Tajriba – sinov ishi natijalari
T/R
|
Sifat
ko‘rsatkichi
|
Nazorat guruhi
|
Tajriba guruhi
|
Izoh
|
Ballar hisobi
|
Baholar soni
|
Foiz hisobida
|
Baholar soni
|
Foiz hisobida
|
|
1.
|
85 < k ≤100
|
2
|
7,7
|
7
|
21
|
|
2.
|
71< k ≤85
|
5
|
19,2
|
10
|
38,5
|
|
3.
|
55< k ≤71
|
17
|
65,4
|
9
|
34,5
|
|
4.
|
0 ≤k ≤55
|
2
|
7,7
|
-
|
-
|
|
5.
|
jami
|
26
|
100
|
26
|
100
|
|
6.
|
o‘zlashtrish
|
24
|
92,3
|
26
|
100
|
|
7.
|
Sifat ko‘rsatkichi
|
7
|
26,4
|
17
|
65,5
|
|
Bu jadvaldagi ma’lumotlarni geometrik tarzda ifodalashda MS excel foydalandik quyidagilar bo‘yicha xosil bo‘lgan 3.2.1 – rasmni keltiramiz.
3.2.1 – rasm. Tajriba – sinov ishlarining geometrik ko‘rinishi
Umuman olganda tadqiqot va tajriba – sinov ishlari maqsad – vzifasiga muvofaqqiyatli ravishda erishildi, ya’ni rejalashtirilgan natijaga erishish kafolatlandi.
Demak, o‘tkazilgan tajriba – sinov ishlari, birinchidan, tadqiqot ishchi farazini amaliy jixatdan dalillash imkonini berdi, ikkinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘kituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan ilmiy – metodik taminot ularni intellektual faoliyatga tayyorlashda didaktik asos bo‘la olishligini ko‘rsatdi, uchinchidan, Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘kituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlash ko‘nikma va malakalarni shakllanganligini aniqlash va baholashning uzluksiz tizimli va unga mos ishlab chiqarilgan dasturiy – didaktik ta’limotini amaliy jixatdan ishonchliligini ko‘rsatdi, to‘rtinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘kituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlashda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda propedivtik asos bo‘la oladi, beshinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘kituvchilarini intellektual faoliyatga tayyorlash kunikma va malakalarini shakllantirishning metodologik asoslaridan boshqa yo‘nalishidagi o‘qituvchilarni tayyorlashda foydalanish mumkinligi asoslandi.
UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSALAR
1. Bo‘lajak o‘qituvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalanib intellektual faoliyatga tayyorlashda ta’lim jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yo‘naltira oladigan o‘qituvchi va ta’lim oluvchi hamkorligidagi faoliyatni ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratish kerak.
2. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda o‘quv materiallarini adaptatsiyalashga alohida e’tibor qaratish kerak. CHunki u orqali ta’lim jarayonida erishilgan natijaning olinish jarayonini o‘rganilayotgan manba va unga oid maqsad-vazifalarning xossa-xususiyatlari hamda ular orasidagi turli xil aloqadorlikni to‘liq aks ettira olishga erishiladi.
3. Intellektuallashtirilgan o‘qitish tizimlari interfaol o‘quv majmualarining bir qismi bo‘lib, u o‘rganilayotgan manba bo‘yicha etakchi mutaxassislarning va malakali dasturchining hamkorligidagi tayyorlangan ilmiy-metodik natijasi bo‘lib, o‘qitishning interfaol usullarini ta’limda joriy etishda dasturiy-didaktik asos bo‘ladi.
4. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda tashkiliy va pedagogik shakllarini jamiyat taraqqiyoti darajasiga va unga mos zamonaviy kasbiy faoliyatga qarab optimal rejalashtirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z sohasining innovatsion texnologiyalarini uzluksiz ravishda etkazib berish ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
5. Bo‘lajak o‘qituvchilardagi axborotli madaniyatlilik darajalari ulardagi o‘z bilimlarini yangi manbalarga ko‘chira olishga, tahlil va umumlashtirishga, muammolarni echishda yangi o‘ziga xos yo‘nalishlar yarata olishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |