3.4. Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropaning ayrim mamlakatlarida,
AQSH va Kanadada xalqaro turizm endi rivojlana boshladi. 1951 yilga kelib butun
dunyo bo‘yicha qayd etilgan turistlarning umumiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga
yetdi va 25 mln. dan ortiq kishini tashkil qildi. Urushdan keyingi yillarda turizm
sohasi ommaviy jamiyatning barcha tabaqadagi a’zolari uchun xizmat shakli bo‘lib
hisoblanadi. Kuchli dam olishning rivojlanish infrastrukturasi shakllanadi. Bu davr
turistik firmalarning aktiv faollashuvi ommaviy qurilish mehmonxonalari, motellar,
dam olish uylari va ko‘ngil ochar joylari bilan ifodalanadi. Xalqaro miqyosda
ayriboshlash keng ko‘lamda rivojlana boshladi. Turizm yakka tartibdan, uyushgan
ommaviy holatga aylana boshladi. 1947 y. Parijda xalqaro turistik tashkilotlarning
rasmiy Ittifoqi (MSOTO) tasdiqlandi. Uning haqiqiy a’zolari bo‘lib davlat va
nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga 116 davlat kirgan.
XX asr o‘rtalari xalqaro turizmning eng yuqori darajada yuksalishi bilan
harakterlanadi. 1960 yilda chetga chiquvchi turistlar soni 71 mln. kishiga yetdi. 1971 yilga kelib, u 168 mln. kishini tashkil qildi. Xalqaro turizm jadallik bilan
rivojlanishiga birinchi o‘rinda dunyoda siyosiy vaziyatning o‘zgarishi «sovuq urush»
siyosatining susayishi va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sishi bilan
belgilanadi. Turistlarning ijtimoiy kelib chiqish tarkibi anchagina o‘zgardi. G‘arb
mamlakatlaridagi mehnatkash ommaning iqtisodiy, turmush tarzining ijobiy holga
o‘zgarishi, ish haqining o‘sishi, ta’til kunlarining ko‘payishi kabilar katta ta’sir
ko‘rsatdi. Xalqaro turizm rivojlanishiga fan-texnika taraqqiyotning o‘sishi, ayniqsa
havo transportida reaktiv passajir samolyotlarning yaratilishi katta imkoniyatlarni
tug‘dirdi.
Xalqaro turizm rolining ko‘tarilishida BMT tezkorlik bilan rivojlanib
borayotgani xalqaro hamkorlikning ushbu sohasiga juda katta e’tibor berdi. 1963 y.
Rimda (Italiya) BMT turizm va sayohatlar bo‘yicha I konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada «Vaqtinchalik keluvchi», «Turist», «Ekskursant», kabi turizmda
maxsus tushunchalarga aniqlik kiritish konferensiyada statistik hisobotlarni bir xil
qilish va ularni tahlil qilish, turizm rivojlanishi istiqbolini belgilash, chegaralarda
turistlarni chiqarish va kiritishning rasmiyatchilik tartib qoidalarini soddalashtirish
ko‘rib chiqildi. Xalqaro turizm masalasi BMT – savdo va taraqqiyot
konferensiyaning faoliyati BMT mintaqaviy iqtisodiy komissiyasi doirasida, asosan
Yevropa iqtisodiy komissiyasiga kiritilgan.
1969 yil BMT bosh Assambliyasi rezalyutsiyasiga muvofiq nodavlat xalqaro
turistik tashkilotlarning maxsus ittifoqi (MSOTO) qaytadan tashkil etilib, BTTga
aylantirildi. BTT 1975 yil 2 yanvarda o‘z ustavini qabul qildi. Uning tarkibiga 51
davlat a’zo bo‘lib kiritilgan. BTT tashkilotining asosiy maqsadi - turizm sohasida
davlatlarning bir-birlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yilganini ta’min etish, turizm
sohasida rivojlanishni rag‘batlantirish, tinchlik, taraqqiyot va inson haq-huquqlarini
himoya qilish, jadal iqtisodiyot yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.
1980 yillardan boshlab xalqaro turizm xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng
muhim doimiy, barqaror rivojlanib borayotgan sohasiga aylana boshladi. Turistik
xizmatlar ko‘rsatish tarkibi o‘zgardi. Jahon turizmi bozori borgan sari xilma-xillasha
bordi. Aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji
orta bordi. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli o‘sib bordi. Turistlarga
xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq
chiqarish) borgan sari rivojlanaboradi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi
maxsus turistik firmalar (tashkilotlar) soni ko‘payabordi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilida xalqaro turizm eng yuqori texnologiyalar
asosida rivojlanib boroyotgan jahon turizm industriyasiga aylandi. Yirik xalqaro
Transmilliy kompaniyalar (TMK), mehmonxonalar zanjiri, zamonaviy ovqatlanish
korxonalari, ko‘ngil ochar ob’ektlar - bular barchasi xalqaro turizmni rivojlantirishga
juda qulay shart-sharoitlarni tug‘diradi.
1990 yillar boshida Fors qo‘ltig‘idagi (Iroq-Eron urushi), O‘rta yer dengizining
Shimoliy-sharqiy qismi, Shimoliy Afrikadagi harbiy mojarolar xalqaro turizm
taraqqiyotiga anchagina ta’sir ko‘rsatdi. Davlatlar o‘rtasidagi urushlar,
kelishmovchiliklar, munosabatlarning keskinlashuviga olib keldi. Bu borada xorijiy
turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar, qisman aviakompaniyalar juda kata
moddiy zarar ko‘ra boshladilar. Ularning ayrimlari esa bankrot darajasiga tushib
qoldilar.
Umuman olganda, XX asrning 90 - yillarida xalqaro turizm biroz susayib,
uning o‘sish sur’ati o‘rtacha 4 foiz atrofida kuzatiladi. Xalqaro turizmning
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri-bu xalqaro terrorizm va eksteremizm
bo‘lib qolmoqda. 2001 yil 11 sentyabrda terroristik harakatlar birgina AQSH
turizmga emas, balki butun jahon turizm rivojlanishiga berilgan qattiq zarba bo‘ldi.
Terroristik harakatlar oqibati natijasida birgina AQShga kelib-ketuvchi turistlar soni
12,6% qisqardi. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi juda ko‘pgina turistik kompaniyalar,
firmalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar bankrotlik darajasiga tushib qoldilar.
2001 yilda xorijga chiquvchi turistlar soni 2000 yilga nisbatan birdaniga 1,3 %
ga qisqardi. Ya’ni chetga chiquvchi turistlar soni 2000 yilda 698 mln. kishini tashkil
qilgan bo‘lsa, 2001 yilda 689 mln. kishini tashkil qildi. So‘ngi 20 yil ichida turistlar
sonining keskin kamayishi birinchi marotaba kuzatildi.
BTT ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda xalqaro turizm yana o‘z mavqiyeni
saqlab qolishga qodir bo‘ldi. Uning evaziga butunjahon yalpi milliy mahsulotning 6
%, xalqaro investitsiyalarning 7 %, dunyo iste’mol harajatlarining 11 % va soliqlar
tushumining 5 % to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy
Amerikada ishlayotgan ishchilarning 13 tadan biri turizm industriyasida, Janubiy
sharqiy Osiyo mamlakatlarida esa har bir 15 ishchidan biri turizm biznesi bilan
banddir.
Terrorizm, tabiiy ofatlar, inson salomatligi uchun qo‘rquv, xavf-xatarlar, jahon
bozorida neft narxining keskin ko‘tarilishi, valyuta kursining o‘zgarishi, iqtisodiy
inqirozlarga duch kelishi va siyosiy barqarorsizlik, ekologik vaziyatlarning
keskinlashuvi va bir qator global (olamshumul) muammolarning kuchayishi xalqaro
turizm industriyasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramasdan xalqaro
turizm sohasi jahon iqtisodiyotida borgan sari o‘z mavqiyeni saqlab qolmoqda.
Dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro turizm ommaviylashib va turistlar kelishi oshib
bormoqda (jadval 2).
Do'stlaringiz bilan baham: |