Ушбу «Гистология» маъруза матнлари кафедра =арорига асосан аду ы=ув услубий щайъати томонидан (1999 йил 4 сентябрь) =ылланишга тавсия этилган



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/51
Sana04.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#526964
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
13gistalogiyapdf

Neyronlararo sinapslar 
Neyronlararo sinapslar nerv hujayrasi qism-larining bir-biri bilan birikadigan joyi 
bo’lib, ular asosan uch xil bo’ladi: 
1)
Aksosomatik sinaps-birinchi neyronning akson o’simtasi ikkinchi somatik 
neyron tanasi bilan tutashgan joy. 
2)
Aksodendritik sinaps-bu, birinchi neyron aksoni bilan ikkinchi neyron dendriti 
o’simtasi tutashgan joy. 
3) Aksoaksonal sinaps. Ikkita akson o’simtasi o’rtasida sodir bo’lib, ma’lum 
bo’lishicha, bunday sinapslardan qo’zg’atuvchi ta’sir o’tmaydi, ya’ni akso-somatik va 
aksodendritik sinapslardan o’tgan ta’sirni u tormozlab qo’yadi, deb taxmin qilinadi. 
Sinapslarning shakli har xil bo’lishiga qaramay, ularning morfologik tuzilishi bir-
biriga deyarli o’xshaydi. Aksonning harakatlanadigan uchi qisman kengayadi, ichida 
esa ko’p miqdorda, har xil kattalikda, ya’ni 400-900 A ga teng pufakchalar paydo 
bo’ladi, bularga sinaptik pufakchalar deyiladi. Bu yerda mayda mitoxondriylar ham 
uchraydi. 
O’simtalar orasida sinapsda 200 A ga teng keladigan bo’shliq bo’lib, unga 
sinapslararo yoriq deyiladi. Unda spetsifik moddalar bo’lib, ularga mediatorlar deyi-
ladi. Ularning vazifasi ta’sirning bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tishining 
ta’minlashdir. Media-torlar, odatda, nerv uchlaridan ajralib, sinaps bo’shlig’iga o’tadi. 
Neyronlar tipiga qarab mediatorlar har xil bo’ladi. Хuddi shuningdek, ishlab chiqarish 
mediatorlariga qarab neyronlar har xil bo’ladi: 
1. Хolinergik sinaps (atsetilxolin ishlab chiqaradi). 
2.
Adrenergik sinaps (dofamin, noradrenalin, ya’ni katexolaminlar ishlab 
chiqaradi). 
3.Seratonin-ergis sinaps (serotonin ishlab chiqaradi). 
4. Peptidergik sinaps (peptid va aminokislotalar ishlab chiqaradi). 
5. Elektrotonik sinaps-bunda nerv hujayralari bir-biri bilan zich birikib, o’rtasida 
sinaptik yoriq deyarli qolmaydi. 
Neyrosekretor hujayralar 
Ma’lumki, 
neyrosekretor 
hujayralar 
umurtqali 
hayvonlardan 
tashqari 
umurtqasizlarda ham uchraydi. Neyrosekretor hujayralar deyilishiga sabab, o’zida 
mukoproteid yoki glikolipoproteid xossasiga ega bo’lgan sekret donachalarini tutgan 
neyronlardan iborat bo’lishidir. Endilikda ana shunday sekret ishlab chiqa-ruvchi 
hujayralar neyrosekretor hujayralar deb yuritiladigan bo’ldi. Ular fiziologik jihatdan 
ney-ronlar belgilariga ega bo’lishi bilan birga bez hujayralir xususiyatlarini ham o’zida 
saqlagan bo’ladi. Hosil bo’lgan sekretlar hujayra aksonlari bo’ylab oqib kelib, oxirgi 
shoxlangan yerda hujayradan chiqadi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, hujayra 
mahsu-lotlari sinaps yorig’iga emas, balki bevosita qonga yoki miya suyuqligiga o’tadi. 


73 
Sitoplazma qismida sekret pufakchalari va donachalari bo’ladi. Umurtqali hayvonlarda 
bunday nerv hujayralari bosh miyaning gipotalamo-gipofizar qismida uchraydi. 
Hujayra-larning sekreti umurtqasiz hayvonlarda metamorfoz va xromatofor vazifalarini 
bajaradi, ya’ni hujayralarning tashqi rangini belgilaydi. 
Gipotalamus sohasidagi neyrosekretor hujayralar mahsulotining ximiyaviy tarkibiga 
ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 
1.
Peptidergik hujayralar. 
2.
Monaminergik hujayralar. 
Nomidan ko’rinib turibdiki, birinchi peptid gormonlar ishlab chiqarsa, ikkinchisi 
monamin gor-monlar-noradrenalin, serotonin, dofamin ishlab chiqaradi. Peptidergik 
gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor hujayralarni ham o’z navbatida ikki 
guruhga bo’lish mumkin: 
A) Visserotrop gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralar. 
B) Adenogipofizatrop gormonlar ishlab chiqa-radigan hujayralar.
Shunday qilib, sut emizuvchi hayvonlarning gipo-talamik neyrosekretor sistemasi 
sitologik jihatdan ham, gistologik jihatdan ham nihoyatda murakkab differensiallangan 
sistemadir. Ular nerv sistemasi bilan ham, endokrin sistemasi bilan ham yaqindan 
bog’liq faoliyat ko’rsatadi. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish