O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
«TURIZM VA MEHMONXONA XO’JALIGINI BOSHQARISH» KAFEDRASI
«TURIZM XIZMATLAR BOZORI» FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
Magistratura yo`nalishlari:
Bilim sohasi:
|
600 000
|
– Xizmatlar sohasi
|
Ta’lim sohasi:
|
610 000
|
– Xizmat ko`rsatish sohasi
|
Mutaxassislik:
|
5A610301
|
– Turizm (faoliyat turlari bo`yicha)
|
URGANCH – 2021
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI
«TURIZM» KAFEDRASI
-
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_________dots. S.U. Xodjaniyazov
___________________________
«____» _________ 2021 y.
|
« TURIZM XIZMATLAR BOZORI »
FANIDAN
O`QUV- USLUBIY MAJMUA
Magistratura yo`nalishlari:
Bilim sohasi:
|
600 000
|
– Xizmatlar sohasi
|
Ta’lim sohasi:
|
610 000
|
– Xizmat ko`rsatish sohasi
|
Mutaxassislik:
|
5A610301
|
– Turizm (faoliyat turlari bo`yicha)
|
URGANCH – 2021
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………...............5
1. Maruza mashg’ulot mavzulari……………………………………………..6
2. Amaliy mashg`ulot mavzulari…………………………………………...140
3. Mustaqil ta`lim mavzulari……………………………………………….189
4. Glossariy………………………………………………………….…..…...193
5. Ilovalar……………….………………………………..…….………..…...199
5.1. Namunaviy dastur……………………………………………….......…200
5.2. Ishchi dastur………………………………………………………….....211
5.3. Testlar………………..……………………………………….…..…......227
5.4. Nazorat savollari………………………………………………………..255
KIRISH
Mamlakatimizda turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida talqin qilinib, unga e’tibor iqtisodiy siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Soha rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, hukumat tomonidan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar hozirgi kunda ham davom ettirilmoqda.
Turistik biznes har qanday davlat, viloyat, tumanning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodchilarning baholariga qaraganda, undan olinadigan pul tushumlari bir yil davomida uch martadan besh martagacha muomalada bo‘ladi. Katta mablag‘lar talab qilishiga qaramay, turizm sohasiga kapital qo‘yish ancha foydalidir, chunki bu mablag‘lar nisbatan tezroq o‘zini oqlaydi, bundan tashqari ko‘proq xorijiy valyutada sarmoya keltiradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda turizmdan olinadigan tushumlar yuqori sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda.
Turizm xizmatlar bozori doimiy rivojlantirish va nazorat qilish asosida boshqarishga muhtoj bo‘lib, bunda ilmiy va oqilona rejalashtirish tamoyillaridan foydalanish zarur. Shundagina turizm davlatga katta iqtisodiy foyda keltirishi, shuningdek ekologik shart-sharoit va jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy jarayonlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni turizmni rivojlantirish bo‘yicha milliy, mintaqaviy, mahalliy dasturlar ishlab chiqish, ushbu yuqori rentabelli iqtisodiyot tarmog‘ining oyoqqa turishi uchun me’yoriy-huquqiy baza yaratish asosida turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni nazarda tutadi.
So‘nggi yillarda davlat tuzilmalarining turizmga nisbatan munosabati keskin o‘zgarmoqda. Ular turizmda milliy iqtisodiyotning o‘sishini, bozor munosabtlarini shakllantirish, davlat byudjetiga katta mablag‘lar tushishining amaliy usulini, bo‘sh vaqtdan oqilona foydalanishni, dam olish vaqtini mazmunli o‘tkazish shaklini va aholini mamlakatning tarixiy-madaniy qadriyatlariga jalb qilish usullarini ko‘rmoqdalar. Xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasini uning nodir tabiiy resurslari va tarixiy-madaniy merosi tufayli turistlik jihatdan istiqboli porloq mamlakatlar jumlasiga kiritadilar.
1. Maruza mashg’ulot mavzulari
Do'stlaringiz bilan baham: |