Amerika turizmi. Ikki materik – Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika
Amerika degan umumiy nom bilan ataladigan bitta qit’ani tashkil etadi. Uning
maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika Shimoliy
Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat bo‘lib xilma-xil tabiat
zonalari va iqlim poyaslariga bo‘linadi. Keyingi yillarda Amerika xalqaro turizm
bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni
pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas.
Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi.
2005 yilda Amerikaga tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni 133,5 mln.
kishini tashkil qildi. Amerika turizmning rivojlanishiga 2001 yil 11 sentyabrda
AQShda terroristik harakatlarning ruy berganligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada
mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda o‘sish
0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Karib
dengizi havzasi va Janubiy Amerika hududlar keyingi 2-3 yillik salbiy
ko‘rsatkichlardan so‘ng yana yuksalish (+8 va +12 %) pog‘onasiga o‘tdi. Argentina,
Braziliya kabi mamlakatlarda ichki mintaqaviy turizmning rivojlanishi kuchaya
borganligi bilan harakterlanadi. Umuman, Amerika ham Yevropa singari ichki turizm
sohasida uchta yirik turistik Markazga (AQSH, Kanada, Meksika) ega. Mintaqada
xalqaro turizm hajmining qisqarishiga qaramasdan Shimoliy Amerika mintaqasi
hamon jahon turizm bozorida o‘zining tutgan o‘rnini (15,7 %) pasaytirgani yo‘q.
Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir.
So‘nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan
Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda.
Janubiy Amerika xalqaro turistlarning tashrifi bilan alohida ajralib turadi.
Chunki ushbu mintaqa o‘zining xilma-xil, takrorlanmas tabiiy resurslari, tarixiy
yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush-tarzi bilan harakterlanadi.
Janubiy Amerika quruqligida dunyodagi eng baland Anxel (Venesuela)
sharsharasi, ser suv Amazonka (Braziliya) daryosi, qo‘l tekkizilmagan keng
maydondagi namlik o‘rmonzorlar, eng yuqori (And tog‘lari) cho‘qqisi joylashgan.
Bizgacha yetib kelgan qadimgi ink qabilalari sivilizatsiyasining diqqatga
sazovor diniy shaharlari Mantu-Pikchu va Kusko, Naska plotasi, kolonizatsiya qilish davri shaharlari. Bu materikning eng yirik va ulkan turistik imkoniyatlaridir. Hozirgi
kunda ulardan juda kam foydalanilmoqda. Moboda materikning mavjud turistik
resurslari to‘liq ishga solinsa, Janubiy Amerikaning xalqaro turistlar tashrifida uning
salmog‘i so‘zsiz ravishda ortadi.
Amerikada, xuddi Yevropadagidek singari turistlar oqimining eng ko‘p qismi
mintaqa ichki turizmiga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, intensiv turistik oqim Shimoliy
Amerikada: AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari o‘rtasida kuzatilinadi.
Qaysikim, eng ko‘p turistik oqim BTT ma’lumtlariga ko‘ra, AQShdan Meksikaga
kelishadi. Bu esa dunyodagi eng ko‘p turistlar tashrifi oqimi bo‘lib hisoblanadi. Bu
yerda o‘rtacha yillik keluvchi va ketuvchi turistlar soni 46-47 mln. kishini tashkil
qiladi. AQShga tashrif buyuruvchi turistlarni ko‘proq mamlakatning yovvoyi tabiat
resurslari, takrorlanmas go‘zal landshaft manzaralari, harakatdagi geyzer buloqlar
vodiysi, «Tirik geologik» milliy bog‘lari (Yellouston), gigant stalagmitli g‘orlari
(Karlsbad), katta ponaramali (Grand-Kanon) tog‘ daralari, Mayin qumli (Kaliforniya)
plyajlari maftun etadi. Horijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarni AQShning nafaqat
tabiiy boy resurlari balki, uning osmon o‘par ma’muriy, savdo-sotiq binolari
(Manxetten), banklar markazi (Uoll-strit), mashhur ko‘priklari (Bruklin), oliygohlar
(Kolumbiya universiteti), prezident qarorgohi (Oq uy), opera teatri (Metropoliten),
Kinostudiyalari (Gollivud), ko‘ngil ochar, dam olish parklari (Disneylend) kabilar
o‘ziga chorlaydi. Har yili AQSH da 1 mlrd. dan ortiq turistik kelishlar va ketishlar
(ichki va tashqi) ruyxatga olinadi. Mamlakatda ichki turizm salmog‘i katta bo‘lib,
uning asosiy marshrutlari dam olish sog‘lomlashtirish, ko‘ngil ochar, tabiat
ob’ektlari, tarixiy va madaniy markazlarga, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarga
tashrif buyurishdan iboratdir. Amerikalik sayyohlar horijiy safar qilishda ko‘proq
qo‘shni Meksika va Kanada mamlakatlariga sayr qilishni xush ko‘rishadi. Dunyoning
uzoq mamlakatlaridan Yevropaning Buyukbritaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya,
Ispaniya kabi davlatlari sayohatga borishni tanlashadi. Keyingi paytlarda amerikalik
sayyohlarning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi (Xitoy, Yaponiya, Syangan, sobiq
Gonkong, Janubiy Koreya, Singapur kabilar) ga borish istagi ortib bormoqda. Afrika,
Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Shri Lanka)ning turistik
mintaqalari amerikalik sayyohlar tomonidan juda kam o‘zlashtirilgan.
BTT ma’lumotlariga ko‘ra, kelajakda amerikalik turistlarning Yevropa, OsiyoTinch okeani va Yaqin Sharq mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama sayyohlik
aloqalari kuchaya borishi ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |