Urganch davlat universiteti «texnologik jarayonlarni loyihalash» fanidan


-rasm. Siluetlarning geometrik shakllari. 1.20-rasm



Download 8,23 Mb.
bet22/32
Sana19.09.2021
Hajmi8,23 Mb.
#179076
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Rajabov Rajabboy kurs ishi

1.19-rasm. Siluetlarning geometrik shakllari.



1.20-rasm. Turli yetakchi bog‘lamlar yelka (a), ko‘krak (b), bel (d) va bo‘ksalar (e) ajratilishi.

Kostum shaklida noteng elementlarning qo‘shilishi tartibi uning ritmik tuzilishini aniqlaydi va kishi emotsiyalariga ta’sir qiladi. U yoki bu elementlarning kostum tashkil etilishida metrik takrorlanishi (teng qismlarning takrorlanishi) ritm ga bo‘ysunadi.

Yangi gazlamalar paydo bo‘lishi bilan rassom-modeler yangi timsoliy ko‘rinishlarni izlaydi, ularni boshqa to‘ldirishlar, aksentlar va ritmik tuzilishli kostumning ko‘rinish shakllariga aylantiradi.

Kostumda siluet shaklining ahamiyati katta. Kostum shakli figu ra bilan birgalikda ayni bir paytda hajmiy-fazoviy tuzilishda bo‘ladi, siluet esa kostum massasining fazodagi harakatini ko‘rsatadi. Siluet shakl modellar to‘plamining keyingi ishlab chiqilishi uchun ham qo‘llanadi va bu yerda siluet butun to‘plam mazmunini tushu nish uchun kalit sifatida chiqadi.

Yetakchi siluetlarning har doim ko‘rinishi o‘zgarib turadi, biroq asosan ushbu ko‘rinish shakllarida saqlanib qoladi (1.21-rasm). Bunda zarur turli-tumanlik ichki qismlar, turli kons truktiv chiziqlar va gazlamalar plastikasi hisobiga ham erishiladi.



b

1.21-rasm. Siluet shakllarida (a) hajmlar va bir siluet doirasida (b) proporsional qismlarning o‘zgarishi.

To‘g‘ri siluetlar to‘g‘ri yoki to‘g‘riga yaqin kontur chiziqlarga ega. Bunday siluet statika, muvozanat, tinchlik va qat’iylik taassurotini qoldiradi, ayollar figurasini erkaklarnikiga o‘xsha tadi.

To‘g‘riburchak balandligi bo‘yicha qanchalik ko‘p cho‘zilgan bo‘lsa, figura shunchalik xushbichim ko‘rinadi.

Trapetsiyasimon siluet asosida trapetsiyaga mos keluvchi kengaytirilgan shaklga ega, kengligi yuqoriga yoki pastga o‘zgaruvchi «trapetsiya» silueti turlicha taassurot qoldiradi.

Trapetsiyasimon siluet uchburchak bilan hamohang bo‘ladi. Trapetsiyasimonda bosh kiyimni o‘tkir uchli shaklda bajarilsa, uchburchak hosil bo‘ladi. Siluetning bu shakli to‘g‘ri shakldan ko‘ra dinamikroq, chunki harakat katta shakldan kichikka yo‘nalganda yuqoriga rivojlanish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunday shaklning cho‘qqisini pastga qilib teskari aylantirilsa, u beqaror va dinamik bo‘lib ko‘rinadi.

Yarim yotuvchi siluet botiq chetli guldon murakkab shakliga ega.

Belda yotuvchi siluet shakli uchi biri ikkinchisiga kiruvchi ikki uchburchak bilan ifodalanadi. Bu nisbatan barqaror shakl bo‘lib, ayni paytda gazlamalar fakturasi hamda bu shaklga qo‘shimcha hajmlar kiritish hisobiga (masalan, yenglar) u harakatchan, plastik bo‘lishi mumkin.

Murakkab siluetlar turli konfiguratsiyali geometrik shakllardan tuziladi.

Siluetning istalgan shakli ikki proeksiya – frontal (fas) va profil proeksiyaga ega. To‘g‘ri va oval siluetlar burilishda shaklni kam o‘zgartiradi, shuning uchun ularda frontal siluet ancha ifodaliroq. Trapetsiyasimon, yarim yotuvchi va ayniqsa belda yotuv chi siluetlar harakatda o‘zgaradi, shuning uchun ularda nafaqat frontal, balki yon tomondan proeksiyasi ham muhim.


Download 8,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish