61
250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. Тo’qimada bir-biriga
yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi. Ular
bir-biriga nisbatan shunday
joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o’tkir uch qismi
yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda
qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq
qilinadi. Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda
yaqinlashib, tutashish nuqtalarini hosil qiladi.
Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining biridan
ikkinchisiga qo’zg’alib o’tishiga xizmat qiladi degan taxminlar bor. Hujayra
sitoplazmasida yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi. Yadro va
organellalar hujayraning trofik apparatini tashkil etadi.
Silliq mushak hujayrasining
yadrosi uning markazida joylashib, cho’ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega.
Yadroning shakli qisqarish paytida o’zgaradi. Unda ko’p hollarda ikkita yoki undan
ko’proq yadrocha bo’ladi. Yadro yonida sust rivojlangan plastinkasimon kompleks
joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Mushak hujayrasida endoplazmatik
to’r sust rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho’ziq, oz miqdorda bo’lib,
sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko’proq bo’lishi
mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari ko’ndalang targ’il
mushaklardagiga nisbatan
kam.
Miofibrillalar mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil etishi sababli
ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo’lgan
ko’ndalang-targ’illikka ega emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar shaklida
ko’rinadi. Elektron mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o’rganilganda
hujayraning butun uzunligi bo’yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan emas.
Hujayra sitoplazmasida bo’ylama joylashgan submik-roskopik protofibrillalar mavjud
bo’lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi
aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib,
yo’g’on protofibrillalardir.
Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham
mushak bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha
joylashgan bo’lib, mushak qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak
hujayralarida ko’ndalang-targ’illik
kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli
joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi, plastinkalar ham topilmagan. Silliq
mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki
aktin protofibrillaning
o’rta qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’
shaklida ko’rinadi. Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda
pufakchalar bo’lib, ular ko’ndalang targ’il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni
eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan.
Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo’lgan
tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-sistemasini
eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim
o’rin tutadi.
Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek,
bazal membrana bilan
qoplangan. Mushak hujay-ralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutatish-
62
neksuslar uchrab, ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar
qisqarishini ta’minlaydi.
Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega. Qon
tomirlar to’qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari
orasidagi biriktiruvchi to’qima qat-lamlarida kapillyarlar to’rini hosil qiladi.
Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak to’qimasi
mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan mushak hujayralari dastlab o’simtalarga
ega bo’lib, uning yordamida o’zaro bog’lanadi va shu tufayli
mezenxima tuzilishini
eslatadi. Ularda miofibrillalar paydo bo’lish differensiallanish boshlanganligining
belgisi bo’lib xizmat qiladi. Keyinchalik silliq mushak hujayralari o’simtalarini
yo’qotib, duksimon shaklni oladi va bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibril-
lalarning soni ortib, hujayraning uzun yo’nalishi bo’ylab tartibli ravishda joylasha
boradi.
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak
hujayralarining mitoz yo’li bilan bo’linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumot
bor. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko’payishini
qon tomirlarning
o’sishi va tiklanishi jarayonida ko’rish mumkin. Тajribada yirik arteriya bog’lab
qo’yilgan hollarda qon aylanish kam joylardagi mayda tomirlarning ken-gayishi
kuzatiladi. Bunda ularning devorida yangidan hosil bo’lgan mushakning qalin
qatlamlari paydo bo’ladi. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi
bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: