6
5.
Hujayra va to’qimalarning differensiallanish va regeneratsiyasi qonuniyatlarini
o’rganish.
Gistologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari
Ma’lumki, gistologiya mustaqil fan sifatida rivojlanar ekan, uning asosiy tadqiqot
ob’ekti bilan tekshirish usullari ham rivojlanib boradi. Gisto- logiyada tadqiqot ob’ekti
- turli xil sharoitda har xil usullar yordamida tayyorlanadigan gistologik preparatlardir.
Тekshirish usullariga mikroskopik tadqiqotlar bilan
gistoximiyaviy tadqiqotlar,
radiavtografiya bilan maxsus eksperimental usullar va boshqalar kiradi.
Mikroskopik tadqiqotlar
Organizm to’qimalari va organlarining sog’lom holatini, tuzilishini, kasalliklarda
sodir bo’ladigan patologik-morfologik o’zgarishlarni chuqur va mukammal o’rganish
uchun, avval ulardan gistologik preparatlar tayyorlanadi.
Gistologik preparatlar
tayyorlash usullari, masalan, sitologiya, embriologiya va patologik anatomiyadagi
usullar bilan deyarli bir xil.
Gistologik preparatlar qanday mikroskopda tekshirilishiga
qarab yetarli darajada
yupqa bo’lishi kerak. Masalan, yorug’lik mikroskopida o’rganiladigan preparatlarning
qalinligi 1 mikrometrdan 50 mikrometrgacha bo’lganda ular nur tutamini oson
o’tkazadi. Elektron mikroskopda o’rganiladigan prepa-ratlarning qalinligi esa 30
nanometrdan 60 nano-metrgacha bo’lganda ular elektronlarni bemalol o’tkaza oladigan
bo’la oladi. Preparatlar tirik to’qimalardan ham, nobud bo’lgan, ya’ni fiksatsiya
qilingan to’qima-lardan ham tuzilmalar olib tayyorlanishi mumkin. Fiksatsiya deganda,
tuzilmalarning butunligini saqlab qolish uchun ular aynimasligini chorasini ko’rish
tushuniladi. Buning uchun organ yoki to’qimadan kesib olingan kesma fiksatorga-spirt,
formalin, buen eritmasi, og’ir metall tuzlari, fiksatsiyalovchi aralashma kabilarga solib
qo’yiladi yoki muzlatiladi. Kesmalarni bo’yash deganda esa,
kesmadagi ayrim
tuzilmalarning kontrastligini oshirish uchun ularni turli xil bo’yoqlar bilan bo’yash
tushiniladi. Bo’yoqlar kislotali va neytral bo’ladi. Har ikkala bo’yoqlar bilan
bo’yaladiganlari neytrofil tuzilmalar deyiladi. Тayyor preparatlarni maxsus usullar
bilan bir necha daqiqadan bir necha yillargacha saqlab qo’yish va o’rganish mumkin.
Gistologik preparatlar, odatda, turli tekshirish-mikroskopiya
usullari yordamida
tadqiq qilinadi. Biologiya laboratoriyalarida aksari yorug’lik mikros-kopidan
foydalaniladi. Bu mikroskopning 50 dan ortiq markasi bor, ular yo tabiiy yorug’lik
bilan, yoki sun’iy yorug’lik bilan ishlaydi.
Hozirgi vaqtda gistologik preparatlarni mikros-kopda ko’rishning eng asosiylari
ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: