Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy ta


markazdan boshqarish, bozor va monetar rivojlanish yo‘llari



Download 154,66 Kb.
bet16/16
Sana14.07.2022
Hajmi154,66 Kb.
#795494
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
markazdan boshqarish, bozor va monetar rivojlanish yo‘llari. Respublikamizda
turizm asosan markazlashgan boshqaruv usulida rivojlantirilmokda. Rivojlanayotgan
mamlakatlarda turizm iqtisodiyotining bozor modeli qo‘llaniladi va bunda ko‘pgina
ko‘rsatkichlar davlat tomonidan (soliqlar va me’yoriy hujjatlar va normativlar
orqali) boshqarilib turiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasining monetar
boshqaruv modeli moliyaviy boshqarishga asoslanadi. Bunday boshqaruv turistik
mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Xalqaro turizmning bunday tartibga solinishi
hozirda Yaponiya, Fransiya, Italiya kabi turizm rivojlangan mamlakatlarda yo‘lga
qo‘yilgan

O‘zbekistonda xalqaro turizmning hududiy rivojlanish
markazlari
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga
ko‘tarish borasida, eng avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy
bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi markazlar ustida to‘xtab o‘tish
o‘rinli. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi
tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Yer yuzining turli mamlakatlarida istiqomat
qiluvchi har bir inson bu shaharlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish orzusida yashaydilar.
Ko‘p mamlakatlarda O‘zbekiston o‘zining ana shu shaharlari ila mashhurdir. Bu
shaharlarda qad kutargan salobatni qo‘rilish san’ati xorijdan kelgan turistlarni
hayratga soladi. O‘zbekistonning ana shu tarixiy shaharlarini bemalol «Sharqning
javohirlari» deb atash mumkin.
Samarqand - jahonning eng ko‘hna shaharlaridan biri. U Bobil, Rim, Afina
shaharlariga tengdosh. Samarqand xaqidagi eng dastlabki ma’lumotlar eramizdan
oldingi IV asrga taaluqlidir. O‘sha paytlarda Maroqand nomi bilan mashhur bo‘lgan
bu shahar uzunligi 10 kilometrdan ortiqroq bo‘lgan qudratli muhofaza devorlari
bilan o‘ralgan edi.
Murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan Samarqand o‘z tarixida bir necha marta
gullab yashnadi va harobalikka ham uchradi. U jahonning har bir shahri kabi jamiyat
tarixiy taraqqiyotining ob’ektiv konunlari asosida shahar sifatida qad kutardi va
rivojlandi.
Samarqand – o‘zbek xalq madaniyatining bebaho xazinasi hisoblanadi. Ko‘p
shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, sayyohlar uni xaqli ravishda “Jahonning
qimmatbaho gavhari”, “Sharq Rimi”, “Qadimgi Sharq Jannati”
kabi so‘zlar
bilan atashgan.
Go‘zalligi bilan mashxur bo‘lgan Samarqand xaqida qadimgi Gresiya
tarixchilari, sharqshunoslari, salnomachilari ajoyib fikrlarni bildirishgan. Shoirlar,
yozuvchilar u xaqda gazallar, qo‘shiqlar aytishgan. Jahon mamlakatlarida sayyohlar
va olimlar uni xalq dahosini asrlar sahifasiga muhrlangan ajoyib xalq ustalarining,
zukko me’morlarning, betimsol quruvchilarning badiiy va ilmiy tafakkur mutassami
sifatida tilga olganlar.
Samarqandning toshdan, yog‘ochdan bunyod etilgan monumental qurilish
inshootlari kishilarning ko‘z o‘ngida milliy madaniyatlarning o‘ziga xos tomonlarini
yorqin, chuqur ochgan holda butun go‘zalligi va nazokati bilan namoyon bo‘ladi.
Ulug‘vor, betakror, nodir arxitektura inshootlari bugungi kungacha saqlanib qolgan
bo‘lib, ular oddiy kishilar tarixining ajoyib ijodkorlari qo‘llari bilan bo‘nyod
etilgandir. Bu qo‘li gul ustalar asrlar mobaynida o‘lmas asarlar yaratganlarki, ular
hozir ham barchani xayratga solib fahrlantirmoqda. Shaharda zarb qilish, zargarlik,
shoyi to‘qish va boshqa turli buyumlarning ajoyib ustalari o‘chmas iz qoldirganlar
va unda sharqning taniqli olimlari, yozuvchilari, rassomlari yashab ijod qilgan.
Shahardagi tarixiy obidalar Xitoy, Hindiston, Gresiya, Rim, Misr
yodgorliklari kabi o‘zining go‘zalligi, nazokati bilan hammani hayratga soladi.
Samarqand 2007 yilda o‘zining 2750 yilligini tantanali ravishda bayram qildi. Har
yili dunyoning turli burchaklaridan kelgan yuz minglab sayyohlar ulardan zavq
oladi.
Shaharda qadimgi me’morchilik san’atining ajoyib namunalari qatoriga
Shohi-Zinda, Go‘ri-Amir maqbarasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli
(maydoni), Ulug‘bek rasadxonasi va bir qancha arxitektura yodgorliklarini va
boshqalarni kiritish mumkin. Eng maftunkor va nisbatan yaxshi saqlangan ShohiZinda ya’ni “tirik shoh” ma’nosini anglatuvchi tarixiy ansamblning nozik va
nafis chizmalari har qanday kishini rom etadigan maqbaralar va masjidlardan
iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda Shohi-Zinda o‘z zamonasini bezab turgan san’at
asarining bebaho durdonasidir. Hatto Bibixonim masjidi ham beqiyos ulug‘vorligi
bilan ajralib turadi. Bu yodgorliklar kishilarda uchmas taasurot qoldiradi va o‘sha
davr qurilish texnikasi va arxitekturasi to‘g‘risida tasavvur beradi. Go‘ri-Amir
maqbarasining ulug‘vor gumbazi o‘tmish me’morchilik san’atining namunalaridan
biridir. Shaharning shimoliy - sharqiy qismida butun dunyoga mashxur Ulug‘bek
rasadxonasi harobalari hanuzgacha saqlanib qolgan. Rasadxona o‘sha davr uchun
mukammal bo‘lgan uskunalar bilan jihozlangan edi. Ulardan faqatgina ulkan
sikstantning bir qismi saqlanib qolgan xolos. Hozirda rasadxona qayta ta’mirlangan
va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Samarqand markazida yana bir mashxur me’moriy ansambl Registon bo‘lib,
u Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini birlashtiradi. Ular orasida o‘quv
yurti sifatida bunyod etilgan Ulug‘bek madrasasi alohida o‘rin tutadi. Har
tomonlama mohiyati katta bo‘lgan bu madrasada ma’lumotlarga ko‘ra ulug‘
mutafakkir olim, taniqli munajjim, matematik, o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan
davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning o‘zi dars bergan. Ulug‘bek xukmronligi davrida
Samarqand o‘rta asrning jahonshuml markazlaridan biriga aylanadi. Uning atrofida
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va shu singari boshqa yirik olim-astronomlar,
matematiklar birlashib ilmiy maktab yaratadi. Ulug‘bek tomonidan asos solingan
maktablarda diniy ilmlardan tashqari geografiya, tarix, falakkiyot kabi fanlar ham
o‘qitilgan. Komusiy olim Ulug‘bekning jahon fani va taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasini hisobga olgan YUNESKO bosh konferensiyasining 27 sessiyasi uning
yubiley-tavallud topgan kunining 600 yilligini dunyoviy qadriyatlar ruyxatiga
kiritish va bu sanani 1994 yilda butun dunyoda bayram qilish xaqida qaror qabul
qilgandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 1994 yilni
«Mirzo Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. Shunday qilib, 1994 yil oktyabr oyida
O‘zbekiston Republikasida YUNESKO bilan birgalikda buyuk vatandoshimiz
tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu sana
sayyoramizning boshqa hududlarida ham munosib tarzda nishonlandi. Jumladan,
Ulug‘bek sharafiga bag‘ishlangan tantanalar Parijda ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda
“Ulug‘bek va Buyuk Temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Bu anjuman ishtirokchilari Ulug‘bek yirik mutafakkir olim sifatida tarixdan joy
olgani, dunyo fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini alohida
ta’kidladilar. Ushbu tarixiy obidalarimiz hozirgi kunda ham o‘zining betakror
san’ati bilan butun dunyo turistlarini o‘ziga jalb etib kelmokda. Bu yerga har yili
tashrif buyurayotgan turistlar soni yildan yilga ko‘paymokda. Agar o‘tgan yillarda
Samarqandga tashrif buyurgan turistlar sonini tahlil qilsak juda yuqori natijalarga
erishilayotganligining guvohi bulamiz.
“Buyuk Ipak Yuli”da joylashgan tarixiy va madaniy markazlar orasida
Buxoro alohida ahamiyatga ega. Buxoro ham Samarqand kabi ko‘plab sayyohlar
e’tiborini tortgan qadimiy arxitektura yodgorliklariga boy, tarixiy jihatdan ulkan
ahamiyatga ega bo‘lgan shahardir. O‘zining 140dan ortiq arxitektura yodgorliklari
bilan ma’lum va mashxur bo‘lgan Buxoro O‘rta Osiyoning boshqa har qanday
shahardan ko‘ra ko‘prok qadimiy sharq shahri qiyofasini saqlab qolgan. Buxoro
shahri Markaziy Osiyo me’morchiligining ming yillik tarixi va asosiy rivojlanish
bosqichlarini o‘zida aks ettirgan chinakam yilnomadir. Shahardagi har bir yodgorlik
o‘z sukunatida uzoq o‘tmish sirlarini saqlab qolgan. Bu ajoyib shaharning yoshi bir
necha o‘nlab asrlar bilan o‘lchanadi. Ma’lumki, 1995 yil kuzida Parijda YUNESKO
konferensiyasining 28-sessiyasida Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo
ko‘lamida nishonlash haqida qaror qabul qilindi va ushbu anjuman katta tantanalar
bilan o‘tkazildi.
Uzoq o‘tmishda Buxoro hududidan o‘sha davr uchun muhim bo‘lgan xalqaro
yo‘llar, eng avvalo “Buyuk Ipak Yuli” o‘tgan keng rivojlangan savdo almashuvi
Buxoro shahri hududlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratgan. Buxoroni haqli
ravishda sharaf manzili, samimiyat ka’basi va mashxur kishilar to‘planadigan joy
deb atashgan. Qadimiy Buxoroning ziynati va nodirligi uning betakror arxitektura
yodgorliklaridadir.
Qator asrlar davomida Buxoro, Turkiston o‘lkasi shaharlari orasida yetakchi
mavqiyeini egallab kelgan. Shahar rivojlanishining bu davri hunarmandchilik,
savdo-sotiq, qurilish texnikasi, fan, adabiyot, san’at taraqqiyoti bilan harakterlanadi.
Bu yerda O‘rta Osiyoning taniqli shoirlari Firdavsiy, Rudakiy, butun jahonga
mashxur ensiklopedist (qomusiy) olim Abu Ali Ibn Sino va boshqalar yashagan va
ijod qilgan. Buxoro musulmon dunyosida alohida o‘rin egallaydi. Buxoroda tarixiy
madaniy yodgorliklar juda ko‘p bo‘lib, ular Buxoroni muzey shahar deb atashga
imkon beradi.
Musulmon tarixining ajoyib yodgorligi Ismoil Somoniy maqbarasi uzoq yillar
davomida saqlanib, bizning kunlargacha yaxshi holatda yetib kelgan. Unda o‘rta asr
ilk davri me’morchililigining eng yaxshi yutuqlari o‘z aksini topgan. Bu maqbara
kompozitsiyasining oddiyligiga qaramay, arxitektura usullarining rang-barangligi
bilan kishini xayratga soladi va xaqli ravishda «Sharq durdonasi» hisoblanadi.
Buxoro shahrini Minorai Kalonsiz tasavvur etish mumkin emas. O‘rta
Osiyodagi mashxur arxitektura yodgorliklari orasida eng balandi hisoblangan va 900
yildan ziyodroq ilgari qurilgan bu minora Buxoro qiyofasida alohida mavqiyega ega.
Uni ba’zida o‘lim minorasi yoki “Ajal minorasi” deb atashgan. Afsonalarga
qaraganda o‘limga xukm etilgan jinoyatchilar va bevafo xotinlarni undan
tashlashgan.
Buxoro shahrining markaziy qismida qadimiy qal’a - Ark qad ko‘targan. U
muzey shaharning eng ko‘hna arxitektura yodgorligidir.
Shahardagi boshqa yodgorliklar ham katta qiziqish o‘ygotadi. To‘rtta baland
minoralari bo‘lgan Chorminor madrasasi, yigirmata yogoch ustunli ayvoni bo‘lgan
Baloxovuz masjidi, Abdulazizxon, Mir Arab madrasalari va boshqa turistlar diqqat
e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Yozgi xon saroyi Sitorai Moxi-Xosa kabi muxtasham
binoni gapirib o‘tmaslik mumkin emas. Tarixiy yodgorliklarning shohidlik
qilishicha, bu saroy ko‘rilishida ajoyib mahalliy va boshqa joylardan taklif etilgan
yevropalik ustalarning ijodiy saloxiyati mushtaraklashib ketgan. Ushbu yodgorlik
juda muhtasham ko‘kalamzorlashtirilgan maydonni egallaydi. Sitorai Moxi-Xosa
saroyidagi ko‘p imoratlar ichida tantanali qabullar uchun mo‘ljallangan “Oq zol”
ayniqsa ajralib turadi.
Buxoro viloyatining ma’muriy, iqtisodiy markazi Buxoro shahrida 240
mingdan ortiq aholi yashaydi. Shaharda qator sanoat korxonalari mavjud. Zarduzlik va shoyi to‘qish xunarlari Buxoroni jahonga tanitgan. Mohir mahalliy ustalar
yaratgan buyumlar-badiiy so‘zanalar, ayollar kiyimlari, turli shoyi belbog‘lar, zar
do‘ppilar, respublikamizdan uzoq-uzoqlarga ham mashhurdir. Buxoro jahonning
qator mamlakatlaridan O‘zbekistonga keladigan turistlarning ko‘pini o‘ziga jalb
qiladi. Bu yerga kelayotgan turistlarning o‘tgan yillardagi tahlilini hisoblab ko‘rsak
juda ko‘p turistlar, ayniqsa musurmon davlatlaridan kelayotgan sayyohlar
ko‘pchilikni egallaydi.
Zamin turistlari diqqat-e’tiborini o‘ziga karatgan, ajoyib tarixiy obidalar
markazi bo‘lgan yana bir shahar Xivadir. Shahar to‘g‘risidagi yozma
ma’lumotlarning ko‘pchiligi bizgacha to‘lik yetib kelmagan.
XVII asr boshida Xiva Xorazm davlatining poytaxti edi. Keyinchalik bu
davlat Xiva xonligi degan nomni oldi. Xiva uzoq yillar davomida musulmon
madaniyatining muhim markazlaridan biri bo‘lib keldi. O‘sha davrlarda bu yerda
turli xil xalq xunarmandchiligi keng rivojlandi.
Shaharning ichki qismini tashkil etadigan Ichan qal’a va Dishon qal’a
shaharning ajoyib yodgorliklaridan hisoblanadi.
Ichan qal’a shaharning eng eski qismi bo‘lib, to‘rt tarafdan qal’a devorlari
bilan o‘ralgan. Ichan qal’ada qadimgi me’morchilik uchun mos bo‘lgan qator
arxitektura yodgorliklari joylashgan. Bu yodgorliklar orasida madrasalar, masjidlar,
maqbaralar va yopiq bozorlar o‘rin egallagan.
Dishon qal’ada savdogarlar, xunarmandlar uylari, shuningdek qator masjid va
madrasalar qad ko‘targan.
Xiva shahri o‘rtasida ko‘p ustunli Juma masjidi Markaziy Osiyoning eng
qadimiy inshootlaridan biri hisoblanadi. Xiva arxitekturasi o‘z shaklining salobatligi
va bezaklarining nafisligi bilan kishini hayratga soladi. Shahardagi yodgorliklar
mahalliy ustalar va umuman Xorazm me’morlarining yuksak mahorati va
muxandislik ishlari kishini o‘ziga jalb etadi.
Xivada 50 mingga yaqin aholi soniga ega bo‘lib, u o‘zining tarixiy obidalari
bilan jahonga tanilgan. U turistlar diqqatini o‘ziga tortadigan shaharlar qatoridan
o‘rin oladi. Respublikamizning Toshkent, Andijon, Qo‘qon, Shahrisabz, Termiz
kabi shaharlarida ham o‘ziga xos bo‘lgan tarixiy yodgorliklar anchagina ko‘p.
Hozirgi kunda jahonning turli mamlakatlaridan keladigan ming-minglab
turistlar uchun marshrutlar (yo‘nalishlar) belgilangan. «O‘zbekturizm” milliy
kompaniyasi ixtiyorida turistlarga xizmat ko‘rsatadigan qator sayyohlik tashkilotlari (bo‘limlari) mavjud bo‘lib, ular barcha viloyatlarda turizm bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat ustida ish olib boradi.

FOYDALANGA SAYTLAR
Internet sayt:
www. bashexpo.ru – vistavki, konferensii
www. world-tourism.org – Vsemirnaya turisticheskaya organizatsiya.
www. wttc.org – Vsemerniy Sovet po puteshestviyam i turizmu.
Adabiyotlar

  1. Mamatqulov X.M., Tuxliyev I.S., Bektemirov A.B.
    «Xalqaro turizm». Darslik. Toshkent – SamISI. 2008.

  2. O‘zbekiston Respublikasi «Turizm to‘g‘risidagi» Qonun, Toshkent 20 avgust 1999-yil.

Download 154,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish