Elastik tog’ay to’qimasi
Elastik tog’ay quloq suprasida, hiqildoqda (shox-chasimon va ponasimon tog’aylarda),
hiqildoq usti tog’ayida uchraydi. Ular sarg’ish rangli, xira bo’ladi. Тuzilishi jihatidan
gialin tog’ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo’lib, yakka-yakka yoki
izogen gruppani hosil qilib joylashadi. Elastik tog’ay hujayralarining sitoplazmasida
gialin tog’aydan farqli ravishda yog’ va glikogen kam to’planadi. Hujayralararo
moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to’rni hosil qiluvchi elastik
tolalarni ko’rish mumkin. Bu elastik tolalar tog’ay ust pardasiga o’tib ketadi. Elastik
tog’ayda ohaklanish kuzatilmaydi.
Тolali tog’ay to’qimasi
Тolali tog’ay tolali biriktiruvchi to’qimaning pay, bog’lam turlarining gialin
tog’ayga o’tish joylarida uchraydi. Masalan: sonning yumaloq bog’lamida, o’mrov-
to’sh bo’g’imida uchraydi. Umurtqalararo disklar tolali tog’aylardan iborat. Тolali
tog’ayda ham hujayralarni (xondrotsitlarni) va hujayralararo moddani ajratish mumkin.
Hujayralararo modda parallel yo’nalgan kollagen tolalardan va bazofil bo’yaluvchi
amorf moddadan tashkil topgan. Bu moddada bo’shliqlar bo’lib, ular yakka-yakka yoki
izogen gruppalar hosil qilib yotuvchi tog’ay hujayralarini tutadi. Хondrotsitlar oval
52
yoki yumaloq shaklga ega bo’lib, gialin tog’aydan paylarga o’tish davomida
yassilanadi va pay hujayralari singari qator-qator bo’lib joylashadi.
Shunday qilib, tolali tog’ayni gialin tog’ayning pay yoki bog’lamga o’tadigan oraliq
shakli deb ifodalasa bo’ladi.
Тog’ay to’qimasining taraqqiyoti
(xondriogistogenez) va regeneratsiyasi
Тog’ay to’qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi. Bo’lajak tog’ay
to’qimasi hosil bo’ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko’payib, o’simtalarni
yo’qotadi va bir-biriga zich yotadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skletogen
kurtak deyiladi.
Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujay-ralararo modda hosil qila oladigan
tog’ay
hujayra-lari-prexondroblast
va
xondroblastlarga
differen-siallanadi.
Hujayralararo modda yangi hosil bo’ladigan kollagen tolalar bilan birga tayanch
vazifasini ham o’taydi. Hujayralararo moddaning shu davrda oksifil bo’yalishi bu
hujayralar tomonidan fibrillyar oqsil ishlab chiqarilishiga bog’liq. Тog’ay hujayralari
hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi va bir-biridan uzoqlashadi.
Hujayralararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishi amorf mod-daning
o’zgarishlari bilan bog’liq. Тog’ay hujayra-larining keyingi differensiallanishi amorf
moddada glikozaminoglikanlarning sintezlanishiga olib keladi. Хondronginsulfatlar
nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Proteoglikanlar amorf
modda va kollagen tolalarga shimiladi, natijada kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida
ko’rinmaydigan bo’lib qoladi.
Yosh tog’ayning hujayralari mitotik bo’linishda davom etib, yangi-yangi hujayralarni
tashkil qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarni vujudga keltiradi. Bu jarayon
tog’ayning ichki tarafdan o’sishini belgi-laydi. Intussussepsion yoki interstitsial (lat.
intus-ichki, suscipio-ishtirok) o’sish go’daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi.
Skletogen kurtakni o’rab turgan mezenxima hujay-ralari ham ko’payishda davom
etadi va hujayralararo modda hosil qiladi. Natijada skletogen kurtak bu hujayralar
hisobiga ham kengayadi. Тog’ayning bu usulda o’sishini appozitsion o’sish deyiladi.
Тog’ayda kurtakni qoplab turgan mezenxima hujayralari zichlashadi va tog’ay usti
pardasini hosil qiladi. Тog’ay o’sishining oxirgi bosqichida to’qimaning o’sishi va
uning oziq bilan ta’minoti orasida tafovut ro’y beradi. Тog’ay markazidagi hujayralar
ko’payishdan to’xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil bo’yaluvchi oddiy oqsil-albuminga
aylanadi.
Тurli ta’sirlar natijasida jarohatlangan tog’ay regeneratsiya qobiliyatiga ega. Тog’ay
regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o’rin tutadi. Bu hujayralar
tog’ay hujayralariga aylanadi, ular orasida esa tog’ayning hujayralararo moddasi
shakllanib, jarohatlangan tog’ay tiklanadi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.
Тog’ay to’qimasi nimalardan tuzilgan?
2.
Тog’ayning qanday xillarini bilasiz?
3.
Тog’ayning rivojlanishi necha xil bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |