58
bo’lmaydi va ma’lum davrgacha rivojlanadi. Keyinchalik u degene-ratsiyaga uchrab,
tog’ayning diafiz qismida suyak to’qimasi hosil bo’la boshlaydi. Suyak to’qimasining
paydo bo’lishi tog’ay usti pardasida tipik osteoblastlar hosil bo’lishi bilan boshlanadi.
Osteoblastlar hosil bo’lishidan boshlab perixondr suyak usti pardasi-periostga aylana
boshlaydi. Osteoblastlar tog’ay modeli atrofida suyak to’qimasini hosil qila bosh-laydi.
Natijada suyakning tog’ay modeli diafiz qismida periondral suyak o’rami bilan
o’raladi. Ular g’ovak tuzilishga ega bo’lib, dag’al tolali suyaklardan tashkil topadi.
Тog’ayning ohaklanishi diafiz qismidan epifizga qarab boradi. Ayni shu vaqtda
tog’ay usti pardasi o’rnida hosil bo’lgan suyak usti pardasidagi
qon tomirlar ularni
qoplab turgan mezenxima hujayralari bilan birga suyak manjetkasidagi teshikchalar
orqali ohaklanayotgan tog’ay zonasiga kirib boradi. Qon tomir bilan kirgan
hujayralarning ba’zilari ko’p yadroli osteoklast hujayralariga aylanib, ohaklanayotgan
tog’ayni yemira boshlaydi. Тog’ayning yemirilishi diafiz markazidan boshlanib,
epifizlarga qarab suriladi. Ammo tog’ay to’qimasi diafizda butunlay parchalanmaydi va
tog’ay yemirilishi natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlar atrofida tog’ay to’sinlari saqlanib
qoladi.
Shu to’sinlar atrofidagi kam differensiallashgan hujayralardan
osteoblastlar hosil
bo’ladi.
Enxondral suyak to’qimasining parchalanishi nati-jasida mayda bo’shliqlar va
chuqurchalar paydo bo’ladi va ular birlashib, suyak ko’migi uchun bo’shliq hosil qiladi.
Qon tomirlar atrofida parchalanayotgan dag’al tolali suyak o’rnida osteoblast hujayralar
konsentrik plas-tinkalar hosil qila boshlaydi. Ular ma’lum tartibda joylashgan parallel
kollagen tolalardan tuzilgan, ulardan osteonlar hosil bo’ladi. Periost tarafdan esa tashqi
umumiy plastinkalar taraqqiyoti davom etadi.
Suyakning epifiz va diafiz qismlari orasida tog’aydan iborat metafizar yoki epifizar
plastinkasi joylashadi. Uning diafizga yaqin qismida tog’ay hujayralari shishgan,
hujayralararo modda esa ohaklangan bo’ladi. Chunki
uning ostidagi hujayralar
parchalanib, u yerda endoxondral suyaklanish davom etadi.
Epifiz tog’ayning suyakka aylanishi diafizga nisbatan ancha kech sodir bo’ladi.
Inson tug’ilganda diafiz perixondral va endoxondral suyaklanish natijasida hosil
bo’lgan dag’al tolali suyakdan iborat bo’lsa, epifiz xali tog’ay ko’rinishiga ega bo’ladi.
Yangi tug’ilgan chaqaloq naysimon suyagining epifizida suyaklanish nuqtasi hosil
bo’lib, u yerdagi tog’ayda xuddi diafizdagi singari bir qator degenerativ o’zgarishlar
sodir bo’ladi.
Suyak to’qimasining regeneratsiyasi. Suyak to’qima-sining regeneratsiyasi suyak
usti pardasi hisobiga bo’ladi. Agar suyak butunligi buzilsa, suyak singan yerga qo’shni
qismlarning suyak usti pardasi hujayralari intiladi. Natijada ikki tomonning suyak usti
pardasi birlashadi. Suyak usti pardasida juda ko’p qon tomirlar va osteoblastlar paydo
bo’ladi. Shu yerda nozik suyak plastinkalari hosil bo’la boshlaydi. 10-12 kundan so’ng
suyak plastinkasi suyakning singan qismini mufta shaklida o’rab oladi va buni suyak
qadog’i deyiladi. Dastlab suyak qadog’i osteon tuzilishga ega bo’lmaydi,
lekin
keyinchalik uning o’rta qismi shunday tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Suyak
to’qimasining regeneratsiyasi organizmda yetarli miqdorda kalsiy, fosfor tuzlari va turli
mikroelementlar bo’lishini talab qiladi.
59
Ba’zi patologik holatlarda suyak to’qimasi sog’ organizmlarda uchramaydigan
yerlarda ham hosil bo’lishi mumkin. Bunday suyaklanish holati ektopik yoki skeletdan
tashqarida suyaklanish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: