqiqiy em as deb topish uchun asosiar mavjud
bo‘lganda, sud orderni haqiqjy emas deb topish to‘g‘risida hal
qiluvchi qarorini chiqaradi.
Uy-joy kodeksi orderni haqiqiy emas deb topish to ‘g‘risida
sudga murojaat qilishga nisbatan muayyan muddatni belgilaydi.
Bu muddat fuqarolik huquqidagi umumiy da'vo muddatiga mos
ravishda uch yil qilib belgilangan.
Mazkur muddat davomida manfaatdor shaxslar (munitsipal,
idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommuna) uy-joy fondi
uylarini boshqaruvchi tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining tegishli bo‘limlari. huquqi buzilgan fuqarolar va shu
kabilar) orderni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida
sudga murojaat
qilishmasa, orderni haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqini
yo'qotishadi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal
uy-joy fondining turaijoyiga berilgan hujjat, (order) haqiqiy emas
deb topilgan holda g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni
(orderni) oigan shaxslar ularga boshqa turarjoy berm asdan
ko‘chiriladi. Agar hujjat (order)da ko'rsatilgan fuqarolar ilgari davlat
uy-joy fondining uyidagi turaijoydan foydalanib kelgan bo'lsalar,
ularga ilgari egallab turgan turarjoyi
qaytarilishi yoki boshqa
turaijoy berilishi kerak.
Agar hujjal (order) boshqa asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb
topilsa. hujjat (order)da ko'rsatilgan fuqarolar ularga boshqa
turarjoy yoki ilgari o ‘zlari egallab turgan turarjoy berilgan holda
ko‘chiriladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: