68
Nerv hujayrasi (neyron)
Nerv hujayrasi nihoyatda ixtisoslashgan murakkab
morfologik tuzilishga ega
bo’lib, har xil tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra
o’simtalari orqali uzatib berish xusu-siyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro
qismlarini
tashkil etuvchi tanasi, ya’ni perikariondan hamda bir necha o’simtalardan
tashkil topgan. Ayniqsa uning o’simtalari juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi,
mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit orqali hujayra tanasidan boshqa nerv
o’sim-tasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi. Aksonning uzunligi bir necha
mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’g’on ingichkaligi butun
uzunligi bo’ylab bir xil. Ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar chiqaradi, ularga
yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan o’simtalari kalta bo’lib, ular
dendritlar deyiladi. Dendritlar, odatda, hujayra tanasidan yo’g’on bo’lib chiqib, uchiga
tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari
bilan tutashib,
sinapslar hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarining bir-biri bilan tutashgan
qismidir. Ular impulsni bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish
funksiyasini
bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning uchlari ta’-sirni qabul qiladigan retseptorga
aylanib, ta’sirni qabul qilishda ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o’zidan
chiqaradigan
o’simtalarning soniga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1.
Unipolyar (latincha unus-bir degani)-bir qutbli, ya’ni bir o’simtali neyronlar.
2.
Bipolyar (latincha bi-ikki degani)-ikki qutbli, ya’ni ikki o’simtali neyronlar.
3. Multipolyar (lotincha multum-ko’p degani)-ko’p qutbli, ya’ni ko’p o’simtali
neyronlar. Unipolyar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqadi. Ular
qatoriga dendrit o’simtalari paydo bo’lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumkin.
Unipolyar neyronlar asosan umurtqasiz hayvonlar organizmida uchraydi. Odam
tanasida esa bunday neyronlar bo’l-maydi. Bipolyar
neyronlar qarama-qarshi
qutblaridan ikkita o’simta chiqaradi. Bittasi akson, ikkinchisi
dendrit vazifasini
bajaradi. Bipolyar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi. Ular faqat ko’zning
to’r pardasida, ichki quloqning spiral gangliyasida hamda
hid bilish organlarida
uchraydi.
Multipolyar, ya’ni ko’p qutbli neyronlardan har tomonga qarab bir nechta o’simta
chiqaradi. Ularning bittasi, odatda, uzun bo’lib,
akson vazifasini bajarsa, qolganlari
mayda, kalta bo’lib, dendrit rolini o’y-naydi. Multipolyar
neyronlarga orqa miyaning
barcha harakat neyronlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: