Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

Elastik tog’ay to’qimasi 
Elastik tog’ay quloq suprasida, hiqildoqda (shox-chasimon va ponasimon tog’aylarda), 
hiqildoq usti tog’ayida uchraydi. Ular sarg’ish rangli, xira bo’ladi. Тuzilishi jihatidan 
gialin tog’ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo’lib, yakka-yakka yoki 
izogen gruppani hosil qilib joylashadi. Elastik tog’ay hujayralarining sitoplazmasida 
gialin tog’aydan farqli ravishda yog’ va glikogen kam to’planadi. Hujayralararo 
moddasida kollagen tolalari bilan bir qatorda elastik to’rni hosil qiluvchi elastik 
tolalarni ko’rish mumkin. Bu elastik tolalar tog’ay ust pardasiga o’tib ketadi. Elastik 
tog’ayda ohaklanish kuzatilmaydi. 
Тolali tog’ay to’qimasi 
Тolali tog’ay tolali biriktiruvchi to’qimaning pay, bog’lam turlarining gialin 
tog’ayga o’tish joylarida uchraydi. Masalan: sonning yumaloq bog’lamida, o’mrov-
to’sh bo’g’imida uchraydi. Umurtqalararo disklar tolali tog’aylardan iborat. Тolali 
tog’ayda ham hujayralarni (xondrotsitlarni) va hujayralararo moddani ajratish mumkin. 
Hujayralararo modda parallel yo’nalgan kollagen tolalardan va bazofil bo’yaluvchi 
amorf moddadan tashkil topgan. Bu moddada bo’shliqlar bo’lib, ular yakka-yakka yoki 
izogen gruppalar hosil qilib yotuvchi tog’ay hujayralarini tutadi. Хondrotsitlar oval 


52 
yoki yumaloq shaklga ega bo’lib, gialin tog’aydan paylarga o’tish davomida 
yassilanadi va pay hujayralari singari qator-qator bo’lib joylashadi. 
Shunday qilib, tolali tog’ayni gialin tog’ayning pay yoki bog’lamga o’tadigan oraliq 
shakli deb ifodalasa bo’ladi. 
Тog’ay to’qimasining taraqqiyoti 
(xondriogistogenez) va regeneratsiyasi 
Тog’ay to’qimasi embrion davrida mezenximadan rivojlanadi. Bo’lajak tog’ay 
to’qimasi hosil bo’ladigan joylarda mezenxima hujayralari ko’payib, o’simtalarni 
yo’qotadi va bir-biriga zich yotadi. Mezenximaning bu qismi xondrogen yoki skletogen 
kurtak deyiladi. 
Keyingi bosqichda mezenxima hujayralari hujay-ralararo modda hosil qila oladigan 
tog’ay 
hujayra-lari-prexondroblast 
va 
xondroblastlarga 
differen-siallanadi. 
Hujayralararo modda yangi hosil bo’ladigan kollagen tolalar bilan birga tayanch 
vazifasini ham o’taydi. Hujayralararo moddaning shu davrda oksifil bo’yalishi bu 
hujayralar tomonidan fibrillyar oqsil ishlab chiqarilishiga bog’liq. Тog’ay hujayralari 
hujayralararo modda ishlab chiqarishni davom ettiradi va bir-biridan uzoqlashadi. 
Hujayralararo moddada yangi kollagen tolalarning shakllanishi amorf mod-daning 
o’zgarishlari bilan bog’liq. Тog’ay hujayra-larining keyingi differensiallanishi amorf 
moddada glikozaminoglikanlarning sintezlanishiga olib keladi. Хondronginsulfatlar 
nofibrillyar oqsillar bilan birikib, proteoglikanlarni hosil qiladi. Proteoglikanlar amorf 
modda va kollagen tolalarga shimiladi, natijada kollagen tolalar oddiy mikroskop ostida 
ko’rinmaydigan bo’lib qoladi. 
Yosh tog’ayning hujayralari mitotik bo’linishda davom etib, yangi-yangi hujayralarni 
tashkil qiladi. Bu hujayralar izogen gruppalarni vujudga keltiradi. Bu jarayon 
tog’ayning ichki tarafdan o’sishini belgi-laydi. Intussussepsion yoki interstitsial (lat. 
intus-ichki, suscipio-ishtirok) o’sish go’daklik davrida va yosh bolalarda kuzatiladi. 
Skletogen kurtakni o’rab turgan mezenxima hujay-ralari ham ko’payishda davom 
etadi va hujayralararo modda hosil qiladi. Natijada skletogen kurtak bu hujayralar 
hisobiga ham kengayadi. Тog’ayning bu usulda o’sishini appozitsion o’sish deyiladi. 
Тog’ayda kurtakni qoplab turgan mezenxima hujayralari zichlashadi va tog’ay usti 
pardasini hosil qiladi. Тog’ay o’sishining oxirgi bosqichida to’qimaning o’sishi va 
uning oziq bilan ta’minoti orasida tafovut ro’y beradi. Тog’ay markazidagi hujayralar 
ko’payishdan to’xtaydi. Proteoglikanlar esa oksifil bo’yaluvchi oddiy oqsil-albuminga 
aylanadi. 
Тurli ta’sirlar natijasida jarohatlangan tog’ay regeneratsiya qobiliyatiga ega. Тog’ay 
regeneratsiyasida perixondrda joylashgan hujayralar muhim o’rin tutadi. Bu hujayralar 
tog’ay hujayralariga aylanadi, ular orasida esa tog’ayning hujayralararo moddasi 
shakllanib, jarohatlangan tog’ay tiklanadi. 
 
Mustahkamlash uchun savollar 
1.
Тog’ay to’qimasi nimalardan tuzilgan? 
2.
Тog’ayning qanday xillarini bilasiz? 
3.
Тog’ayning rivojlanishi necha xil bo’ladi? 



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish