Amaliy mashg’ulot- 17. Mavzu : yurak anatomiyasini o`rganish. Yurak devorlari qavati, kameralari, klapanlari va ularning vazifalari. Yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi qon tomirlari. Reja
AMALIY MASHG’ULOT- 17. MAVZU :YURAK ANATOMIYASINI O`RGANISH. YURAK DEVORLARI QAVATI, KAMERALARI, KLAPANLARI VA ULARNING VAZIFALARI. YURAKKA KELUVCHI VA YURAKDAN CHIQUVCHI QON TOMIRLARI. REJA: 1.Yurakning embrional takomil etishi.
2.Yurak devorining tuzilishi va yurak arteriyalari joylashishi va tuzilishi
3Yurakning o’tkazuv yo’llari, qon bilan ta’minlanishi va topografiyasi
Ishning maqsadi: Talabalarga Yurak anatomiyasnni o‘rganish. Yurak devorlari qavati, kameralari, klapanlari va ularning vazifalari. Yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi qon tomirlari. Gavda va bo‘yin qon tomirlari. Aorta bo‘yi, uyqu arteriyalari. Yurakning toj tomirlari. Ko‘krak va qovurg‘alararo arteriyalari. Qorin aortasi va uning tarmoqlarini o‘rganish. Yurak kovak venalari. Jigar darvoza venasi va yoshga qarab tuzilishining o‘zgarishi. Jismoniy tarbiya va mashqlarni yurak sistemasi rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish va nazariy bilimlarga ega bo’lish
Ishning ahamiyati Yurak anatomiyasnni o‘rganish. Yurak devorlari qavati, kameralari, klapanlari va ularning vazifalari. Yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi qon tomirlari. Gavda va bo‘yin qon tomirlari. Aorta bo‘yi, uyqu arteriyalari. Yurakning toj tomirlari. Ko‘krak va qovurg‘alararo arteriyalari. Qorin aortasi va uning tarmoqlarini o‘rganish. Yurak kovak venalari. Jigar darvoza venasi. ahamiyatini tushuntirish
Ish uchun kerakli jahozlar: Atnatomiya atlas. Mavzuga oid pizentasiya Turli jismoniy mashqlar albom , bo’r, doska, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar.
Ishning o’tkazilishdagi xavfsizlik qoidalari : Talabalarga labaratoriya ishini boshlasdan oldin xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib chiqiladi va oqituvchi tomonidan nazorat qilinib turiladi
Ishning qisqacha nazariy qismi. Yurakning embrional takomil etishi.
Yurak - cor muskuldan tuzilgan a’zo bo’lib , ko’krak qafasida joylashgan. Yurak odam hayotining ohirigi daqiqasigacha hamma vaqt muttasil qisqarib, (sistola) va kengayib (distola) turadi va butun organizmga qon yetkazib beradi. Shunday qilib, yurak organizmdagi qonaylanish sistemasida muxim o’rin egallaydi va ma’rkaziy a’zolardan biri hisoblanadi. O’rta yashar odamning yuragi minutiga 1 minutda 70-75 marta, bir sutkada esa 100 - 1000 marta qisqara oladi. Bu shu vaqt ichida 20 tonna yukni 1 metr balandlikka ko’taradi. Odam yuragining rivojlanishi qontomirlar va plasentaning takomil etishiga chambarchas bog’liq. Yurak embrionining uchinchi xaftasi oxirlarida birlamchi ichak oldingi qismining ostida mezenximadan vujudga keladi, parasagittal xolatda joylashgan ikkita endokard xaltachasidan takomil etadi. Keyinchalik ana shu endokard xaltachalari devorida mezenximadan endoteliy qavati endokard paydo bo’ladi. Yurakning tashqi yuzasida qon tomirlar joylashadigon quyidagi egatlar- qorinchalar orasidagi oldingi egat, orqa egat, tojsimon egat, boladi. Yurakning to’rt kamerasi ikkita bo’lmacha, ikkita qorincha qismlari bo’lib, har ikkala qorincha o’rtasida tosiq bo’ladi. Bo’lmachalar orasidagi to’siqda chuqurcha - fossa ovalis bo’lib, embrion davrining teshigi sohasiga to’g’ri keladi. Ularning tashqi yuzasida bortib chiqqa quloqchalar ko’rinadi.