Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

shi tushunardim. Shunday bo‘lsa-da, gaplarining rost-
ligiga ishonishni xohladim, chunki ruhoniylik uning 
uchun emasligini juda yaxshi tushunardim. Ish shu 
bilan tugadiki, Uikxem ruhoniylik yo‘lida bo‘ladigan 
har qanday yordamdan voz kechdi va men unga uch 
ming funt to‘ladim. Shu bilan oramizdagi hamma bor-
di-keldi tugadi hisob. Uikxemni Pemberliga mehmonga 
chaqirish yoki poytaxtda u bilan uchrashishga intilish 


215
uchun men uning to‘g‘risida juda yomon fikrda edim. 
Tushunishimcha, u faqat Londonda yashayotgan edi, 
yurisprudensiyani o‘rganish esa bir bahona edi xolos. 
Uni ushlab turadigan hech kim yo‘q, endi istagancha 
o‘ynab-kular edi. Uch yil davomida Uik xem to‘g‘risida 
hech qanday xabar eshitmadim. Lekin cherkov prixo-
didagi ruhoniy vafot etganda, shu o‘rinni unga beri-
shimni so‘rab, menga xat yozdi. Uning aytishicha, juda 
qiyin ahvolda qolgan emish va bunga ishonish qiyin 
emas edi. Yurisprudensiyani o‘rganish unga hech nar-
sa bermaganmish va aytishicha, agar prixodni unga 
bersam, diniy mansabga ega bo‘lishga qat’iy qaror qil-
ganmish. Bu gaplarni men so‘zsiz bajarishimga uning 
imoni komil edi, chunki men g‘amxo‘rlik qiladigan 
bosh qa odam yo‘q edi va men otamning aytganlarini 
unutmagan edim. Siz men Uikxemning bu iltimosini 
va uning keyingi boshqa da’volarini ham bajarmaga-
nim uchun meni ayblamasangiz kerak? Uning norozili-
gi shu darajaga yetdiki, hammaning oldida va hatto 
mening o‘zimga ham bo‘hton gaplarni aytishdan toy-
madi. Shundan boshlab bizning o‘rtamizdagi hamma 
narsa tugadi. Uning ke yingi hayoti qanday kechdi – 
menga noma’lum. Lekin o‘tgan yoz u juda yoqimsiz 
tarzda o‘zining borligini namoyon qildi.
Men sizga o‘zim butunlay miyamdan chiqarib 
tashlashni xohlagan voqeani aytib bermoqchiman. 
Sizga bu xatni yozishga majbur qilgan sababgina bu 
voqeani sizga aytishga majbur qilyapti. Va sizning 
ham bu sirni hech qachon hech
kimga aytmasligin-
gizga aminman.
Mendan o‘n yosh kichik bo‘lgan 
sing limga g‘amxo‘rlik qilish menga va onamning ji-
yani bo‘lmish polkovnik Fitsuilyamga yuklatilgan 
edi. Bir necha yillar burun biz singlimni maktab-
dan olib, avval Londonda, o‘tgan yoz esa unga qa-
rab turadigan ayol bilan Remsgeytda joylashtirdik. 
Mister Uikxem ham yomon niyat bilan o‘sha yerda 


216
joylashgan ekan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 
biz tabiatida yanglishganimiz missis Yang uni an-
cha paytdan beri bilar ekan. Uning beparvoligi orqa-
sida mister Uikxem yoshligidan unga yaxshi ko‘z 
bilan qaragan singlimni shunchalik o‘ziga og‘dirib 
olibdiki, singlim o‘zini sevib qoldim deb ishonib, u bi-
lan qochib ketishga rozi bo‘lgan. Singlimni bu ishda 
oqlaydigan narsa – bu paytda u endigina o‘n beshga 
to‘lgan edi. Uning yengiltaklik qilganini bo‘ynimga 
olaturib, yana aytamanki, qochib ketish haqida sing-
limning o‘zi menga aytib berdi. Men ular mo‘ljallagan 
vaqtdan bir yoki ikki kun burun singlimning oldiga 
keldim. O‘z otasidek ko‘radigan akasini xafa qilib 
qo‘ymaslik uchun, u menga hamma narsani aytib 
berishga qaror qildi. Mening nimalarni his qilganimni 
va nimalar qilganimni bemalol tasavvur qila olasiz. 
Sing limning nomiga dog‘ tushirmaslik uchun bu ish-
ni ochib tashlashning iloji yo‘q edi. Men mister Uik-
xemga xat yozdim va tez orada u bu yerlardan jo‘nab 
ketdi. Albatta, bu o‘rinda endi missis Yangning xiz-
mati ham kerak emas edi. Mister Uikxemni albatta, 
sing limning o‘ttiz ming bo‘lgan merosi qiziqtirgan. Le-
kin men aniq ishonamanki, shu yo‘l bilan mendan 
ham o‘chini olmoqchi bo‘lgan. Mana, xonim, mening 
bu odam bilan bog‘liq tarixim ana shulardan iborat. 
Agar menga ozgina bo‘lsa-da ishonsangiz, meni mis-
ter Uikxemga nisbatan bag‘ritoshlikda ayblamay-
siz. U sizni qanday qilib o‘ziga qaratishga erishgan
menga qorong‘i, lekin bu narsaga erishganiga hay-
ron qolib bo‘lmaydi. Bizlar haqimizda hech narsa bil-
may turib, siz uni yolg‘on ustida ushlay olmasdingiz, 
gumonsirash esa – sizning tabiatingizga zid narsa.
Bu narsalarni men sizga nega kecha kechqurun 
aytib bermaganim qiziq tuyular. Lekin kecha men 
to‘g‘ri qilayapmanmi yoki yo‘q, deya oladigan ahvol-
da emasdim. Gaplarimning to‘g‘riligini polkovnik Fit-


217
suilyam tasdiqlashi mumkin. Bizning qarindoshligimiz 
va bir-birimizdan sir berkitmasligimiz, yana buning 
ustiga Jorjiana uchun u ham javobgarligini qo‘shgan 
holda, uni ham bo‘lgan voqeadan xabardor qilishim 
kerak edi. Agar o‘zingizning menga nisbatan beparvo 
munosabatingiz orqasida so‘zlarimga ishonmasangiz, 
balki Fitsuilyamga ishonarsiz. Va sizda undan so‘rash 
imkoni bo‘lishi uchun bu xatimni sizga bugun ertalab 
berishga harakat qilaman. Bu gaplarga qo‘shadiganim 
bitta: xudo o‘zi sizga oq yo‘l bersin!
Fitsuilyam Darsi».

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish