2-jadval
O‘zbekiston Respublikasiga 2012 yilda fuqorolarning kelishi va fuqarolarning chet elga chiqishlari (rasmiy deklaratsiyadan o‘tgan, kishilar hisobida)
Ko‘rsatkichlar
|
Jami
|
Shu jumladan safar maqsadlari bo‘yicha
|
Tadbir korlik (xizmat doira-sida)
|
O‘qish
|
Ishlash
|
Turi-stik
|
Qarin-doshlarga tashrif
|
Davo-lanish
|
DTJ
(doimiy turar joyi)
|
Tijo
rat
|
Kirish
|
5629462
|
84169
|
5672
|
31964
|
181886
|
1534817
|
77799
|
3693766
|
33113
|
Shu jumladan: MDH davlatlari
|
5140682
|
57402
|
5114
|
10797
|
71596
|
1516722
|
77533
|
3396291
|
5227
|
Boshqa chet el
davlatlari
|
488780
|
26767
|
558
|
21167
|
110290
|
18095
|
266
|
297475
|
14162
|
Chiqish
|
5934125
|
226770
|
34594
|
1444630
|
315369
|
2211546
|
36129
|
1613871
|
51216
|
Shu jumla-dan:MDH davlatlariga
|
5431206
|
137965
|
28004
|
1411449
|
122007
|
2191834
|
32548
|
1477663
|
29736
|
Boshqa chet el davlatlariga
|
502919
|
88805
|
6590
|
33181
|
193362
|
19712
|
3581
|
136208
|
21480
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari
Jadvalda qayd etilganidek, 2012 yilda fuqarolarning kirish oqimi 5629462 kishini qamragan, bu hol respublikada turizm eksporti salmog‘ining nihoyatda oshganligidan dalolat beradi. Demak, respublika byudjetiga kirib keluvchi mablag‘ chikuvchi oqimidan olinadigan daromadga nisbatan ancha oshib bormoqda. Bu holatni O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishidagi ijobiy ko‘rsatkichlardan biri sifatida baholash mumkin. Ammo O‘zbekistonga amalga oshirilgan sayohatlarni maqsadlariga ko‘ra tahlil qilsak, quyidagi holatni kuzatamiz:
3-jadval
O‘zbekistonga 2012 yilda amalga oshirilgan sayohatlar maqsadlariga ko‘ra kiruvchi va chiquvchi fuqarolar sonining taqsimlanishi
Ko‘rsatkichlar
|
Kiruvchi fuqarolar
|
Chiquvchi fuqarolar
|
Xizmat ko‘rsatilgan fuqarolar soni, jami
|
5629462
|
100%
|
5934125
|
100%
|
Shu jumladan sayohatlar maqsadlariga ko‘ra:
|
Tadbirkorlik(xizmat doirasida)
|
84169
|
1,5
|
226770
|
3,8
|
O‘qish
|
34594
|
0,6
|
34594
|
0,6
|
Ishlash
|
31964
|
0,6
|
1444630
|
24,5
|
Turistik
|
181886
|
3,2
|
315369
|
5,3
|
Qarindoshlarga tashrif bilan dam olish
|
1534817
|
27,0
|
2211546
|
37,2
|
Davolanish
|
77799
|
1,4
|
36129
|
0,6
|
DTJ (doimiy turar joyi)
|
3693766
|
65,1
|
1613871
|
27,1
|
Tijorat
|
33113
|
0,6
|
51216
|
0,9
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari
4-jadval
Tashriflarning maqsadiga ko‘ra tasniflanishi (2012 yil)
Sayohatlar maqsadiga ko‘ra
|
Dunyoda
|
Rossiyada
|
O'zbekistonda
|
Turistik
|
51%
|
10%
|
3,2%
|
Tadbirkorlik(xizmat doirasida) va tijorat
|
15%
|
17%
|
1,5%
|
Qarindoshlarga tashrif bilan dam olish
|
27%
|
73%
|
27,0%
|
Boshqa maqsadlarda
|
7%
|
-
|
68,3%
|
Jahonda, Rossiya va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashriflar qiyosiy tahlili shundan dalolat beradiki, tashriflar asosan sayyohlik, ya’ni dam olish maqsadida qilingan. O‘zbekiston va Rossiyada bu turdagi sayyohlik tashriflari 3-10% ni tashkil qiladi.
Yuqoridagi 2.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, kiruvchi oqim uchun mahalliy turizm industriyasi taklifi nuqtai nazaridan ham, ichki turizmda iste’mol jihatidan ham eng ommabop turmahsulot qarindoshlarga tashrif bilan xordiq olish hisoblanadi (27,0 %), keyingi o‘rinni esa bevosita turistik maqsadlar bilan keluvchilar (atigi 3,2%) tashkil qilgan. Taqqoslash uchun dunyodagi fuqarolarning tashrif maqsadlari bo‘yicha tahlil qilsak, unda bevosita turistik maqsadlar bilan keluvchilar 51% ni tashkil etadi (2.3-jadval).
Chiquvchi oqimda turistik maqsadlar bilan ketuvchilar umumiy hisobning atigi 5,3% ini tashkil qilib, bojxona statistikasiga ko‘ra pasporti bo‘yicha doimiy turar joyi (DTJ) O‘zbekiston bo‘lgan fuqarolar 27,1% ni tashkil etadi. Demak, turizm rekreatsion xizmatlarining bu sektorlarini mamlakatimiz turizm industriyasining ixtisoslashuv sohasi va mahalliy iste’molchilarning asosiy afzal ko‘radigan xizmatlari, deb atash mumkin. Afsuski, taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra afzal ko‘riladigan xordiqning konkret turlari va TRX ixtisoslashgan ko‘rinishlarini aniq ajratish qiyin, ammo sayohatlarning davomiyligi va mavsumiyligi haqidagi ma’lumotlarni qiyoslab, milliy turmahsulotimizning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Bular, avvalo, yozgi ta’tildagi oilaviy xordiq, transportda tezda yetib olish mumkin bo‘lgan masofada joylashgan rekreatsion va turistik markazlarga qisqa muddatli sayohatlar, shuningdek, bayram davrlaridagi xorijiy sayohatlardir.
Jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, kiruvchi oqimda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda bevosita turistik maqsad bilan va xizmat vazifasiga ko‘ra tashrif maqsadlari turadi. Milliy turmahsulotning bunday shakllaridan biri malakaviy–ish turizmidir, uning ommabopligi xordiq olish va xizmat vazifalarining uzviy bog‘liq bo‘lgani bilan izohlanadi, bu tur chet ellik mehmonlar uchun qiziqarlidir. Tadbirkorlarning ish bo‘yicha sayohat-safarlari keyingi vaqtlarda ommaviylashib bormoqda. Bir qator turistik firmalar biznesmenlarning turli maqsadlarga yo‘naltirilgan guruhiy safarlarini tashkil etishga ixtisoslashgan. Ish turizmining katta afzalligi shundaki, uni nomavsumiy pallada ham tashkil etish imkoniyati mavjud. Bunda turfirmalar turistik xizmatlarni – transport, joylashuv, ovqatlanish, ekskursion xizmatlarni tashkil qilish bilan bir qatorda, mintaqaga xos ma’lumotlarni o‘rganish, bo‘lajak ish hamkorlari haqida ma’lumot yig‘ish, tarjimalar, zaruriy iqtisodiy materiallar taqdimoti, ish bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etish kabi xizmatlarni ham taqdim qilishi mumkin. Turizm bozoridagi bu turning muhim xususiyati shundan iboratki, ish bo‘yicha o‘tkaziladigan uchrashuvlarning ishtirokchilari mamlakatga tashrifi jarayonida oddiy turistdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaydilar.
Shunday qilib, turizm xizmatlar bozorida malakaviy–ish turizmini O‘zbekiston turizm sanoati rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilash mumkin. Buning uchun xizmat ko‘rsatishning mazkur segmentidagi sezilarli o‘sishni MDH mamlakatlari va uzoq xorij bilan avvalgi aloqalar tizimini tiklash va yangi aloqalarni o‘rnatish tufayligina ta’minlash mumkin. Sayohatlarining maqsadlariga ko‘ra kiruvchi va chiquvchi xorijiy fuqarolar sonining taqsimlanish ko‘rsatkichlari, bevosita turizm maqsadi bo‘yicha tashriflar ulushining kamligi, bizningcha, kerakli turpaket, brend va turistik xizmatlar servisining nisbatan past darajada ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz turizm industriyasining faoliyatida mavsumiylik omili mavjudligi O‘zbekistonning iqlimiy shart-sharoitlari va turmahsulotni shakllantirishda aynan tabiiy-iqlimiy omillar muhim rol o‘ynashi bilan izohlanadi. Bu, ayniqsa, turizm maskani bo‘lgan Samarqand hududining turizm tizimi misolida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ichki turizm bo‘yicha turistlar asosan fevralda 5,2 %, iyunda 19% va avgust 15,1% oylarida sayohat qilishgan. Kiruvchi turizmda esa asosan aprel, may oylarida 10,7%, 18,3% tashrif buyurishgan bo‘lsa, dekabr, yanvar, fevral va mart oylarida bu ko‘rsatkich atigi 1,8 % ni tashkil qilgan. (2.4-jadval va 2.4-rasmga qarang)
Mamlakatimiz turistlarining o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, dam olishni asosan yoz oylarida amalga oshirishlarining turg‘un holati shakllangan bo‘lib, bu oylarda sayohatlar hajmi 42,8% ga to‘g‘ri keladi. Bunda asosan oilaviy dam olishga e’tibor beriladi – sentyabrda sayohatlar sonining 2 karra tushib ketishi o‘quv yilining boshlanishi bilan izohlanadi, o‘rtacha oilaviy sayohat 3 kishidan iborat bo‘lgan oila bilan amalga oshiriladi.
5-jadval
2012 yilda Samarqandga qilingan sayohatlarni amalga oshirish mavsumiga ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanishi (ming kishi)
Jami xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni: 143.79
|
Ichki turizm
|
Kiruvchi turizm
|
Chiquvchi turizm
|
53.4
|
100%
|
89.6
|
100%
|
0.79
|
100%
|
Yanvar
|
2,3
|
4,3
|
1,1
|
1,2
|
0,034
|
1,0
|
Fevral
|
2,8
|
5,2
|
1,0
|
1,1
|
0,055
|
5,0
|
Mart
|
3,7
|
6,9
|
2,9
|
3,3
|
0,039
|
2,4
|
Aprel
|
4,4
|
8,2
|
9,6
|
10,7
|
0,037
|
1,9
|
May
|
4,8
|
9
|
16,5
|
18,3
|
0,112
|
13,8
|
Iyun
|
10,1
|
19
|
11,1
|
12,4
|
0,044
|
3,7
|
Iyul
|
4,6
|
8,7
|
2,8
|
3,1
|
0,092
|
13,5
|
Avgust
|
8,1
|
15,1
|
13,2
|
14,8
|
0,044
|
3,7
|
Sentyabr
|
4,2
|
7,8
|
10,2
|
11,4
|
0,039
|
1,1
|
Oktyabr
|
3,5
|
6,5
|
12,9
|
14,4
|
0,161
|
34,7
|
Noyabr
|
2,6
|
4,8
|
6,7
|
7,5
|
0,094
|
16,8
|
Dekabr
|
2,3
|
4,5
|
1,6
|
1,8
|
0,039
|
2,4
|
Manba: « O‘zbekturizm» MK Samarkand mintaqaviy boshkarmasi ma’lumotlari asosida
5-rasm. 2012 yilda Samarqandga sayohat qilish mavsumiga ko‘ra xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanish diagrammasi
Yuqoridagi jadval rasmda ko‘rsatilganidek, chiquvchi turistik oqim dinamikasi taklif spektorining kengligiga ko‘ra mavsumiylik ta’siriga deyarli uchramaydi, bunda jami xizmat ko‘rsatilgan turistlar soniga nisbatan may, iyun va iyul oylarida 31,0 % hamda avgust, oktyabr va noyabr oylarida 55,2 % turistlar boshqa mamlakatlarga sayohat qildilar. Kiruvchi turistlar oqimi jami xizmat ko‘rsatilgan turistlar soniga nisbatan may oyida 18,3 %, oktyabr oyida 14,4 % tashkil qilib, asosan yilning issiq vaqtiga to‘g‘ri keladi va uning o‘sish sur’ati yetarli darajada barqaror hisoblanadi. Yilning yanvar, fevral va dekabr oylarida turistlar oqimining keskin pasayishi turoperatorlarimiz tomonidan tayyorlangan dasturlar ta’sirchanligining pastligi va zerikarliligi bilan baholanadi, bu esa oilaviy va guruhiy sayohatlarning turizm bozoridagi o‘rnini yo‘qotishga olib kelmoqda.
Shuningdek, sayohat davomiyligini uzaytirishga moyillik ham ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Avvallari dam oluvchilarning barchasiga mehnat kodeksida o‘rnatilgan tartib asosida yo‘llanma muddati (binobarin, sayohat muddati) har yilgi mehnat ta’tili muddatiga bog‘liq ravishda 21 yoki 28 kundan iborat edi.
Xorijiy turistlar tomonidan O‘zbekistonga qilingan sayohatlarning davomiyligiga ko‘ra tahlili 6-jadvalda berilgan.
6-jadval
O‘zbekistonga qilingan sayohatlar davomiyligiga ko‘ra 2012 yilda xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining taqsimlanishi (ming kishi)
|
Jami tashriflar
|
Ichki turizm
|
Kiruvchi turizm
|
Xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni, jami
|
942.2
|
100%
|
651,4
|
100%
|
290.8
|
100%
|
Shu jumladan, sayohat davomiyligi (kunlar bo‘yicha)
|
1 – 3
|
791,5
|
84,0
|
547,3
|
84,0
|
241,4
|
83,0
|
4 – 7
|
103,6
|
11,0
|
71,6
|
11,0
|
34,9
|
12,0
|
8 – 28
|
42,4
|
4,5
|
29,3
|
4,5
|
13,0
|
4,5
|
29 – 91
|
3,8
|
0,4
|
2,6
|
0,4
|
1,2
|
0,4
|
91 dan yuqori
|
0,9
|
0,1
|
0,6
|
0,1
|
0,3
|
0,1
|
Manba: « O‘zbekturizm» MK ma’lumotlari asosida
6-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, hozirgi paytda ichki va kiruvchi turizmda turistlarning 83% dan ortig‘i o‘z sayohatlarini 3 kungacha bo‘lgan qisqa muddatlarda amalga oshirmoqda. Turistlarning 7 kungacha davom etadigan sayohatlari 12% ni tashkil etsa, 7 kundan ortiq xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni faqat 5,0 % ni tashkil etmoqda. Kiruvchi turizm misolida O‘zbekistondagi bu holat ancha salbiy ko‘rsatkich ekanligi ma’lum bo‘lmoqda, chunki xizmat ko‘rsatishning xorijiy standartlari bo‘yicha kiruvchi va ichki turistlar oqimlaridagi 14 kungacha bo‘lgan sayohatlarning ulushi 90% tashkil qiladi.
Mazkur holatning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
yil davomida ta’til vaqtini bo‘laklarga ajratib, bir necha marta sayohatlar qilishga intilish ( shu jumladan, bayram kunlarida);
yangi mehnat munosabatlarida ko‘pchilik uchun ta’til davomiyligining qisqarishi va “bevosita xizmat vazifasini, ishini” uzoq muddatga (ikki haftadan ortiq) tashlab qo‘yishning imkoni yo‘qligi;
to‘lov qobiliyatining cheklanishi, zero, ommabop turlar harajati kishi boshiga 400-500 $ ga to‘g‘ri keladi.
Sayohatlarning davomiyligi turlarni amalga oshirish maqsadi bilan muvofiqlashadi. Jumladan, hordiq chiqarish, faol dam olish va turizm (motivatsiya jihatdan yetakchi tur) bilan bog‘liq sayohatlar, odatda, qisqa muddatli bo‘ladi, kruizli turlar va davolanish bilan bog‘liq sayohatlar esa uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Shunday qilib, bizning iste’molchi-turistlarda dasturi mazmunan boyitilgan va qisqa muddatda katta taassurot va natija olish imkoniyatini amalga oshirishni ta’minlovchi turmahsulotdan foydalanishni ma’qul ko‘rish holatlari yaqqol kuzatilmoqda. Bu, o‘z navbatida, turizm industriyasi faoliyatini qayta o‘zgartirilishini talab etadi hamda tur dasturlarni va uning muddatlarini xizmat ko‘rsatishning jahon standartlariga moslashtirishni taqozo etadi.
Bajarilgan tahlil turistik-rekreatsion xizmatlar iste’molchisi bo‘lgan turistlar tarkibining jiddiy o‘zgarishlarini yaqqol namoyon etmoqda va bu turizm industriyasining yangi zamonaviy talablarga moslashuvi zarur-ligidan dalolat beradi. Biz ichki turistik-rekreatsion xizmatlar bozori-dagi talabning asosiy sifatlarini va uning taklifga ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi tartibda alohida ajratishni lozim topdik:
talab darajasi yozgi oylarda keskin ko‘tarilishini aks ettiradigan yaqqol mavsumiy dinamikaga ega va bu yozgi oilaviy dam olishdek barqaror an’ana bilan bog‘liq;
mazmunli hordiq chiqarish, faol dam olish va turizm maqsadidagi xizmatlarga talab katta, chunki bu kabi xizmatlarning asosiy iste’molchi-lari faol dam olishni istovchi, aksariyati o‘rta va yuqori daromad manbaiga ega kishilardan iborat;
sanatoriya-kurort sohasining ob’ektlari, to‘lov qobiliyati talabining o‘ziga xos tarkibiga ko‘ra kam talab qilinadi. Bu muammoning muhimligini va uni davlat ijtimoiy dasturlari doirasida tezkor hal qilish lozimligini alohida ta’kidlash zarur;
hayot sur’atlarining tezlashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shaklining, TRX sohasidagi istaklarning o‘zgarishi ta’sirida qisqa muddatli sayohatlarga butun dunyoda moyillik sezilmoqda;
qisqa muddatli sayohatlarning ommaviylashuvi turizm industriyasi ob’ektlari ishining tezkorligini, xizmat ko‘rsatish dinamikasining, tuzilgan turistik dasturlarning muntazam takomillashuvini taqozo etadi.
Shubhasiz, turistik-rekreatsion xizmatlarga bizdagi talab o‘tish davri omillari va bozor munosabatlarining shakllanish jarayonlari ta’siri ostida o‘zgardi. U ko‘p jihatdan xorijiy davlatlarning yutuqlarini o‘zlashtirdi va bu bevosita ijtimoiy formatsiyaning o‘zgarishi hamda xorijiy turizm industriyasi namunalari bilan bevosita tanishish tufayli sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, sobiq ittifoq fuqarolarining iste’molchilik xulqining ayrim o‘ziga xos jihatlari va ular mentalitetidagi ba’zi xususiyatlar saqlanib qoldi. Yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan talab bosimining o‘sishi hozirgi paytda turizm industriyasining shu talabga muvofiq taklifini shakllantirish, tashkil etishni va yangi faoliyat shakllari, tamoyillarini yaratishni hamda miqdoriy ko‘rsatkichlari va nisbatlarining o‘zgarishini talab qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |