Uy-joy huquqi



Download 10,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/65
Sana01.04.2022
Hajmi10,37 Mb.
#523213
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Bog'liq
Uy-joy huquqi (N.Imomov) (1)

fiiqarolik huquqi
va 
ma'muriy huquq
sohalaridir.
Fuqarolik-huquqiy dispozitivlik usuli uy-joy huquqining 
usullaridan bir hisoblanadi. Shuningdek. fuqarolik huquqi 
turarjoylar bilan-bog‘liq munosabatlarni lartibga soladi. Biroq, 
bunda fuqarolik huquqi faqat muayyan doiradagi munosabatlarga 
qo'llaniladi, xolos. Fuqarolik kodeksi turarjoyga nisbatan mulk 
huquqini qo‘lga kiritish. uy-joy ijarasi shartnomasining umumiy 
qoidalari bo'yicha munosabatlarni tartibga soladi, ya'ni fuqarolik 
huquqi turarjoylarni faqat iqtisodiy muomala obyekti sifatida 
foydalanishga ruxsat beradi.
Bundan tashqari, uy-joy huquqi ma'muriy huquqiy tusdagi 
imperativ usuldan, boshqarish-bo‘ysunish usulidan ham foy- 
‘ dalanadi. M a’muriy huquq davlat va munitsipal organlarning 
vakolatlarini. davlat va uy-joyni boshqarish organlari (xususiy uy- 
joy mulkdorlari shirkatlarijning o ‘zaro munosabatlarini, turaijoyni 
taqsimlash va uy-joy fondini boshqarish bo‘yicha munosabatlami
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


belgilaydi. Ma'muriy huquq jamoat birlashmalarining faoliyati 
asosiy qoidalarini ham mustahkamlaydi.
Konslitutsiyaviy huquq
uy-joyga nisbatan h u q u q la m in g
asoslarini. turarjoy daxlsizligi huquqini, erkin ko'chib yurish 
huquqini. mulk shakllarining turli xilligini belgilaydi. Biroq Konsti- 
tutsiyada aniq huquqiy munosabatlar emas, balki umumiy tusda 
bo‘lgan va eng muhim holatlar tartibga solinadi. U oliy yuridik 
kuchga ega va boshqa qonun hujjatlariga zid kelishi mumkin emas. 
Konstitutsiya normalari bevosita harakatda bo'ladi. Agar uy-joy 
qonunchiligi muayyan huquqiy munosabatni e'tibordan chetda 
qoldirsa yoki Konstitutsiyaga zid bo‘lsa, unda Konstitutsiya nor- 
malari qoMlaniladi.
Uy-joy munosabatlarining ayrim elementlarini boshqa huquq 
sohalari ham tartibga soladi. Xususan, jinoyat huquqi turarjoyga 
noqonuniy kirganlik uchun javobgarlikni belgilaydi. 
Moiiyn huquqi
uy-joy sohasidagi, qurilish, turarjoy binolarini boshqarish va ularni 
ta'miriashni moliyalash va moddiy-texnik ta'minlash manbalarini 
belgilaydi. Uyni qurish bo'yicha munosabatlar uy-joy huquqi 
normalari va qurilish pudratiga oid fuqarolik-huquqiy normalar 
bilan birga yer huquqi bilan tartibga solinadi.
Turarjoylarning ijtimoiy ahamiyati va tarixiy rivojlanishi. 
Turarjoy — yashash maskani, boshpana joy, uy-joy binolari. 
Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti o'tadigan 
muhit. Turarjoy ibtidoiy davrlardayoq taom tayyorlash, libos 
kiyish qatorida paydo bo'lgan. Turarjoylar me'morlikda eng ko‘p 
tarqalgan inshoot turi bo ‘lib, boshqa turdagi inshootlarning shakl- 
lanishi va rivojlanishini ko‘p jihatdan belgilab bergan. Tu- 
rarjoyning tashqi va ichki shakllari, turlari va ko‘rinishi jihatdan 
xilma-xilligi iqlim, tabiiy-geografik sharoit taqozosi ijtimoiy 
munosabatlar xususiyati, iqtisodiy moddiy-turmush darajasi, 
madaniy va milliy an'analarga bog‘liq holda rivojlanib, murak- 
kablashib borgan.
Turarjoyning oddiy turlari qadimgi tosh davridan ma'lum. 
Turarjoylar asrlar davomida tog' g'orlari, tabiatdagi oddiy boshpana 
bostirmalardan boshlab zamonaviy ko‘p qjvntli nylaigachQ murak 
kab taraqqiyot jarayonini bosib o'lgan. Ayni vaqtda 
shakli shamoyili asosini ta minlab kelgan.

Download 10,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish