Ushbu yo‘nalishdagi faoliyatga e’tibor mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan



Download 0,75 Mb.
bet46/47
Sana01.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#523596
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
111111111диссртатця lotin(1)

UMUMIY XULOSALAR



  1. Mazkur tadqiqot ishini bajarishga mo‘ljallab tayyorlangan ta’limning intellektuallashtirish vositalari majmuasi bo‘lajak o‘qituvchilardagi bilimlar majmuasini tashkil etishga yordam berib, uning tarkibiy qismlaridagi ma’lumotlar bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli, innovatsion rivojlangan qilib tayyorlashga fundamental asos bo‘ladi.

  2. Intellektuallashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlari yordamida o‘qituvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi interfaol muloqot negizida bo‘lajak o‘qituvchi bilish jarayonining muntazam ravishda yuksalib borishiga shart-sharoit yaratiladi va ular negizida ta’lim oluvchini intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlashning optimal variantini ishlab chiqish hamda ushbu sohada ijobiy sifat o‘zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.

  3. Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda quyidagi talablarga e’tibor berish kerak:

  • ta’lim oluvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda ularga ilm-fan va texnika-texnologiyalar yutuqlariga bog‘liq bilimlarni muntazam ravishda berib borish kerak;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘qituvchilik kasbiga oid ijtimoiy munosabatlar haqida ma’lumotlar berib borish kerak;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarni kommunikativ qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga oid faoliyatni yuritishga tayyorlash kerak;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini monitoring qilib borish kerak;

  • bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlashda ijtimoiy, tashkiliy, texnikaviy, dasturiy tizimlarning o‘zaro aloqadorligiga e’tibor berib borish kerak.

  1. Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning pedagogik ta’lim bosqichlari ularni intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlashning mustahkam didaktik asosi bo‘ladi.

  2. Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari negizida bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlashning algoritmik bosqichlari bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlashning optimal variantini tanlashni kafolatlaydi.

  3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual-kabiy faoliyatga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan tashkiliy-tuzilmaviy model, ularni o‘z mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lgan, ta’lim (tarbiya) jarayonini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashni tashkil eta oladigan, uquv va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan innovatsion rivojlangan kadrni shakllantirishning yo‘naltiruvchi fundamental asosi bo‘ladi.

  4. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual-kasbiy faoliyatga tayyorlashga ishlab chiqilgan ilmiy-metodik ta’minot barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarida kompyuter dasturlarining keng qo‘llanilishiga katta imkoniyatlar yaratadi va bu bo‘lajak o‘qituvchilarning intellektual faoliyatida mustaqil holda yangi bilimlarini egallashlarida kuchli universal vosita bo‘lib, u informatsion texnologiyalardan foydalanishga ehtiyoj va moyillikni shakllantiradi.

  5. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashning dasturiy-metodik va algoritmik tizimlari ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash borasida ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim amaliy-didaktik asosi bo‘la oladi va bu bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy, axborotli, intellektual salohiyatini rivojlantirishga muhim asos ham bo‘ladi va bu ularga o‘zlarining ijtimoiy, axborotli, kasbiy sohalardagi yutuqlarini egallashga katta imkoniyatlar yo‘lini ochadi.

  6. Bo‘lajak o‘qituvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalanib intellektual faoliyatga tayyorlash jarayoni ta’lim oluvchilarning fikrlashini, xotirasini, diqqatini, aql sifatlarini, muammolarni qo‘ya olishligini, farazlarni ilgari surishini, o‘rganishga oid o‘quv va ko‘nikmalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

  7. Bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot madaniyatini shakllanganlik darajasini aniqlash me’zoni ularni intellektual kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi maqsadga erishganlikni baholash, yangilangan yondashuvni amaliyotga joriy etish va faoliyatning mahsuldorligini baholash kabi tadqiqot samarali va mukammal olib borishga asosiy rostlovchi vazifasini bajaradi.




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish