Xalqaro turizm to‘g‘risida tushuncha
Hozirgi zamon xorijiy ilmiy adabiyotlarida «Turizm» tushunchasini aniqlashga
turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir nechaguruhlarga birlashtirish mumkin:
turizm odamlarni yo‘nalish bo‘yicha aniq ob’ektga tashrif byurishi yoki
maxsus qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi
harakatlarining alohida shaklidir;
turizm odamlarni harakatlanishi (joyini o‘zgartirishi), ularni doimiy yashash
joyida bo‘lmasligi va qiziqqan ob’ektida (safarda) vaqtincha bo‘lishi;
turizm shaxsni uning ijtimoiy-gumanitar funksiyasi orqali (tarbiyaviy,
ta’limiy, sog‘lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishi
alohida shaklidir;
turizm dam olishni, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning ommaviy shaklidir;
turizm odamlarga vaqtincha doimiy yashash joyida (turizmni aniqlashga
«samolyot» yondoshuvi) bo‘lmagan paytida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
xo‘jalik sohasidir;
turizm bozor segmenti sifatida iste’molchilarga o‘z mahsulotlari va
xizmatlarini (marketing nazariyasi nuqtai nazaridan) taklif etish maqsadida
an’anaviy xo‘jalik tarmoqlari (transport, umumiy ovkatlanish,
mehmonxona xo‘jaligi, madaniyat, savdo va boshqa.) bilan bozorga
chiqadi;
turizm hodisa sifatida mutlaqo dam olish deb ongimizga singib ketgan
an’anaviy tasavvurlarga sig‘maydi 1991y Ottava, Kanada da bulib o‘tgan
BTT - Butunjahon turistik tashkiloti sayohat va turizm statistikasi bo‘yicha
konferensiyada konsepsiya sifatida talablar yo‘nalishi tanlandi va turizm
shunday belgilanish oldi: «Turizm - odatdagi muhitdan tashqarida dam
olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko‘p
bo‘lmagan davrda bo‘lgan sayoxat va joylarda bo‘lishni amalga
oshirgan shaxs faoliyati»;
Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish,
ma’rifiy, kasbiy – amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda
(mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i
bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) dir. (O‘zbekiston
Respublikasining «Turizm to‘g‘risidagi qonuni». 3 modda. 1999 yil 20
avgust).
Tizimli yondoshuvdan foydalanib, «turizm» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz,
Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper konsepsiyasini
ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb ataydi:
1. Geografik komponent;
2. Turistlar;
3. Turistik industriya.
Geografik komponent o‘z o‘rnida qo‘yidagi elementlarni qamrab oladi:
turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa;
tranzit mintaqa
turistik manzil (destinatsiya)lar mintaqasi (1- rasm).
Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa o‘zida turistlar o‘z sayohatini
boshlagan uni tashkil qilgan joy sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur element
masalalarini o‘rganishning asosiy omillari shundan iboratki, ularning ijtimoiyiqtisodiy va demografik xususiyatlari, geografik joylashgan yerining turizm talabalarini rag‘batlantiruvchi sifatlari qarab chiqiladi. Tabiiyki, turizm industriyasida asosiy marketing operatsiyalari xuddi shu yerda amalga oshiriladi.
Turistlar «vujudga keltiruvchi» mintaqada doimiy ravishda potensial
iste’molchilarni sayohatga chorlovchi motivlar (rahbatlantiruvchi) jarayonlari
kechadi. Odamlar turli mamlakatlar haqida kitoblar o‘qiydilar, jurnallarni tomosha
qiladilar, reklama axborotlarini o‘rganadilar, televizor ko‘radilar, tanish-bilishlari,
qarindosh-urug‘lari bilan muloqatda bo‘ladilar va nihoyat a’lum qarorga keladilar va sayohatga yo‘l oldilar
Turizmga ta’sir etuvchi omillar: tabiiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy,
madaniy, siyosiy, huquqiy, jismoniy va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |