kelganini yashirish uchun ayyorlik qilishimizga to‘g‘ri
keldi. Uning kelgani to‘g‘risida men va miss Bingli bi-
lar edik. Binglining o‘zi shu paytgacha bu to‘g‘risida
hech narsa bilmaydi. Balki ularning uchrashuvi hech
qanday yomon oqibatga olib kelmasdi. Lekin men
Binglining opangizga nisbatan hali butunlay sovima-
ganidan qo‘rqdim. Aks holda, ular uchrashadigan
bo‘lsa, do‘stimning sevgisi yana alangalana boshlashi-
dan qo‘rqdim. Balki bu yolg‘onda ishtirok etib, noto‘g‘ri
qilgandirman. Lekin bo‘lar ish bo‘ldi. Hammasi yaxshi
niyat bilan qilingan edi. Bu to‘g‘rida gaplarim tamom.
Va men o‘zimni oqlash uchun boshqa hech narsa
deya olmayman. Agar opangizning ko‘nglini og‘ritgan
bo‘lsam, men buni atay qilmaganman. Agar meni bu
ishni qilishga majbur qilgan sabablar sizga ishonch-
li bo‘lib tuyulmasa, nima uchun qilmasligim kerak
bo‘lgan sabablarni ko‘rmayapman.
Ikkinchi, og‘irroq ayblovingizga, mister Uikxem-
ga yetkazilgan zarar haqidagi gapingizga keladigan
bo‘lsak, men uning bizning oilamiz bilan bog‘liqlik
joyi haqida aytib beribgina o‘zimni oqlashim mumkin.
U meni aynan nimada ayblagani menga noma’lum.
Men sizga hozir aytib bermoqchi bo‘lgan haqiqatni
xohlagan odamingiz tasdiqlashi mumkin.
Mister Uikxem – Pemberlida ko‘p yillar davomida
sodiq xizmat qilgan va shuning orqasidan otamni
ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga undagan odam-
ning o‘g‘li. Otam o‘zining cho‘qintirgan o‘g‘li bo‘lgan
Uikxemga e’tiborini qaratgandi. Oldin uning maktab-
dagi, keyin esa Kembrijdagi o‘qishiga pul to‘ladi. Bu
yordam juda salmoqli edi, chunki xotinining pul ush-
lay olmasligi orqasida bechoraholga tushib qolgan
214
otasi o‘g‘lini o‘qimishli qilib tarbiyalay olmasdi. Otam
bu yigitchani faqat yaxshi ko‘ribgina qolmay, balki u
to‘g‘risida juda boshqacha fikrda bo‘lib, diniy sohani
tanlaydi deb, unga shu yo‘lda yordam bermoqchi
bo‘lgandi. Menga keladigan bo‘lsak, unga boshqacha
ko‘z bilan qaray boshlaganimga ancha yillar bo‘ldi.
O‘zining axloqsizligini, o‘z burchiga sodiqlik hissining
yo‘qligini u hammadan yashirishga urinar edi. Lekin
o‘zi bilan yoshi teng bo‘lgan, o‘zi bilan doim yonma-yon
bo‘lishga imkoniyati bo‘lib, aslida qandayligini bemalol
ko‘ra oladigan odamdan qocha olishi mumkin emasdi.
Hozir men yana sizning ko‘nglingizni, bilmadim, qay
darajada og‘ritaman. Siz mister Uikxemga qanday ko‘z
bilan qarays
iz
, bilmadim, lekin bu narsa meni uning
haqiqiy basharasini ochib tashlashga battarroq un-
daydi. Otam besh yilcha oldin vafot etgan. Uning Uik-
xemga bog‘lanib qolgani shunchalik kuchli ediki, o‘z
vasiyatida menga Uikxem haqida qayg‘urishimni aytib
o‘tdi. Bunga ko‘ra, u ruhoniy bo‘lmoqchi bo‘lgan holda,
hamma sharoitlarni yaratib berish va bo‘sh joy bo‘lishi
bilan uni cherkov prixodiga joylashtirib qo‘yish kerak
edi. Bundan tashqari, unga yana ming funt ham va-
siyat qilingan edi. Yigitning otasi ham ko‘p o‘tmay va-
fot etdi. Oradan yarim yil o‘tib, mister Uikxem ruhoniy
bo‘lish fikridan qaytganini yozib yubordi. Buni yoza
turib, u buning o‘rniga oladigan badalni ko‘zda tut-
gan edi. O‘zining gapicha, yurist likka qiziqib qolibdi
va buning uchun ming funt kamligini men juda yax-
Do'stlaringiz bilan baham: |