Uo‘K: 821. 111-3 kbk: 84(4Ingl)



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana18.04.2022
Hajmi3,57 Mb.
#559742
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
@BOOKS KITOB ANDISHA VA G\'URUR

bilsak-da, u shuni his qilayotgan ekan, bu uning men-
ga bo‘lgan munosabatining sababini ang latadi. Buning 
ustiga akasi uning mehriga munosib va singlisining unga 
nisbatan g‘amxo‘rlik qilishi ham tabiiy dir. Lekin baribir, 


163
missi Binglining mendan qo‘rqishi hayron qoldirayap-
ti, chunki hali ham akasining yodida bo‘lganimda biz 
allaqachon uchrashgan bo‘lardik. U mening Londonga 
kelganimni biladi, mening bunga ishonchim komil – miss 
Binglining o‘zi bir aytgandi. Shunday bo‘lsa-da, uning 
gap ohangidan, akasi miss Darsini sevadi deb xuddi 
o‘z-o‘zini ishontirishga urinayotganga o‘xshaydi. Men 
ana shu narsani tushunmayapman. Lekin men ham-
ma yomon fikrlarni o‘zimdan haydashga urinayapman 
va faqat yoqimli narsalar to‘g‘risida – sen bilan ikka-
lamizning do‘stligimiz, amakim va xolamizning menga 
nisbatan g‘amxo‘rliklari to‘g‘risida o‘ylashga harakat 
qilayapman. Iloji bo‘lishi bilan menga tezroq xat yozib 
yubor. Miss Bingli, juda isho narli bo‘lmasa-da, akasi 
endi Nezerfildga bormasligini va ijara uydan voz kechi­
shini aytdi. Bu gaplarni uyda yaxshisi aytib o‘tirmay 
qo‘ya qol. Xans 
fordlik do‘stlarimiz haqidagi yaxshi 
xabarlardan xursand bo‘ldim. Ser Uilyam va Mariya 
bilan ularnikiga albatta borgin. U yerlar senga yoqadi 
deb ishonaman. 
Sening Jeyning»
Bu xatdan Elizabetning ko‘ngli og‘ridi. Lekin opa-
sining endi juda bo‘lmaganda miss Bingliga alda-
nib qolmasligini o‘ylab, ruhi biroz ko‘tarildi. Mister 
Bingliga nisbatan esa endi tamoman umid yo‘q edi. 
Elizabet endi hatto yigit opasining ketidan yurishini 
xohlamay ham qoldi – qizning oldida uning shun-
chalik obro‘si qolmagandi. Va qiz Binglining miss 
Darsi bilan to‘yi tezroq bo‘lib o‘tishini chin dildan 
tiladi, bu narsa Jeynga osoyishtalik, yigitning o‘zi-
ga esa jazo bo‘lgan bo‘lardi, chunki Uikxemning 
ayt ganlari rost bo‘lsa, Jorjiana o‘z tabiati bilan tez 
kunda Binglini tavbasiga tayantirgan bo‘lardi.
Shu kunlarda Elizabet missis Gardinerdan ham xat 
oldi. U xatida qizga Uikxem haqidagi va’dasini esiga 


164
solib, yangiliklarni yozib yuborishni so‘ragan edi. Eli-
zabetning bu haqda yozgan narsasi o‘zidan ham ko‘ra 
xolasiga yoqimliroq edi: Uikxemning o‘ziga nisbatan 
bo‘lgan qiziqishi so‘nib, hozirda u boshqa qizga qa rab 
ketgan edi. Elizabet buni vaqtida sezib qolib, ushbu 
voqeani sovuqqonlik bilan qarshi oldi va xolasiga ham 
bularni tinchgina yozib yubordi. Agar o‘zi yetarli dara-
jada mol-mulkka ega bo‘lganda, yigit bunday qilma-
gan bo‘lardi, degan fikr ham uning yuragiga tegmadi. 
Yigit hozir ko‘nglini olishga harakat qilayotgan qizning 
undan yuqoriligi shunda ediki, u birdaniga o‘n ming 
funtga ega bo‘lib qolgandi. Elizabet Sharlotta bilan 
bo‘lgan voqeadagidan farqli o‘laroq, Uikxemning mus
-
taqillikka intilishi uchun ta’na qilmadi. Qaytaga ham-
ma narsa tabiiy bo‘ldi-ku! O‘z xohishidan voz kechish 
baribir yigitga biroz og‘ir bo‘lgan, degan fikrni xayoli
-
ga ham keltirmaslikka urinib, uning bu qarori o‘ylab 
qilin ganiga va bu ikkalasi uchun ham to‘g‘ri bo‘lgani-
ga o‘zini ishontira bildi va chin yurakdan Uik xemga 
baxt tiladi.
O‘ylaganlarining hammasini missis Gardinerga 
yozar ekan, davom etdi:
«Xolajon, men chinakamiga sevib qolmaganimga 
amin bo‘ldim. Chunki agar men bunday samoviy va 
toza tuyg‘ularni his qilganimda edi, hozir uning nomi-

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish