Urganch davlat universiteti «texnologik jarayonlarni loyihalash» fanidan



Download 8,23 Mb.
bet20/32
Sana19.09.2021
Hajmi8,23 Mb.
#179076
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
Rajabov Rajabboy kurs ishi

1.6. Libos shakllari va siluetlari


Vaqtning nisbatan katta bo‘laklarida ikki davrni ajratish mumkin: biri sof tarixiy, boshqasi xotiraviy; uning uchun ushbu mavsum modasidan oldin bo‘lgan modalar haqida xotira imkoniyati xarakterli.

Uzoqdan doimiy va yaqindan anarxik bo‘lgan moda vositalarning ulkan qamroviga ega. Moda ba’zida hech qanday samarali asoslar bilan boshqarilmaydigan bexos to‘qnashishlar asosida paydo bo‘luvchi deb hisoblanadigan hodisalarning aynan shu toifasiga kiradi. Moda o‘z taraqqiyotida ma’lum qonuniyatlarga ega. Kostum rivojlanishi yo‘llarini oldindan ayta olishda su yanish mumkin bo‘lgan ba’zi elementlarning takrorlanish davrlari mavjud.

Modani oldindan ko‘ra olishni qisman eksperiment baholashlar yo‘li bilan ham, ya’ni turli guruhdagi odamlardan ularga nima ma’qul yoki sotib olishni istashlarini so‘rab olish ham modaning ko‘p omillarini hisoblash va taqqoslash orqali uning keyingi rivoj lanishini aniqlash mumkin.

Ro‘y berishi kerak bo‘lgan narsani oldindan ko‘rish, o‘tmishdan kelib chiqib xabar elementlari vaqtiy yoki fazoviy izchilligini olib o‘ta olishdan iborat takrorlanishlar doimiy ro‘y bersa, ular biz ni ritm tushunchasiga olib keladi (misol: yurak urishi, yil fasl lari almashinuvi, to‘lqinlar almashinuvi va hokazo); ayni paytda tartib siz takrorlanishlar (ritm yo‘qligi), hodisa takrorlanishining kutilishi, umidi, ishonchini chaqirmaydi. Shunday qilib, modani oldindan ayta olish uchun kostumning bironbir obrazi, shakli yoki elementi modaning keyingi rivojlanishi to‘g‘risidagi faraz lar qil ishga imkon beruvchi takrorlanishlarini aniqlash muhim.

Demak, davriylik tushunchasi shaklning tugallanganligi va tashkil etilganligi bilan bog‘lanadi. Shakl tashkil etilishini faqat sxema yasalishi orqali tushunish va aniqlash mumkin; struktura – kostum shaklining umumlashtirilgan geometrik tuzilishi. Biroq bizning barcha fikrlarimiz ideal modellarni yasali shiga tegishli, shuning uchun hozirgi vaqtda kelgusi kos tumning aniq modelini ayta olish mumkin deb o‘ylash kerak emas. Faqatgina bu shakl, detallar, materiallar va hokazo o‘zgarishlarni u yoki bu darajada aniqlash mumkin.

Modani oldindan aytishda muhim holat har bir bosqichdagi sotsiologik so‘rovlar hisoblanadi, chunki u taklif etilayotgan modaga tuzatishlardir.

Iste’molchilar bilan aloqa qilmay turib yetarlicha aniq ma’lumot ham, samarali loyihalashtirish ham bo‘lmaydi. U yoki bu moda shakllarining rivojlanishida aholining turli qatlamla ridagi afzal ko‘rishlarni aniqlashga yordam beruvchi turli uslublari mavjud.

Turli aholi qatlamlari tomonidan moda g‘oyasi turlicha qabul qilinadi. Eng o‘tkir takliflarni yoshlar tez oladi va rivojlantiradi, o‘rta va keksa yoshlilar unga ancha bamaylixotir qarashadi, biroq ta’sir ma’lum tarzda insonning madaniyati, ijtimoiy ahvoli va boshqa omillarga bog‘liq tarzda ro‘y beradi. Nihoyat, aholining konservativ qismi mavjud bo‘lib, u dastlab modaga kes kin salbiy munosabatda bo‘ladi va uning alohida takliflarini faqat ma’lum vaqt o‘tgandan keyin qabul qiladi. Moda shakli ning tasdiqlanishi ko‘p jihatdan odamlarni yangi shaklni qabul qilishga tayyorlash bilan bog‘liq; bu ma’noda uning g‘oyalarini moda mahsulotlari sotuvda paydo bo‘lgunga qadar tashviqot etilishi katta o‘rin egallaydi. Biroq o‘tkir g‘oyalar tez o‘tishida ham, ularni o‘zlashtirilishiga ma’lum vaqt ketadi. Bu omillarning hammasini hisobga olib moda rivojlanishidagi hamma tendensiyalarni ko‘zda tutish va undan loyihalashtirish bosqichida foydala nish mumkin.

Ishning boshlanishi juda muhim bosqichdir. Aynan shu yerda moda rivojlanishining tendensiyalari va zaminlari to‘g‘ri aniq lanishi kerak. Dastlab bu masalani turli sohalardagi yuqori malakali mutaxassislari tor doirasida, masalan estetik komis siya ishchi guruhi tomonidan hal etilishi kerak. U nafaqat moda ning asosiy yo‘nalishini aniqlaydi, balki model turlari, o‘tkir, klassik, o‘tuvchan modellarni beradi. Bu bosqichda ma’lumot juda muhim, shaklning oldingi davrlardagi rivojlanish qonuniyatlariga suyanib alohida shakllarni jurnallarda paydo bo‘lgunicha shaklni qanday loyihalashtirishni tushunib olish zarur.

Oldingi kostumlar, moda bilan o‘xshashlik darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, 30 yildan keyin kostumlarda qator shakl elementlarining mos kelishini ko‘rish mumkin, 5 yildan keyin esa faqat ranglar gammasi takrorlanadi, takrorlanish deganda shakl umumiy tuzilishiga yoki timsoliy tavsiflarga o‘xshashlik ko‘zda tutiladi, chunki timsolning aniq takrorlanishi tarixda bo‘lmaydi, bundan tashqari kostum tizimining hamma qatlamlari o‘z rivoj lanish davrlariga ega.

Shunday qilib, ko‘rib turganimizday, o‘xshashliklar mavjud, bunda o‘xshashlik darajasi belgilarni taqqoslashda aniqlanishi mumkin, har bir elementning rivojlanishdagi holatini ko‘zda tutish lozim. Bularning hammasi tahlil qilinib, yangi tuzilishga (negizida yangi shakl tuziluvchi) kiritiladi. Oldingi tuzilmadan keyingisiga o‘tish xususiyatini topish va bu elementlar o‘zgarishini topish muhim.

1.14-rasmda 1910–2000-yillar kostumlarining geometrik tuzi lishi, keyingi rasmda esa 2007-yil gi kostum tuzilishi sxe ma ko‘rinishida berilgan. 1.15-rasmda keyin gi besh yil ichidagi model variantlari, asosiy qism-

lar, bel chizig‘i holati, uzunligi, chiziqlar tendensiyasi, siluetlar geo metriya si va hokazo kiritilgan tahlil sxe masi berilgan. Bu yerda o‘zaro bog‘liq to‘g‘ri burchaklardan iborat shakl yaqqol ifodalangan.

Shakl vaqtda shakllanishi- 1.14-rasm. XX asr kostumlari

geometrik tuzilishi: a – to‘g‘ri

ni tushunish uchun yetarlicha burchakli; bovalsimon; dav ri ichida tarixiy kostumlar- d – trapetsiyasimon.

ni tahlil qilish va taqqoslash kerak. Shaklning geometrik o‘ziga xosligini, uning elementlarining taranglik darajasini, figuraning plastik egilishi va boshqa belgilari ni aniq lash asosida tarixiy kostumlar turlar va davrlar bo‘yicha tasniflanadi.

Modaning uzoq vaqt mavjudlik davri davomida o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganib uni oldindan aytish mumkin. Modani oldindan ko‘ra olish nafaqat mahsulot ishlab chiqarish bosqichi da, balki tolalar, iplar, gazlamalarni, tayyorlash bosqichida ham zarur bo‘lib, bu davr tayyor mahsulotlar sotuvda paydo bo‘lishidan 1–2 yil oldin boshlanishi zarur.




Download 8,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish