«Aziz dugonajon,
Xartfordshirdan ketayotib, men faqat sizdan uzoq-
lashayotganimgagina achinayapman. Lekin umid
qilamanki, bir kun kelib siz bilan yana ko‘rishamiz.
Hozir esa ayriliqning og‘rig‘ini tez-tez xat yozib turish
129
bilan olamiz. Sizdan xat kutib qolaman»
. Bu yolg‘on
va balandparvoz gaplarni Elizabet beparvolik bilan
eshitdi. Uni Binglilarning to‘satdan jo‘nab ketishlari
hayron qoldirayotgan bo‘lsa-da, bu xatda xavotir
ola digan hech nimani ko‘rmadi. Bundan miss Bingli
va missis Xyorstlarning yo‘qligi yigitning Nezer fild ga
kelishiga xalaqit beradi, degan fikr chiqmasdi. Bu
ayollar bilan ayriliqni esa Jeyn mister Bing li bilan
birga o‘tkazadigan damlar sezdirmaydi, – ikkilan-
may xulosa qildi Elizabet.
– Albatta, ular bilan xayrlashmay qolganing achi-
narli, – dedi u biroz sukutdan so‘ng. – Lekin miss Bing-
li aytayotgan baxtli uchrashuv u faraz qilayotganidan
tezroq yuz berishi mumkin emasmi? Va sizlar dugona
bo‘lganingizdagidek yaqinlik sizlar opa-singilga aylan-
ganingizdan keyin yana ham yoqimliroq bo‘lmaydimi?
Axir ular Binglini Londonda ushlab qolishmas.
– Kerolayn ulardan hech kim bu qish Xartford
-
shirga qaytib kelmasligini aniq yozyapti.
«Akam ke-
tayotib uning Londonga borishini taqozo qilayotgan
ishni nihoyati uch kunda bitirishini aytgandi. Lekin
bunday emasligini biz juda yaxshi bilamiz. Uning
shaharga kelgandan keyin qaytib ketishga shoshil-
masligini bilib, biz ham uning mehmonxonada yolg‘iz
o‘zi o‘tirmasligi uchun uning ketidan ketishga qa-
ror qildik. Mening ko‘p tanishlarim qishni o‘tkazish
uchun shaharga ketishayapti. Dugonajon, men
sizning ham ular qatorida bo‘lishingizni xohlardim,
lekin esiz, buning iloji yo‘q. Umid qilamanki, Rojdest-
vo bayrami sizlarga Xartfordshirda yaxshiliklar olib
keladi va sizning do‘stlaringizning ko‘pligi biz sizdan
ayirayotgan uch odamning yo‘qligini sezdirmaydi»
.
– Bu gaplardan ko‘rinib turibdiki, bu qish u qay-
tib kelmaydi.
– U miss Binglining fikricha qaytib kelmasligi
ko‘rinib turibdi, – dedi Elizabet.
130
– Lekin sen nega bunday deb o‘ylayapsan? Bu
uning o‘zining ishi, o‘ziga o‘zi xo‘jayin, demoqchi-
misan? Sen hali hammasini eshitganing yo‘q. Hozir
menga ayniqsa, tekkan joyini o‘qib beraman. Sen-
dan hech narsani yashirmoqchi emasman:
«Mister Darsi singlisini juda ham ko‘rgisi kelib keta-
yapti, ochig‘i, buni biz ham undan kam xohlamayapmiz.
Men hech kim Jorjiana Darsi bilan na chiroy, na noziklik
va na boshqa narsalarda tenglasha olmaydi, demoq-
chi emasman. Lekin u bizda o‘ziga nisbatan uyg‘otgan
mehrdan kelib chiqib, bir kun kelib biz bilan opa-singil
bo‘ladi, deb umid qilamiz. O‘zimizning rejalari miz haqi-
da gapirganimizmi yoki yo‘q, yodimda emas, lekin biz
sizga bu narsani aytmasdan ketishni xohlamasdik va
ishonamanki, siz bizni noto‘g‘ri tushunmaysiz. Akam
oldin ham miss Darsidan hayratda edi. Endi esa unda
bemalol uchrashib turish imkoni bo‘ladi. Uning hamma
qarindoshlari va akamning yaqinlari ham shuni xohla-
shadi. Va qarindoshlik tuyg‘ularim meni aldamayot-
ganiga umid qilib, men Charlz xohlagan ayol ko‘nglini
zabt qila oladi, deb ishonaman. Hech qanday xalaqit
beradigan narsa bo‘lmagani holda mazkur nikohning
bo‘lishini ta’minlovchi hamma sharoit bo‘lib turgani-
ni hisobga olib ko‘pchilikka baxt keltiradigan bu nar-
sadan umid qilishim mumkinmi?»
– Lizzi, azizam, bu gapga nima deysan? Yetarli dara-
jada tushunarli emasmi? – xatni buklar ekan, so‘radi
Jeyn. – Axir, Kerolayn meni singil qilishni xohlamayot-
gani va bu narsa bo‘lishi mumkin emasligini ochiq
aytmayaptimi? Mister Binglining menga nisbatan
befarqligiga aniq ishonib va mening akasiga bo‘lgan
tuyg‘ularimni sezib, meni ogohlantirib qo‘ymoqchimi?
Buni boshqacha tushuntirib bo‘ladimi?
– Ha va juda oson. Men, masalan, boshqacha
o‘ylayapman. Nimaligini aytaymi?
– Xudo haqqi, ayta qolgin.
131
– Qisqagina qilib aytishim mumkin. Miss Bing-
li akasi seni yoqtirib qolganini ko‘rib turibdi, lekin
uning miss Darsiga uylanishini xohlaydi. Akasini
Londonda ushlab tura olishiga umid qilib, uning
ketidan ketadi va senga esa bunaqa xat yozadi.
Jeyn boshini silkitib qo‘ydi.
– Jeyn, jonginam, menga ishon! Ikkovingizni birga
ko‘rgan odamlardan hech kim uning senga nisbatan
bo‘lgan tuyg‘ulariga shubha qilmaydi. Miss Binglining
ham bunga aqli yetadi. Agar o‘zi mister Darsida shun-
day tuyg‘uning zarrachasini sezganida allaqachon ni-
koh ko‘ylagiga buyurtma berib qo‘ygan bo‘lardi. Gap-
ning indallosi shuki – biz ular uchun yetarli darajada
boy va tagli-zotli emasmiz. Miss Binglining akasini
miss Darsiga uylantirishdan maqsadi, bunday qilgan
taqdirda ikkinchi – o‘zi ning maqsadiga yetishi oson
bo‘lgan bo‘lardi. Juda ayyorlik bilan qurilgan reja.
Agar uning yo‘lida ledi de Byor bo‘lmaganida, bu reja
balki amalga oshgan bo‘lardi. Axir sen uning akasi
mister Darsining sing lisini shunchalik yoqtirsa ham,
seni qadrlashi se shanba kuni baldan keyin xayrlash-
gan paytdagidan kamayib qolgan, deb o‘ylamayotgan-
dirsan! Yoki uning seni emas, balki singlisining eng
yaxshi ko‘rgan dugonasini sevishi miss Binglining
qo‘lida emasdir.
– Agar biz miss Bingli haqida bir xil o‘ylaganimizda,
sening xatni qanday tushunganing menga tasalli ber-
gan bo‘lardi, – dedi Jeyn. – Lekin sen xato qilayotga-
ningni juda yaxshi tushunib turibman. Ata yin aldash
Kerolaynning qo‘lidan kelmaydi. Men faqat uning o‘zi
ham adashayapti, deb umid qilishim mumkin.
– Juda yaxshi. Mening aytganim bo‘lishi mumkin
emas ekan, balki o‘zingniki to‘g‘ridir. Xudo haqqi, u
yanglishayapti deb hisoblayver. Sen o‘z burchingni
bajarding va endi hech narsa haqida xavotirlanma-
sang ham bo‘ladi.
132
– Lekin Elizabet, azizam, yaxshi narsaga umid
qilaylik. Opa-singillari va do‘stlari boshqa qizga
uylanishini xohlayotgan yigitga turmushga chiqib,
men baxtli bo‘la olamanmi?
– Bu sening ishing, agar o‘zing yaxshilab o‘ylab
ko‘rib, turmushga chiqib, baxtli bo‘lganingdan ko‘ra
uning opa-singillarining norozi bo‘lishlari ko‘proq
ahamiyatga ega, deb hisoblaydigan bo‘lsang, yax-
shisi, rad javobini berganing ma’qul.
– Shunday deyishga qanday tiling borayapti? –
zo‘rg‘a jilmayib dedi Jeyn. – Axir, ularning noroziligi
meni qanchalik xafa qilsa, qanday javob berishim
mumkinligini o‘zing yaxshi bilib turibsan-ku!
– Bunga ishonchim komil. Shuning uchun ham
men sening qayg‘uyingni yuragimga yaqin olma-
yapman.
– Lekin u qish davomida qaytib kelmasa, balki
mening javob berishimga ham hojat qolmas. Olti oy
ichida ming xil narsa sodir bo‘lishi mumkin.
Mister Binglining Nezerfildga qaytib kelmasligi
haqidagi taxmin Elizabetga bo‘lishi mumkin emas-
day, bu narsa Kerolayn o‘ylab topgan bahonaday
tuyular edi. U singlisi qanchalik ustalik bilan sing-
dirishga urinmasin, mister Bingli bunga ko‘nadi,
degan fikrni xayoliga ham keltirishni xohlamasdi.
Jeynni o‘zining haqligiga shunchalik ishontir diki,
birozdan so‘ng gaplarining ta’sirini seza boshladi.
Jeyn tabiatan g‘amga botib o‘tiradigan qiz emasdi,
shuning uchun ham Elizabet opasining yuragida
Binglining Nezerfildga qaytib kelishi va uning yura-
gidagi tuyg‘ulariga xuddi shunday javob qaytarishiga
juda oz bo‘lsa-da, umid tug‘dira olish qo‘lidan keldi.
Ular onalariga yigitning rejalari haqida hech narsa
demay, faqat qizlarning jo‘nab ketishganini aytishga
kelishib olishdi. Lekin hatto shu ham missis Bennet-
ning kayfiyati buzilishiga, ularning oilasi endigina qa
-
133
rindosh bo‘lay deganda miss Bingli va missis Xyorstni
ketishga majbur qilgan sababdan, to‘xtamay qarg‘a-
nib shikoyat qilishiga olib keldi. Biroq biroz vaqt o‘tib,
mister Bingli yaqinda albatta qaytib keladi va Long-
bornda ular bilan tushlik qiladi, degan umid bilan
o‘z-o‘ziga tasalli berdi. Va oxirida yigit faqat tushlik
qilishgagina taklif qilinsa-da, yana qo‘shimcha ovqat
-
lar ham tayyorlanishini qo‘shib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |