net Binglining unga e’tiborini qabul qilayapti, lekin
o‘zida hech qanday intilish yo‘q, degan xulosaga
keldim. Sizning gaplaringiz bosh qacha ekan, men
adashgan bo‘lishim mumkin. Opangizni siz yaxshi-
roq bilasiz, shuning uchun siz haq bo‘lsangiz kerak.
Noto‘g‘ri xulosam orqasida men opangizga ma’naviy
zarar yetkazdim, mendan qancha g‘azablansangiz
ham bari asosli. Lekin shu o‘rinda o‘zimni qisman
oqlash fikrim bor: opangiz o‘zini juda erkin tuta olar
ekanki, eng ko‘zi o‘tkir odam ham uning yuragida
nima borligini bila olmaydi. O‘z-o‘zidan men ham
uning mister Bingliga nisbatan beparvoligiga ishon-
dim. Lekin ta’kidlab aytaman, kuzatishlarim va bu
xulosalarim har doim ham mening xohishim yoki
qo‘rquvlarimga bog‘liq emas. Va opangizning qalbi
bo‘sh bo‘lgan, degan xulosaga kelishim men shuni
istaganim uchun emas. Kecha men sizga keltirganim
xulosalar hammasi emas edi. Kelib chiqishlarimizda-
gi tengsizlik nafaqat menga, balki do‘stimga ham te-
212
gishli. Lekin boshqa to‘siqlar ham bor edi. Va ular hali
ham bor. Ular do‘stim ikkalamizga tegishli, lekin oxirgi
paytlarda ularga ko‘z yumishga harakat qildim. Bular
to‘g‘risida baribir biroz gapirib o‘tishimga to‘g‘ri keladi.
Qarindoshlaringizning ona tomonidan past tabaqadan
kelib chiqishi, missis Bennet, uchala kichik singlingiz
va ba’zi hollarda hatto otangizning o‘zlarini tuta bil-
masliklari oldida hech narsa emas. Sizni yana ranji-
tayotganim uchun uzr so‘rayman. Lekin qarindoshla-
ringizning kamchiligini o‘ylab va xatimda shu gaplarni
yozayotganim uchun meni qar g‘agan holda, o‘zingiz
va opangiz ham bu xislatlardan yiroq ligingiz va yu rish-
turishingiz sizlarning naqadar aqlli va yuksak didli
ekanligingizdan darak berishini bilib qo‘ying. Demak,
o‘sha kuni Nezerfildda ko‘rganlarim, men oldinroq xu-
losa qilganimdek, do‘stimni bu, mening nazarimda,
omadsiz bo‘ladigan, uylanishdan ogohlantirib qo‘yish-
ga undadi. Ertasi kuni u, yodingizda bo‘lsa, tezda qay-
tib kelish fikri bilan jo‘nab ketdi.
Endi sizga bu voqeadagi o‘rnim haqida aytib bermoq-
chiman. Uning opa-singlisi ham men kabi xavotirda
edilar. Hammamizning fikrimiz bir xil ekanligi tezda
ma’lum bo‘ldi. Tezda mister Binglining fikrini o‘zgar-
tirishimiz kerak, deb qaror qilgan holda, hammamiz
uning ketidan Londonga ketdik. Shaharga kelgach,
men do‘stimning ko‘zini ochishga harakat qildim. Unga
hamma narsani jiddiy tushuntirib berdim. Aytganla rim
uning qarorini bo‘shashtirib, o‘ylagan narsalari ning
bajarilishini orqaga surgan bo‘lsa-da, men Binglini
shu bilan orqaga qaytardim, deya olmayman. Asosiy
narsa, men opangizning unga nisbatan befarqligini
aytganimdan keyingina, u ishondi. Bundan oldin uni-
kichalik bo‘lmasa-da, opangizning ham unga nisbatan
iliq munosabatiga ishonchi bor edi. Lekin do‘stim ta-
biatan ishonuvchan bo‘lgani uchun qilayotgan ishi no-
to‘g‘riligiga ko‘ndirish qiyin bo‘lmadi. Uni ishontirgach,
213
yana Xartfordshirga qaytmaslikka ko‘ndirish juda oson
ko‘chdi. Men shu paytgacha qilganlarim uchun o‘zimni
ayblamayman. Yuz bergan voqealar ichida men noro-
zi bo‘lgan narsa bittagina. Miss Bennetning Londonga
Do'stlaringiz bilan baham: |