«Xonim, bu xatni olib xavotir bo‘lmang – unda ke-
cha sizning noroziligingizga sabab bo‘lgan takliflar
yoki o‘z tuyg‘ularini ifodalashlar yo‘q. Men ikkimizning
tinchligimiz haqi, iloji boricha unutilishi lozim bo‘lgan
rejalarim haqida gapirib, na sizga tekkizishni va na
o‘zimni pastga urishni istamagan holda, ushbu xatni
yozayapman. Maktubning yozilishi va albatta o‘qilishi-
210
ni talab qilgan tabiatimning o‘ziga xosligi bo‘lmaganda,
bu xatni qiynalib yozib o‘tirish shart emasdi. Shuning
uchun menga biroz vaqtingizni ajratishingizni so‘rab
qilgan erkaligimni ko‘tarasiz, degan umiddaman. Bila-
man, siz butun vujudingiz bilan qarshisiz, lekin sizning
adolatli ekanligingizga aminman.
Siz kecha mening bo‘ynimga bir-biriga butunlay
zid bo‘lgan ikkita ayb qo‘ydingiz. Birinchisi shu ediki,
men miss Bennet va mister Binglilarning tuyg‘ulari
bilan hisoblashmay, bu ikki sevishganlarni ajratib
yubordim, ikkinchisi – gardanimdagi majburiyatim-
ga, nomus va insoniylik burchiga qaramay, men mis-
ter Uikxemning boyligiga zarar yetkazdim va uning
kelajakka umidini
yo‘qqa chiqazdim. Otasi yaxshi
ko‘rgan, keyinchalik yashashi uchun pul keladigan
yagona manba menga tegishli bo‘lgan yerlardagi
cherkov prixodi bo‘lgan va bu prixod menga atalgan,
degan fikr bilan ulg‘aygan yoshlikdagi do‘stini atay-
dan va murosasizlarcha pisand qilmaslik, atigi bir
necha haftagina bir-birlariga yaxshi munosabatda
bo‘lgan ikki yoshni ajratib yuborishdek arzimagan
ishga solishtirganda, albatta, jinoyat bo‘lgan bo‘lar-
di. Umid qilamanki, quyida mening xatti-harakatla-
rim va ularning sabablarini o‘qib va hamma sharoitni
hisobga olgan holda, kelgusida, kecha juda osonlik
bilan qilganingizdek, meni qattiq ayblamaysiz. Bal-
ki o‘z harakatlarimni tushuntirish barobarida ba’zi
narsalarga o‘zimning qarashlarimni aytayotib, sizga
yana tegib ketishim mumkin, buning uchun oldindan
uzr so‘rayman. Men bu o‘rinda zaruratga suyana-
yapman, chunki keyingi pushaymonning hojati yo‘q.
Xartfordshirga kelganimizdan biroz o‘tib, men
ham boshqalar kabi mister Binglining o‘sha yerdagi
ayollar ichida opangizga nisbatan boshqacha muno-
sabatini seza boshladim. Lekin Nezerfilddagi balga-
cha men ular o‘rtasida jiddiy munosabatlar bo‘lishi
211
mumkinligiga ishonmadim. Chunki do‘stim oldinlari
ham mening ko‘z oldimda qizlar bilan o‘rala shib
yuraverardi. Faqat o‘sha bal kuni siz bilan raqs tu-
shayotib, ser Uilyam Lukasning, Binglining miss
Bennetga bo‘lgan munosabati ko‘pchilikda ular ning
turmush qurishlari mumkinligiga umid uyg‘otdi,
degan gapini eshitib qoldim. Ser Uilyam bu haqda
shunaqa ishonch bilan gapirdiki, xuddi faqat to‘y
kunini aniqlash qolgandek. Shu daqiqadan bosh-
lab men do‘stimning yurish-turishiga e’tibor bera
boshladim. Ana shundagina uning miss Bennetga
munosabati uning oldingi holatlaridan ko‘ra jiddiyli-
gini sezib qoldim. Yana ham diqqat bilan opangizni
ham kuzatdim. Uning o‘zini tutishlari har doimgidek
yoqimli, quvnoq va bemalol ediki, uning yuragi rost-
dan ham band deb, jiddiy o‘ylashga hech qanday
asos yo‘q edi. Butun kecha davomida miss Ben-
Do'stlaringiz bilan baham: |