7-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORI SALOHIYATINI HISOBLASH USULLARI.
Reja:
Turizm intensivligi koeffitsiyentini hisoblash amallarini o‘rganish.
Sayohatlarining maqsadlariga ko‘ra kiruvchi va chiquvchi turizmning rivojlanishini hisoblash.
Turizm xizmatlar bozori rivojini “turizm intensivligi koeffitsiyenti” ko‘rsatkichi bilan baholash.
O‘zbekistonda turizm xizmat bozori umumjahon tendensiyalarini saqlab qolish bilan birga, qator o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Avvalo, bu mamlakatimizda turistik-rekreatsion majmuaning shakllanishi davomida yuzaga kelgan turizm va rekreatsion talab hamda taklifning o‘zaro munosabatining ijtimoiy harakterga ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Hukumat rekreatsiyaning ulkan ijtimoiy ahamiyatini anglab, turizmga mafkuraviy tarbiya vositasi sifatida qo‘shimcha funksiyani yukladi hamda asosiy turistik-rekreatsion xizmatlarni iste’mol qilish sohasi uchun keng ko‘lamli imtiyozlar yaratdi. Bu, o‘z navbatida, iste’molchilik kayfiyatini yuqori darajaga olib chiqish bilan bir qatorda, ikkinchi tomondan ularni qo‘lga kiritishga intilishda iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirmay qo‘ydi. Natijada, iste’molchilik kayfiyatidagi aholining ommaviy stereotipi shakllandi, bunda sayohatga chiqiladigan har yilgi ta’til hayotning an’anaviy qismiga aylandi, rekreatsion ehtiyojlarni qondirish esa tabiiy va muntazam bo‘lib qolgan edi.
Sho‘rolar davridagi dotatsion holat turizm sohasi rivojining xususiy bazasini yaratishga to‘sqinlik qildi, shu boisdan ham xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish davrida turizm va rekreatsiya soha inqiroz yoqasiga kelib qolgan edi. Agar avvallari turistik-rekreatsion xizmatlarga talab taklifdan bir necha barobar ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yillar boshida turistik ob’ektlarning aksariyati yopilib, ixtisosligi o‘zgartirilgandan keyin taklif talabdan oshib ketgan, to‘g‘rirog‘i, taklif talabga mos kelmas edi. Bunga sabab mulkiy munosabatlarga ko‘ra farq qiladigan yangi jamiyatning vujudga kelishi bilan bog‘lanadi. Bu davrda turistik ob’ektlarning katta qismi to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, turizm xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyati ancha pasaydi. Ma’lum qismgina aholi hayotiy zaruratga ko‘ra (davolanish va sog‘lomlashtirish) yoki sayohat muddati va davomiyligidan iqtisod qilib, bu xizmatlardan foydalanishni davom ettirishdi. Har ikkala holatda ham mavjud ehtiyojlar qondirilmay qolgan edi. To‘lovga layoqatli aholining kichik qatlamlari xorijga sayohatlarni afzal ko‘rishdi, chunki mahalliy turistik-rekreatsion xizmatlar sifati ularning moliyaviy imkoniyatlari, shaxsiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlari bilan bog‘liq istaklariga mos kelmas edi.
Turizm xizmat bozori rivojini “turizm intensivligi koeffitsiyenti” ko‘rsatkichi bilan baholash mumkin. Ushbu koeffitsiyent mamlakat aholisining umumiy sonidan bir yilda hech bo‘lmaganda bir marta turistik sayohatga chiqishi mumkin bo‘lgan aholining ulushini belgilaydi. Rossiyada bu ko‘rsatkich 2000-2009 yillar davomida turizm intensivligi koeffitsiyenti o‘rtacha 5,2% ni tashkil kilgan bo‘lsa, demak aholining har yigirmanchisi sayoxat qilgan bo‘ladi14. Yevropada esa, ekspertlar bahosiga asosan, yil davomida har to‘rtinchi fuqaro ikki marotaba sayyohat qilgan, har to‘qqizinchi fuqaro esa uch martagacha turistik sayohat qilgani ma’lum bo‘lmoqda. Butunjahon turizm tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra turizm mamlakat aholisining 50% ni qamrab olganda ommaviylik ta’minlanadi. O‘zbekistonda turizm intensivligi koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari 4-rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |