№3 Amaliy mashgulot
TESHABOEV NURMUHAMMAD ST207
To’rtinchi qorincha (ventriculis quartus)
rombsimon miya pufagining hosilasi. Uning
devorlarining hosil bo’lishida uzunchoq miya,
ko’ttrik, miyacha va rombsimon miya siqig’i
ishtirok etadi. To’rtinchi qorincha shakl
ji\atidan chodir (palatka) ko’rinishiga ega.
Uning tubini uzinchoq miya va ko’prikni orqa
yuzalari hosil qilib ko’rinishi rombga
o’xshaydi. SHuning uchun rombsimon
chuqurcha deb ataladi. Bu yuzada uzunchoq
miya bilan ko’prik o’rtasida ko’ndalang
yo’nalgan miya tolalari (stria medullaris)
joylashgan.
To’rtinchi qorinchaning tomi (tegmen
ventriculi quarti) rombsimon chuqurcha ustida
cho’qqi shaklida joylashadi. Uning oldingi
yuqori devorini miyachaning ustki oyoqchalari
va ular o’rtasida tortilgan miyaning ustki yelkani (velum medulare superuius) hosil qiladi. To’rtinchi qorinchaning orqa devorini esa
miyaning pastki yelkani (velum medulare inferius ) hosil qiladi. Unga ichki tomonidan IV
qoriichaning tomirli asosi (teka choroidea ventriculi guarti) tegib turadi. Tomirli asos IV qorinchaning
tomirli to’rini hosil qiladi.
ROMBSIMON CHUQURCHA
Rombsimon chuqurchaning (fossa rhomboidea) yuqori tomonlarini miyachaning ustki oyoqchalari, pastki tomonlarini esa miyachaning pastki oyoqchalari hosil qiladi. Uning pastki burchagida joylashgan toq o’rta apertura (aperture mediana ventriculi guarti) (Majandi teshigi) orqa miyaning markaziy kanaliga qo’shib turadi. Yuqori burchagidagi teshik orqali miya suv yo’li vositasida III qorinchaga qo’shiladi. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari tashqi cho’ntaklar (recessus lateralis ventricuki guarti) hosil qiladi. Ulardagi juft tashqi aperturalar (aperture kateralis ventriculi guarti) esa bosh miyani to’r parda osti bo’shlig’iga qo’shib turadi. Rombsimon chuqurchaning o’rtasida ustki burchakdan pastki burchakkacha o’rta egat (sulcus medianus) joylashadi, uning yon tomonlarida juft ichg’si tepalik (eminentia medialis) joylashib, tashqi tomonidan
chegaralovchi egat sulcus limitans) bilan ajrab turadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida ichki tepalik torayib, til osti nervi uchburchagiga (trygonum nervi hypoglossi) o’gib ketadi. Undan chetrokda adashgan nerv uchburchagi (trygonum nervi vagi) joylashgan. Ichki tepachaning yuqori ko’prik qismida yuz do’mbog’i (colliculus facialis) bor. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida dahliz-chig’anoq nervi o’zaklari yotadigan vestibulyar maydon (agea vestibularis) joylashgan
Do'stlaringiz bilan baham: |