16 - mavzu: Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish.
Reja:
1. Turli FVlarda fuqarolarni himoya qilish vositalari, himoya inshootlari turlari.
2. FVlarda fuqarolarni havfsiz zonaga evakuatsiya qilish asoslari.
3. Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarda barqarorligi ta`minlash.
4. Aholini, fvdt kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash.
1. Turli FVlarda fuqarolarni himoya qilish vositalari, himoya inshootlari turlari
Aholini shahsiy himoya vositalari organizm ichiga, teri ustiga va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi moddalarni va bakterial vositalarni tushishidan himoya qiladi.
Himoya vositalari: nafas olish va terini himoya qilish vositalariga bo`linadi. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi protivogazlar, respiratorlar, shuningdek changga qarshi gazmol niqob (PTM 1) va pahta-dokali bog’ichlar kiradi.
Nafas olish organlarini yakka himoyalash vositalarini tasnifi rasm-11.11 da keltirilgan.
Terini himoya qilish vositalariga mahsus izolyatsiya qiluvchi kiyim, himoya fil’trlovchi kiyim kiradi.
Dushmanning bostirib kirish havfi tug’ilganda barcha aholi shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Tuzilmalarni shahsiy tarkibi, ishchi va hizmatchilar shahsiy himoya vositalarini o`z ob’ektlarida aholi esa uy boshqarmalari orqali olishadi.
Nafas olish organlarini himoya qilish vositalari:
1) protivogazlar: filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi. Filtrlovchi protivogazlarni (rasm-11.10) ishlash prinsipi nafas olinadigan havoni har hil zararli qo`shimchalardan oldindan tozalashga asoslangan. Filtlovchi protivogazlarga GP-5(a); GP-5 m va GP-4u va boshqalar tegishli.
Filtrlovchi protivogazlar havoni tozalaydi, shuning uchun uglerod oksididan himoyalanish uchun qo`shimcha patron ishlatiladi.
Izolyatsiya qiluvchi protivogazlar (IP-4, IP-5, IP 46, IP 46 M) nafas olish
organlarini, ko`zni, yuz terisini havodagi barcha zararli moddalardan tozalashga
mo`ljallangan. Bu protivogazlarni havoda kislorod yetishmaganligida ishlatiladi. Bu
protivogazlar regeniratsiya patronida nafas olish uchun havo kislorod bilan boyitiladi.
2) respiratorlar (rasm-11.12), changa qarshi gazmol niqob (rasm-11.13) va pahta-dokali bog’ich (rasm-11.14).
Eng keng tarqalgan R-2 respirator bo`lib, u nafas olish organlarini radioaktiv va tuproq changidan va bakterial vositalar ta’siridan himoya qilishda ishlatiladi.Keng tarqalgan sanoat respiratorlarini tavsiflari jadval 11.4. da keltirilgan.CHangga qarshi gazmol niqob (PTM-1) va pahta-dokali og’iz nafas olish yo`llarini radiokativ chang va bakterial vositalardan himoya qilishda ishlatiladi.
Zaharlovchi moddalardan ular himoya qilmaydi. PTM-1 ikki qismdan iborat: niqob korpusi va bog’ich.Pahta-dokali bog’ich aholi tomonidan mustaqil tayyorlanadi.
Rasm-11.10. Filtrlovchi protivogazlar:
a – umum harbiy protivogazi; b – GP-5 protivogazi: 1-filtrlovchi-chang yutuvchi
quti; 2-shlem niqob; 3-ko`zoynaklar; 4-klapan qutisi; 5-ulovchi trubka; 6-protivogaz
sumkasi; 7-terlamaydigan plyonkalar solingan quti.
Rasm-11.12. R-2 respiratori:
1-yarim niqob; 2-nafas olish klapanlari;
3-nafas chiqarish klapani; 4-burun qisqichi;
5-boshqa taqiladigan tasma.
Rasm-11.13. PTM-1 changa
qarshi gazmol niqobi:
1-niqob korpusi; 2-oynaklar;
3-bog’ich; 4, 5-rezinali tasmalar;
6-pastki bog’ich.
Rasm-11.14. Pahta-dokali bog’ich:
a – umumiy ko`rinishi; b – taqilish.
Terini himoya qilish vositalari:
Terini izolyatsiyalovchi himoya vositalari rezinalashtirilgan materialdan tayyorlanadi va odamlarni zararlangan hududlarda ko`p vaqt davomida bo`lganlarida,zararlanish o`choqlarida degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfektsiya ishlarini bajarish vaqtida foydalaniladi. Izolyatsiyalovchi himoya vositalariga L-1 engil himoya kostyumi, himoya kambizoni va kostyumi va umum harbiy himoya komplekti tegishli.Terini filtrlovchi himoya vositasi. Bu komplekt terini zaharlovchi modda,shuningdek radioaktiv chang va bakterial vositalardan himoya qiladi.Terini oddiy himoya vositalari - barcha aholini himoya vositasi hisoblandai.
Bunga odatdagi kiyimbosh (plash, palto, kapyunshon, qo`lqop va boshqalar) kiradi.
SHunday qilib, terini himoya qilish vositalari odam terisini ZM, RM va bacterial vosita parlari va tomchilaridan, shuningdek butunlay alfa-zarrachalardan himoya qiladi.
Tibbiy himoya vositasiga shahsiy AI-2 aptechkasi kiradi. U jarohat olinganda va kuyishda o`z o`ziga va boshqalarga yordam berishga, shuningdek ZM, bakterial vositalarni va ionizatsiya qiluvchi nurlarni ta’sirini kamaytirishda ishlatiladi.
SHahsiy himoyaga qarshi paket tomchili suyuq ZM tanani ochiq joylariga yoki kiyimga tushganida zarasizlantirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |