9-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORIDA MARKETINGNING AHAMIYATI
Reja:
Turizm xizmatlar bozorida ko‘rsatiladigan marketing xizmatlari va xususiyatlari.
Turizm xizmatlar bozorida ko‘rsatiladigan xizmatlarni baholash yo‘llari.
Turizm xizmatlar bozorida marketing strategiyasi.
Turizm xizmatlar bozorida tadbirkorlik marketing dasturlari va xizmat ko‘rsatish texnologiyalari.
Marketing funksiyalaridan biri bu xaridorlarni yaratishdir – iloji bo‘lsa keyinroq ularni doimiy tashrif buyuruvchilarga aylantirishdir. Xaridorlarni yaratish bu odamlar hohlaydigan ma’lumotlar va xizmatlarni ta’minlashga tengdir.16 Ko‘pchilik potensial mehmonlar uchun bu uchrashuv xonalarining otel ichidagi biznes markazlarining va yuqori tezlikdagi interneti bor bo‘lgan xonalarning yaroqliligidir. Boshqalar uchun esa spa xizmatlari va ko‘ngil ochar qulayliklar asosiy kalit bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi marketing funksiyasi, bu mehmonlarni sizning binongizni tanlashlari uchun mehmonxonangizni yoqimli va qulay, hattoki noyobligini ta’minlaydigan barcha xizmatlar va qulayliklarga urg‘u berishdir. Va nihoyat, marketing sizning muassasangizni potensial mehmonlar yoki guruhlari orasida qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Marketing umumiy boshqaruv funksiyasi bo‘lib, barcha darajadagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kattaroq muassasalarda savdo funksiyalari menejerlar va ularning hamkorlari uchun maxsus bozor nishonlariga bo‘linadi. Bularga erishishda menejerlar aniqroq usulda harakat qiladilar. Masalan, katta shahar muassasasi milliy konvensiyalarni birinchi nishon sifatida tarkibiga kiritadi. Boshqa bozorlar mahalliy korporativ segment yoki IHTDQ (ijtimoiy, harbiy, ta’lim, diniy, qarindosh-do‘stlar) iborasi bo‘lishi mumkin. Qaysi bozor segmenti muhimligini qaror qabul qilib, shu bozorga e’tibor qaratish bosh menejer, savdo menejeri va hattoki, egalar tomonidan qabul qilinadigan muhim qarordir.
Zanjir mehmonxonalarda bunday qarorlarga korporativ siyosat buyruq beradi, ammo ma’lum bir muassasalar uchun baribir, odatda mahalliy menejment qaror chiqaradi. Kichikroq otellarda bosh menejer savdo-sotiqni boshqaradi. U umumiy holatda shaxsan savdo qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiradi va mehmonxonadagi savdo hisoblari asosida odamlarni qabul qiladi. Ba’zi bir otellarda bosh menejer uchun yordamchi sifatida to‘liq yoki to‘liqmas ish vaqti bilan savdo vakili yollanadi.
Marketing muhim bo‘lganligi uchun, etakchi savdo assotsiatsiyasi, mehmonxonalar savdosi xalqaro marketing assotsiatsiyasi (MSXMA) mavjud. Bu assotsiatsiya savdo xizmatchilari va bosh boshqaruv uchun ta’limiy va axborot dasturlarini olib boradi. Ushbu savdo va marketing to‘g‘risida a’lo darajadagi materiallarni chop qiluvchi tashkilot oliy ta’limdan so‘nga’zo bo‘lish uchun yoki talaba sifatida agar sizning universitet hududida hududiy bo‘limi bo‘lsa, eng maqbul tashkilotdir.
Turizm industriyasi - bu mehmonxonalar va joylashtirish vositalari, transport vositalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, kungil ochish obyektlari va vositalari, bilim orttirish, davolash, sog‘lomlashtirish, sportga doir, diniy-marosimchilik, ishbilarmonlikka va boshqa maqsadlarga molik vositalar, turizm operatorlari va turizm agentligini amalga oshiruvchi, shuningdek, turistlik-ekskursiya va gid-tarjimonlik xizmatlarini taklif kiluvchi tashkilotlar majmuidir.
O‘zbekiston respublikasining ''Turizm to‘g‘risida''gi Qonunida turistlik industriya tushunchasi kuyidagi tarzda tariflanadi: Turistlik industriya - turistlik faoliyatning turistlarga xizmat kursatishini taminlovchi turli subektlar (mehmonxonalar, turistlik komplekslar, kempinglar, motellar, pansionatlar, umumiy ovkatlanish, transport korxonalari, madaniyat, cport muassasalari va boshqalar) majmui.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatning yoki turistlik markazning ijtimoiy tuzilishidan qat’iy nazar, turizm sohasida turistlik faoliyatni amalga oshiruvchi bir qancha turli xildagi korxonalar, chunonchi: turizmni tashkillashtiruvchi turoperator va turistlik agentliklar mavjud. Bundan tashqari, turistlarni tashuvchi, mehmonxonalar va joylashtirish tizimining boshqa korxonalari, umumiy ovqatlanish, attraksionlar va kungil ochar joylari, shuningdek, ular qatoriga bank sohasidagi muassasalar, sug’urta xizmati va boshqalar kiradi.
Turizmning maxsus turlarida davolash muassasalari, o’qitish tizimi muassasalari hamda aniq turistlik mahsulotning maqsadlariga muvofiq keladigan sport va boshqa muassasalar ishtirok etishlari mumkin. Bu tashkilotlarning barchasi bir-birlarini uyg’un ravishda to’ldirishi va iste’molchi uchun zarur bo‘lgan hamda assortiment bo’yicha yetarlicha darajadagi barcha xizmatlarni ko’rsatadi.
Turizm tashkilotchilariga turizm sohasidagi ikki xil korxona mansub: turoperatorlar va turistlik agentliklar. Bu korxonalar turizm xizmatining o’zi bilan bevosita shug’ullanmaydilar, balki faqat iste’molchi (turist) bilan bevosita xizmat ko’rsatuvchining o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati - bu ham xizmat ko’rsatishdir. Fransiyaning turistlik qonunchiligida bu korxonalarni ularning mohiyati va vazifasining xarakteriga muvofiq ravishda turizm tashkilotchilari deb to‘g‘ri nomlaydilar.
Mehmonxona industriyasi - bu korxonalarning o‘ziga xos majmuasi bo‘lib, uning uz ishlab chiqarish madaniyati bor, bu madaniyat yaxshi yoki yomon ta’sir qilishi mumkin, masalan, ishlab chiqarishga, ishchilar orasidagi munosabatlarga, ularning o‘zini tutishiga, ularning shaxsiy ishlariga rahbarlar xizmat ko‘rsatishga bog‘liq bo‘lgan shikoyatlar muammolarini hal qilishga kamdan-kam intiladilar. Mijoz tomonidan bunday shikoyat tushganda, asosiy chora, sababni emas aybdorni qidirish bo‘lib qoladi. Mehmonxona korxonasi rahbarining bilim va malakasi faoliyatining ba’zi yo‘nalishlari bilimlari summasidan kengroq bo‘lishi kerak.
Mehmonxona – uyidan tashqaridagi odamlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi korxona bo‘lib, ular orasida joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari teng darajada muhim (kompleks hosil qiluvchi) xizmatlardir. Joylashtirish – turizimning eng asosiy elementi. Joylashtirish bo’lmasa turizm ham bo’lmaydi. Bu har bir turistdan ko’proq foyda olmoqchi va o’z resurslarini samarali ishlatmoqchi bo’lgan rayon yoki regionning o’zgarmas va qat’iy talabidir. Mehmonxona industriyasi mehmondo’stlik sistemasining asosi. U har bir millatning qadimiy urf-odatlaridan biri – mehmondo’stlik, mehmonni hurmat qilish, uni yaxshi kutib olish va xizmat ko’rsatishdan kelib chiqadi. Faqatgina tranzit turistlar va ekskursiyalardan tushgan mablag’larga yashovchi turist markazlari mavjud.
Joylashtirish vositalari va sistemasi – turli xizmat ko’rsatish darajali, vaqtincha turist yashash uchun mo’ljallangan turli xildagi (chayla va bungalodan supergigant otelgacha) binolardir. Mehmonxonadagi joylar soni turistik markazning turistlarni qabul qilish potensialiga baho berishda qo’llaniluvchi eng asosiy ko’rsatkichdir. Mehmonxonadagi joylar soni shu regionda turistlarni qabul qilish imkoniyatlarini aniqlab beradi.
Nomer fondining bandligi ko’rsatkichi esa ma’muriyat va turizim tashkilotchilarning faoliyati samarasini aniqlab beradi. Rejalashtirishda xatolar qilish shunga olib keladiki, sezon avjiga chiqqanda oldindan haq to’lab qo’ygan turistlar ham tushunmovchilik natijasida ko’chada qoladi. Bugungi kunda mehmondo’stlik industriyasi regionning eng kuchli sistemasi va iqtisodiyotning eng muhim sohasidir. Mehmonxona industriyasini yakka va jamoalashgan joylashtirishdir.
O‘zbekistonda turizm rivojlanishining hozirgi jarayonida xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi chuqur o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Mamlakatda turistik xizmatlar bozori shakllanib, turizmni rivojlantirishning yangi davlat siyosati ishlab chiqilmoqda. Shu nuqtai nazardan turizmda marketing eng samarali va zarur iqtisodiy faoliyat turi hisoblanib, barcha bozor jarayonlari u orqali amalga oshiriladi, u ham ishlab chiqaruvchilarga, ham iste’molchilarga katta imkoniyatlar yaratadi.
Marketing eng muvofiq narxdagi mahsulotlarni ishlab chiqarib, haridorlarga ta’sir etish yo‘li bilan yuqori darajada foyda olishni rejalashtiradi va shu sababli ham, mamlakatimizdagi deyarli barcha korxonalarning unga katta ahamiyat bilan qarayotganligi va iqtisodiy faoliyatida keng qo‘llanayotganligi shundandir. Turistik sayohatlarning davomiyligi va oralig‘i o‘zgarib bormoqda. Sayohatlarning miqdori ortib, ularning davomiyligi esa qisqarib bormoqda. Buning asosiy sababi, iste’molchilar tomonidan o‘z ta’tillarini bo‘lib tashlash (maydalash)ga istagi borligidadir. Bir yil davomidagi bitta katta ta’til o‘rniga 2-3 ta muddati uzoq bo‘lmagan sayohatlar afzal ko‘rilmoqda.
Turistik xizmatlar bozoridagi shu kabi tarkibiy o‘zgarishlar, ya’ni raqobat sharoitlari va iste’molchilar hatti harakatlaridagi o‘zgarishlar turistik tashkilotlar tomonidan yangi marketing usullarni izlashga majbur etmoqda. Bunday sharoitlarda marketing o‘z funksiyalarini kengaytirib, iste’molchilar bilan aloqalarga tobora ko‘proq e’tibor berib bormoqda. Iste’molchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar yangi mijozlarni izlash, ularning turistik tashkilot hizmatlariga qiziqtirish uchun ketadigan harajatlardan ancha arzon turadi. Demak, marketing tadqiqotlarini vaqtida o‘tkazish hamda turizm soxasida yaratilayotgan mahsulotlari o‘z vaqtida to‘g‘ri ishlab chiqarish hamda turmahsulotlarning sotuvini rag‘batlantirishning yo‘llarini topish kerak bo‘ladi.
Shulardan kelib chiqib, «Turizm va mehmonxona xo‘jaligi marketingi» fanining maqsadi - turizm sohasida ta’lim olayotgan talabalarga turizm va mehmonxonada marketingning mohiyatini, marketing tamoyillari, turizm bozorini segmentlarga ajratish xususiyatlarini va O‘zbekiston turizm va mehmonxona xizmatlar bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |