Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


Aylanma ishlab chiqarish fondlari



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

Aylanma ishlab chiqarish fondlari 

korxona ishlab chiqarish fondlarining 
bir qismi bo`lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural 
shaklini o`zgartirib, o`z qiymatini to`lig`icha tayyor mahsulot tannarxiga o`tkazadi. 
Shu sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining 
majburiy elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi. 
Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xom ashyo va 
materiallar zahirasi, yarim tayyor mahulotlar, yoqilg`i va energetika resurslari, 
qadoqlash va o`rov materiallari, ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va 
kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin. Rejalashtirish, sistemali hisob va 
hisobotni tashkil qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida aylanma ishlab 
chiqarish fondlari uch guruhga bo`linadi: 

ishlab chiqarish zahiralari;
 

tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor 
mahsulotlar;
 


73 

kelgusi davr xarajatlari.
 
Muomala fondlari
korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun 
mo`ljallangan pul mablag`lari, shuningdek, chek va veksellar, aktsiyadorlarning 
qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi 
mablag`lardan iborat bo`ladi. Muomala fondlari va aylanma ishlab chiqarish 
fondlari majmuasi, korxonaning aylanma mablag`lari (kapitali)ni tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarishda band bo`lgan aylanma mablag`lar kattaligini belgilovchi 
asosiy omillar 

bu, mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish tsikli uzunligi, 
mehnatni tashkil qilish, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat 
predmetlari va qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag`lar 
kattaligi, shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta`minot va mahsulotni 
sotish tizimini tashkil qilish darajasi bilan ham bog`liq bo`ladi. 
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, 
aylanma mablag`lardan quyidagi hollarda foydalaniladi: 

xom ashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil 
qilishda zarur bo`lgan boshqa mehnat predmetlari

ishlab chiqarish jarayonida iste`mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg`i 
kabi resurslar uchun haq to`lash; 

korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi 
to`lanishi; 

soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lash. 
Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida 
aylanma mablag`lar, birinchi o`rinda moddiy resurslardan ratsional foydalanish va 
ularni shakllantirish zahiralarini izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim 
vazifa hisoblanadi. Bunda 
zahira
deganda, moddiy va pul resurslarini 
yaxshilashning yuzaga kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali foydalanilmagan 
(to`liq yoki qisman) imkoniyatlarini tushunish lozim. 
Bu zahiralar kelib chiqishi va foydalanilishiga ko`ra xalq xo`jaligiga va 
tarmoqlarga tegishli yoki tarmoqlararo, ishlab chiqarish ichidagi (zavod, sex va 
hokazo) turlariga bo`linadi. «Korxona iqtisodiyoti» da 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish