1.46-rasm. Past bo‘yli oriq figura
uchun tavsiyalar. Yubka katta yuzasini muvozanatlash uchun bo‘yin oldidan kichik bir aksent talab etilishi mumkin. Kostumning pastki qismi ancha to‘q tuslarni qo‘llash orqali ancha og‘irroq bo‘lishi ke rak. Masalan, ko‘ylakni muvozanatlash uchun poyabzalning to‘qroq rangda bo‘lishi yaxshiroq. Keng yo‘lli shlapa keng belli yoki dabdabali yubkali baland figurani biroz muvozanatlashi mumkin.
Rang muvozanatiga tekisliklar qonuniga rioya qilish bilan eri shiladi. Katta tekisliklar tinch rangli bo‘lishi kerak, ayni paytda kontrast rang kichikroq yuzani egallashi lozim. Tekislik qancha katta bo‘lsa, uning rangi shunchalik tinchroq bo‘lishi kerak. Rang kontrasti tus, to‘yinganlik, intensivlikni o‘zgartirish orqali yarati lishi mumkin (to‘q va ochiq, tinch va yorqin). Rangning u yoki bu darajada takrorlash bilan muvozanatga erishish mumkin.
Kostumni qismga ajratishda va detallar ketma-ket kelishida ritm qonuniga rioya qilish kerak. Qarash alohida detallarda ushlanmasdan ong ostida, fazoda nuqtalarni birlashtirganda kostum dagi chiziqlar va shakl ritmik tashkil etilgan. Turli yo‘nalishlarda yotgan yoki bir-biridan uzoqda turgan nuqtalar bo‘lsa, qarash bir joydan boshqa joyga sakraydi; bu nuqtalar juda kam ajratilgan bo‘lmasa qarash ularning biridan ikkinchisiga tinch o‘tadi. Masalan, oq ziraklar, oq yoqa, oq tugmalar, oq belbog‘, oq po yabzal va qo‘lqop qizil ko‘ylak bilan qo‘shilishda juda ko‘p e’tibor nuq talarini yuzaga keltiradi, bunda istalmagan illuziyalar paydo bo‘ladi. Elementlarning bir tekis takrorlanishi qarashning tinch harakatlanishiga yordam beradi.
Qarash avval eng muhim elementda to‘xtatilishi kerak, keyin esa muhimlik darajasiga ko‘ra boshqa elementlarga o‘tishi kerak. Masalan, ko‘ylak oval yuzni ajratib ko‘rsatishi, istalmagan joylarni minimumga yetkazishi va noproporsional joylarni yashirishi kerak.
Takrorlashlar keskin kontrast ajratish elementlaridir: ba land va juda oriq qizga juda kichik shlapalar va sochni silliq turmaklash tavsiya etilmaydi. Yuzga yaqin joylashgan pardoz yuzga e’tiborni qaratadi.
Uchburchakli shakl elementlari figuraning yoqimli jihatlari va chiziqlarni ajratishga yordam beradi va istalmaslarni yashiradi. Masalan, keng belni pastga qarab kengayuvchi yubka yoki yelkalarning keng yoyilgan chiziqlari bilan yashirish mumkin.
Past bo‘yli, tekis ko‘krakli, qo‘llari oriq qizga chiroyli keng belbog‘li, dabdabali yubkali ko‘ylak kiyish yaxshiroq. Yelkalar chizig‘ini kengaytirish va ko‘krakni kattalashtirishni kichkina yoqa va keng, biroq mayda koketkadan foydalanish orqali amalga oshirish mumkin. «Og‘ma relyefli» liboslar gazlamalar xususiyati dan foydalangan holda bo‘rtma chok chiziqlari, yenglar yordamida yelkalar chizig‘ini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Kostum detallari ayol figurasi o‘lchamlarini hisobga oli shi kerak, bunda qo‘shimcha qismlar juda mayda bo‘lmasligi kerak, aks holda bu uni qizchaga o‘xshatib qo‘yadi.
To‘liq ayol shunday kostum kiyishga intilishi kerakki, u uning eng yoqimli jihatlarini ajratib ko‘rsatsin.
Bo‘ylama va diagonal chiziqlar yumshatuvchi bo‘ladi. Pastga qarab kengaygan yubka, katta ko‘krakni muvozanatlaydi. To‘liq ayol keng yenglar, koketkalar, quyma buramalar, manjetlardan saqla nishi kerak. Dabdabali yenglar, katta cho‘ntaklar belni
Do'stlaringiz bilan baham: |