Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 6,6 Mb.
bet19/141
Sana03.01.2022
Hajmi6,6 Mb.
#315126
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
Turistik xizmatlar bozori(1)

UNWTOning ma’lumotlari [1, 2, 3].

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, keyingi o‘n yilda jahon turistik oqimi doimiy o‘sishi surati kuzatilgan: 1995 yildan 2010 yilgacha turistik tashriflar soni 534 mln.dan 935 mln.gacha o‘sgan, ya’ni 1,8 marta oshgan, turizmdan daromadlar esa 1995 yildan 405 mlrd.dan 2010 yilda esa 950 mlrd.ni tashkil qilib, ya’ni 2,3 martaga ko‘paygani kuzatilmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, turizm bozorining jahon iqtisodiyotidagi ulushi tobora oshib bormoqda. Ushbu tahlil etilayotgan davr maboynida jahon turizmining tashriflar soning o‘zgarish dinamikasi ko‘rsatilgan. (1 rasm)


1-rasm. Tashriflar sonining o‘zgarish dinamikasi

2-jadvalda ushbu tahlil etilayotgan davr maboynida jahon turizmining o‘sish sura’tlari ko‘rsatilgan.

2-jadval

Jaxon turizm sohasining 1991-2010 yillar mobaynidagi o‘sish sur’atilari



Yillar

Tashriflar sonining

usish sur’atlari



Valyuta tushumlarining

usish sur’atlari



1991

6,2%

5%

1992

8,6%

14%

1993

3,4%

2%

1994

6,0%

10%

1995

-3,1%

14%

1996

6,2%

8%

1997

4,6%

3%

1998

2,9%

-2%

1999

3,6%

3%

2000

7,9%

4%

2001

0,0%

-3%

2002

2,9%

4%

2003

-1,6%

9%

2004

10,3%

19%

2005

5,2%

10%

2006

5,6%

9%

2007

6,4%

15%

2008

2,1%

10%

2009

-4,3%

-10%

2010

7%

9%

Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xalqaro turistik tashriflarning eng katta o‘sish suratlari 2004 yilda kuzatilgan bo‘lib, bu raqam 10%ni tashkil qilgan, shunindek bu ko‘rsatkich 2005-2007 yillar davomida 6-7 % ni tashkil qilgan. Ushbu davr mobaynida turizmdan tushadigan daromadlarning miqdori ham: 2004 yilda 19 % ga va 2005-2007 yy.lar mobaynida 9 %-15 % ga o‘sganligi kuzatilmoqda. Turistik tashriflarning 2003 yilda 1,6 %ga kamayishi atipik pnevmaniya tarqalgani bilan bog‘liq bo‘lgan. Xalqora turistik oqimlar kamayishi boshlanishi hali 2008 yil ikkinchi yarmidayoq kuzatilgandi. O‘sha yili ijobiy o‘sish sur’atlari yilning birinchi yarmi hisobiga bo‘lgandi. UNWTO ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yil birinchi olti oy davomida turistik tashriflar o‘sishi 5% darajasida kuzatildi, biroq keyingi olti oyda -1% gacha kamaydi. Pasayish ayniqsa Yevropada -3% va Osiyda -3% sezilarli darajada bo‘ldi. Nisbatan yaxshiroq ko‘rsatgich yaqin Sharqda +11%, Afrikada +5%, Amerikada +4% ko‘zga tashlandi. Turizm uchun keyingi 10 yilda nisbatan omadsiz yil 2001 yil bo‘ldi (tashriflar o‘sish sur’ati nol va turizmdan daromadlar o‘sish sur’ti salbiy - 3%. Bular 11 sentyabrda AQSH da ro‘y bergan, terrorchilik harakati va jahonda shundan keyingi turistik oqimlar kamayishi bilan bog‘liq (tashriflar soni bor yo‘g‘i ikki foiz o‘sishi bilan). Bu 2008 yilda dunyoni qamrab olgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bilan izohlanadi. 2009 yilda inqirozning salbiy ta’siri to‘liq namoyon bo‘ldi va turistik oqimlar pasayishi - 4%ga yetdi.

UNWTO ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda turistik oqimlar o‘sishi sur’ati - 4% ga tushdi va jahon mintaqasi bo‘yicha:

-Yevropada - 6%,

-Osiyo va Tinch Okeani mintaqasida - 2%,

-Amerikada - 5%,

-Afrikada - 5%,

-Yaqin Sharqda - 6% ni tashkil qildi.

UNWTO ma’lumotlarini dalolat berishicha, xalqaro turistik oqimlar o‘sishi faqat Amerikada qayd etilgan.

Turizm bo‘yicha butun jahon kengashi buyurtmasi asosida Oxford Economics instituti o‘tkazgan tadqiqotlar bashoratiga ko‘ra 2009 yilda tarqalgan H1 N1 grippi epidemiyasi ovqat tashuvchilar, mehmonxona va restoran biznesiga ham katta zarar keltirdi hamda 2010 yil oxirigacha jahon turizm industriyasi 2,2 mlrd AQSH dollarini yo‘qotishga olib keldi. Institut ekspertlarining fikricha, turindustriyadagi tushkunlikni yengib o‘tish uchun davlat yordami hususan, imtiyozli shartlarda qarzlar zarur bo‘ladi, buning ustiga turizmni hali inqirozdan chiqib olishi uchun kamida bir yarim yil muddat talab qilinadi. Keyingi vaqtlarda xalqaro turizmda yangi tendensiya kuzatilmoqda, xususan, o‘tgan 2010 yilda Yevropaliklar qisqa ta’tilni maqbul ko‘rishib, uni o‘z mamlakatlarida o‘tkazishga intilmoqdalar. Bundan tashqar turizmning noan’anaviy turlari rivojlanmoqda, misol uchun, ishqibozlarni halqaro sport musobaqalariga borishi (futbol, hokkey o‘yinlari va h.k), karnavallarda ishtirok etishi va boshqa ko‘ngil ochar tadbirlar. Turizmning qishloq, sarguzasht, ekologik va boshqa turlari rivojlanayotganini ta’kidlash lozim va bu keyingi vaqtlarda jahonning barcha mamlakatlarida turli yosh kategoriyalaridagi turistlar e’tiborini tortmoqda.

Yaqin vaqtlargacha turistik bozorning tez rivojlanayotgan sigmentlaridan biri bu ishga doir va kongress turizmi (MICE-turizm) hisoblanadi. Bu ko‘p jihatdan iqtisodiyotni glaballashuvi va o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, natijada ishbilarmon kishilar safarlari sonini ko‘payishiga olib kelgandi. MICE turizmiga xizmat ko‘rsatishi uchun kundalik mamalakatlarda o‘ziga xos infratuzilma yaratildi, u o‘z ichiga konferensiya zali, ishga doir muzokaralar olib boriladigan bino, zamonaviy kommunikatsiya aloqasi, maxsus avtotransport xizmati, tarjimonlar va kotib, referentlarni qamrab olgan biznes-oteldan iborat. Biroq jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi birinchi navbatda aynan shu turizm turiga ham ta’sir qildi, ishbilarmonlik maqsadlaridagi tashriflar ko‘rsatkichi keskin pasaydi.

4-jadval

Fuqarolarning sayohat maqsadi bo‘yicha tashriflari



Sayohat maqsadi

Dunyoda

Rossiyada

O‘zbekistonda

Turizmga oid

51%

10%

11,5%

Savdo va ish yuzasidan

15%

17%

9%

Qarindoshlar va do‘stlar tashrifi

27%

73%

70,5%

Va boshqa maqsadlar

7%

-

9%

Dunyoda, Rossiya va O‘zbekistonda xalqaro turistik tashriflar maqsadlari taqqoslaganda xorijiy mamlakatlarda xalqaro tashriflarning katta qismi 51% turistik maqsadlarda ekanligidan dalolat beradi, ya’ni bo‘sh vaqtini o‘tkazish va dam olish, Rossiya va O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich atigi 10-11, 5% ni tashkil qilgan. UNWTO baholashi bo‘yicha tashriflar soniga ko‘ra Rossiya 2009 yilda dunyoda 13 o‘rinni egallagan, ammo xalqaro turizmdan tushumlar hajmiga ko‘ra 22-o‘rin-11,9 mlrd bo‘lgan.

Turizm xizmatlar bozori faoliyatida hamda u bilan bog‘liq turistik industriya korxonasi turistik mahsulotlarga talab keskin mavsumiy tebranishiga ega ekan.

Mavsumiylik deyilganida u yoki bu xodisaning yil davomida dinamikasining turg‘un holati tushuniladi. Qator yillar davomida u yoki bu ko‘rsatgich darajasini yil ichida oshishi yoki pasayishi namoyon bo‘ladi.

Turizmning ishlab chiqarish-xizmat ko‘rsatish jarayoni mavsumiy tebranishga bog‘liqligi yaqqol ifodaga ega. Turizmda mavsmiylikni o‘rganish quyidagilarga imkon beradi: turistik oqim shakllanishiga tabiiy iqlim sharoitining ta’sir darajasini aniqlash; Turistik mavsum davomiyligini belgilash; Turistik firmalar va mintaqalar darajasida mavsumiylikning iqtisodiy oqibatlarinin aniqlash; Turistlarga xizmat ko‘rsatishda mavsumiy notekislikni kamaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqish.

Turizmda mavsumiylik quyidagi ommillar asosida tavsiflanadi:

- turistik oqimning yuqori shiddatli davri bosh turistik mavsum deb ataladi;

- turistik mintaqa, turistik firma turizm turi rivojlanishiga bog‘liq holda bir yoki bir necha turistik mavsumga ega bo‘lishi mumkin;

- turistik munosabatlarda mamlakatlar, regionlar, markazlar, firmalar rivojlanishi ko‘proq bosh turistik mavsum davomiyligiga ega, turistik oqim intensivligi esa yaqqol mavsumiy notekislikka ega emas. Ya’ni sezilarli mavsumiy tebranish turistik takliflarni rivojlanish darajasi yuqori emasligi uchun harakterli;

-turizmda mavsumiy tebranish vaqt bo‘yicha ayrim turizm turlari uchun turli xil.

- iqtisodiy tovarlar va xizmatlar iste’moli tarkibi, talab vositasida uning to‘lovga qobiliyatligini shakllantirish;

- ijtimoiy bo‘sh vaqtning mavjudligi;

- demografik- jins yosh tarkibi bo‘yicha differensiyalashgan talab va boshqa belgilar;

- psixologik-an’analar, urf-odatlar qadriyatlar;

-moddiy-texnik joylashtirish, ovqatlanish, transport, madaniy sog‘lomlashtirish xizmatlari tarmoqlari taraqqaiyoti;

- texnologik-sifatli xizmat ko‘rsatishga kompleks yondashuv.

Mavsumiy tebranishning yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillarini birlamchi va ikkilamchiga bo‘lish mumkin. Birlamchiga tabiiy iqlim sharoiti ta’siri ostida shakllangan omillar kiradi.

Ta’kidlash kerak, turizmda talabning mavsumiy notekiligiga ta’sirning real imkoniyatlari mavjud. Turizm mavsumiyligi turistik industriya xodimlarining bandligini mavsumiy harakterga olib keladi. Buning ham ijobiy ham salbiy tomonlari bor. Bir tomondan turizm ish vaqti taqsimlanishining notekisligini tug‘diradi (turistik mavsumida ish vaqtidan tashqari ishlash va mavsumlar oralig‘ida ishchilarning yetarli yuklanmaganligi) va oqibatda xodiilarni to‘liq ish bilan ta’minlanmaganligi salmog‘i ortadi, kadrlar qo‘llimsizligi kuchayadi.

Boshqa tomondan, turizm mavsumiyligi ishchi o‘rinlari ko‘p qirrali harakterini rag‘batlantiradi, bitta ishchi, bitta xodim mavsum xususiyatidan kelib chiqib turli ishlarni bajaradi. Bundan tashqari, mavsumiy ish aholining ko‘pchilik kategoriyalari uchun qo‘shimcha daromad manbai. Turizm mavsumiyligi turistik industriyaga xodimlar bandligi strukturasiga ta’sir qiladi va quyidagilar uning xususiyatlari hisoblanadi:



  1. To‘liq bo‘lmagan bandlikning sezilarli salmog‘i;

  1. Bandlik hajmi mavsumiy tebranishi va mehnat yuklamasi;

  1. Malakali xodimlar salmog‘i pastligi;

  2. Kasbiy o‘sish inkoniyatlari cheklanganligi;

  3. Ayollar mehnati salmog‘ining sezilarligi.

Hozirgi vaqtda turistik bozorda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar talabni taklifga nisbatan uzib borayotganligi hisobga turistik xizmatlarda mavsumiy notekislikni boshdan kechirish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Misol uchun, Fransiya, Italiya, Shvesariya va Avstriya deyarli bir xildagi turistik resurslarga ega bo‘lishlariga qaramay, o‘zlarida tegishli tarzda dengiz va tog‘ turizmi klassik namunasini namoyon etishmoqda. Fransiya va Shveysariya turizmni rivojlantira turib, bosh turistik mavsum vaqtida turistik oqimlar intensivligini vaqtida turistik oqimlar intensivligini kamaytirish hisobiga emas, nisbatan mavsum notekislik hisobiga barqarorligini uni uzaytirishni maqbul ko‘rmoqda. Natijada iyul, avgustda ularni turistlarga xizmat ko‘rsatish soni Fransiyada 28%, Italiyada-40%, Shveysariyada-37%, Avstriyada-45% ni tashkil etadi, bu mavsumiy tebranishni an’anaviy aralash vositasi va turizmda noan’anaviy xizmat turlari orqali tekislashga misol bo‘la oladi.




Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish