3
So’zboshi
Gistologiya anatomiya,
fiziologiya, bioximiya va boshqa fundamental
fanlar bilan birgalikda tibbiyot fanining negizini tashkil qiladi. Shu jumladan
gistologiya
fanini
chuqur
o’rganish
bo’lg’usi
mutaxassislarning
organizmlarning gistologik tuzilishlarini o’rganishlarida muhim ahamiyatga
ega.
Shuning uchun ham o’quv rejalarida biologiya mutaxassislari uchun 30 soat
ma’ruza, 42 soat laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazilishi ko’zda tutilgan.
U fan bo’yicha hozirgi kunda universitetlar uchun o’zbek tilida yozilgan
darslik yo’q. K.A.Zufarovning “Gistologiya” si (1991)
tibbiyot oliygohlari
talabalari uchun darslik. E.Qodirovning “Gistologiya” (1994) kitobi o’quv
qo’llanma sifatida yozilgan. Ushbu ma’ruza matni namunaviy dastur asosida
30 soatga mo’ljallanib yozildi.
4
I ma’ruza
GISТOLOGIYa FANINING MAVZUSI VA VAZIFALARI.
GISТOLOGIYaDA QO’LLANILADIGAN ТADQIQOТ USULLARI
Reja:
1. Kirish.
2. Gistologiyaning bo’limlari.
3. Gistologiyaning asosiy sohalari.
4. Gistologiyaning maqsad va vazifalari.
5. Gistologiyaning asosiy tekshirish usullari.
5.1. Mikroskopik tadqiqot usullari.
5.2. Gistokimeviy tadqiqot usullari.
5.3. Maxsus eksperimental - morfologik tadqiqot usullari.6. Хulosa.7.
Adabiyetlar.8. Тayanch iboralar.
Hayvonlar bilan odam tanasidagi barcha organlar o’ziga xos hujayra va
hujayralararo moddalardan tashkil topgan to’qimalardan tuzilgan. Shu jihatdan
qaraganda, tirik organizmning eng kichik, ya’ni zarracha qismi bu-hujayradir.
Hujayralarning
tuzilishi, yaratilishi va rivojlanish bosqichlarini, odatda, sitologiya
o’rganadi. Тo’qimalarning tuzilishi, rivoj-lanishini, hayotiy
faoliyatini esa gistologiya
o’rganadi. «Gistologiya» yunoncha so’zdan olingan bo’lib, histos-to’qima, logos-fan,
ta’limot, tushuncha degan ma’noni anglatadi. Binobarin, "Gistologiya" fanining mavzui
va vazifasi uning nomidan ham anglashilib turibdi. Anatomiya, embriologiya,
sitologiya kabi fanlar qatorida gistologiya ham fundamental morfologik fan bo’lib,
uning asosiy predmeti tirik materiya tashkil topishida moddiy asos bo’lib xizmat
qiladigan to’qima-murakkab biologik sistemadir. Gistologiya
kursida hayvonlar
organizmi to’qimalarining tuzi-lishi, rivojlanishi, faoliyati va evolyutsiyasining asosiy
xususiyatlari o’rganiladi va tadqiq qilinadi. Shu jihatdan qaraganda, mazkur kursda
gistologiyani ikki katta qismga-umumiy gistologiya bilan xususiy gistologiyaga bo’lib
o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Binobarin, umumiy gistologiyada to’qimalar
tuzili-shining umumiy qonuniyatlari,
tekshirish usullari, gistologiya fanining
rivojlanish tarixi kabi masalalar o’rganiladi. Хususiy gistologiyada esa har qaysi
organning to’qimalari mikroskopik jihatdan alohida-alohida o’rganiladi va tadqiq
qilinadi.
Bu uning barcha organlari bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’liq holda yashaydi.
Gistologiyani bo’lib o’rganishdan maqsad, birinchidan, metodik jihati bo’lsa,
ikkinchidan, organizmning o’ziga xos qismlarini sistemaga solib o’rganishdir.
Uchinchidan, bu usul to’qimalarni ularning evolyutsiyasi
jarayonida morfo-logik-
qiyosiy o’rganish imkonini beradi.
Umuman olganda, gistologiya biologiya fanining bir tarmog’i bo’lib, u ham
biologiyaga oid bir qator sohalar bilan bir qatorda o’qitiladi va tadqiq qilinadi. Ayniqsa
keyingi yillarda o’rganishning murakkab usullari paydo bo’lishi bu bog’lanishning
yanada aniq-lashib, mustahkamlanishiga yordam beradi. Binobarin, gistologiyadagi
konkret tadqiqot ob’ektlari, shuning-dek, murakkab tekshirish usullari uni tarmoqlarga
bo’lib o’rganishni taqozo etadi. Natijada gistolo-giyaning gistoximiya, gistofiziologiya,
5
qiyosiy
gisto-logiya, eksperimental gistologiya, tasviriy gistologiya, evolyutsion
gistologiya, ekologik gistologiya kabi sohalari yuzaga keldi.
Gistoximiya
to’qimalarning ximiyaviy xossalarini o’rganadi. Bu bo’limda gistologik
va ximiyaviy usullar yordamida hujayra va to’qimalarning tuzilishi,
ular-dagi
ximiyaviy elementlarning taqsimlanishi o’rga-niladi.