XXII bob
Bennetlar oilasi Lukaslarnikiga tushlik qilish
uchun taklif qilingan edi. Miss Lukas hali ham shun
-
day mulozamatli ediki, kun bo‘yi mister Kollinzning
dil izhorlarini indamay eshitdi. Paytdan foydalanib,
Elizabet dugonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib
qo‘ydi:
– Sen bilan gaplashayotganda, uning kayfiyati
juda yaxshi bo‘ladi, – dedi u dugonasiga. – Men sen-
dan shunday minnatdormanki…
Sharlotta dugonasiga foydasi tegayotganidan
juda xursandligini aytdi. Bu qiz tomonidan juda
katta iltifot edi. Lekin Sharlottaning fe’li Elizabet
kutgandan ham kengroq chiqib qoldi: qiz dugona-
sini nafaqat mister Kollinz uning ketidan yurish
-
laridan qutqarmoqchi, balki yigitni butunlay o‘zi-
ga qaratib olmoqchi edi. Va uning bu harakatlari
shunday muvaffaqiyat bilan ketayotgan ediki, agar
Kollinzning Xartfordshirdagi safari bunchalik tez
tugab qolmaganda, o‘sha kungi uchrashuvda qiz o‘z
maqsadiga yetgan bo‘lardi. Lekin qiz Kollinz tabi-
atidagi tezkorlikni payqay olmagan ediki, unga ko‘ra
mister Kollinz ertasi kuni tongdanoq Longborndan
qizning oyoqlariga yiqilish uchun Lukaslarnikiga
qarab jo‘nadi. U rejalari hali ro‘yobga chiqmay, un-
dan xabardor bo‘lib qolishlaridan xavfsirab, uydan
134
hech kimga bildirmay chiqib ketishga harakat qil-
di. Rejalarining ijobiy hal bo‘lishiga ishonib turgan
bo‘lsa-da (asossiz emasdi, chunki Sharlottaning o‘zi
uni rag‘batlantirib turgandi), ko‘nglida baribir biroz
gumon bor edi. Lekin uni juda yaxshi kutib olishdi.
U Lukaslarnikiga yaqinlashar ekan, yuqorida dera-
zadan qarab turgan miss Lukas uni ko‘rib, tasodi-
fan uchrashib qolgandek ko‘rishish uchun yugurib
yo‘lga chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, qiz undan shun-
chalik ko‘p sevgi izhorini kutmayotgan edi.
Ikkalasining fikri bir joydan chiqib, yoshlar mis
-
ter Kollinzning so‘zamolligi yo‘l qo‘yganchalik fur
-
satda hamma narsa to‘g‘risida kelishib olishdi.
Uyga kirishar ekan, mister Kollinz qizdan uni baxtli
qiladigan kunni aytishni yolvorib so‘radi. Qiz hozir
unga aniq javob berishga qodir bo‘lmasa-da, yigit-
ning fikrlariga yengil ko‘z bilan qaramayotgan edi.
Mister Kollinzning tabiatan tentakroqligi to‘ydan
oldin qizlar kutadigan hayajonli daqiqalardan qizni
mosuvo qilar ediki, faqatgina o‘z hayotini yo‘lga
qo‘yish uchungina unga turmushga chiqayotgan
miss Lukas uchun uning o‘ylaganlari aynan qachon
ro‘yobga chiqishi baribir edi.
Tezlikda ser Uilyam va ledi Lukaslarning roziligi
so‘raldi va ular ham o‘sha zahotiyoq o‘z roziliklarini
bildirishdi. Chunki mister Kollinzning ayni payt dagi
mavqeyi ularning qizlari uchun ayni muddao edi va
ota-ona qizlari uchun juda katta sep qilishlari ham
shart emas edi. Yana buning ustiga uning yaqin ke-
lajakda yanada boyib ketishi ham kutilyapti. Ledi
Lukas oldinlari ham unda bu narsaga bo‘lgandan
ham ko‘ra ortiqroq qiziqish bilan, mister Bennet
yana necha yil umr ko‘rishi mumkinligiga qiziqdi,
ser Uilyam esa mister Kollinz Longbornga xo‘jayin-
lik qila boshlaganda o‘zi va xotini Sent-Jeyms sa-
royida bemalol bo‘la olishlarini aytdi. Xullas, butun
135
oila xursandchiligining cheki yo‘q edi. Kichik qizlar
endi ularni ular kutishayotgandan ham vaqtliroq
mehmondorchiliklarga olib yurishadi, deb umid qila
boshlashdi. Ukalari Sharlotta qari qiz bo‘lib qoladi,
deb endi qo‘rqmay qo‘yishdi. Qiz ham o‘z maqsadiga
erishgan bo‘lib, nima voqealar bo‘lganini endi yax-
shilab o‘ylay boshladi. Bo‘lib o‘tgan narsalar ham-
masi uni qoniqtirar edi. Mister Kollinzni albatta, na
kelishgan va na aqlli deb bo‘lmasdi; u bilan birga
bo‘lish og‘ir edi, yigitning qizga nisbatan tuyg‘ulari
esa so‘zsiz, havoyi edi. Lekin nima bo‘lsa-da, Kollinz
endi qizga uylanayotgan edi. Qizning nikoh haqida-
gi, umuman, erkaklar haqidagi fikrlari odatda juda
yuqori bo‘lmasa-da, turmushga chiqish doim uning
maqsadi edi. Chunki turmushga chiqibgina o‘qi-
mishli, lekin kambag‘al qiz jamiyatda o‘z o‘rnini
topar, baxtli bo‘lmasa ham, chorasizlikdan himo-
yalangan bo‘lardi. Hozir esa u bu himoyani topgan
edi. O‘zining hozirgi yigirma yetti yoshida, go‘zal
bo‘lmay turib, qanday omadi kelganini juda yaxshi
tushunib turardi. Faqat Elizabet o‘zining eng yaqin
dugonasi bo‘lgani uchun uning bu nikohga qan-
day qarashi qizning yuragini g‘ash qilayotgan edi.
Bu qaror Elizabet uchun kutilmagan bo‘lib, balki
u buning uchun Sharlottani gunohkor ham qilishi
mumkin edi. Bu ko‘ngilsizlik Sharlottaning fikrini
baribir o‘zgartirmasa-da, uning yuragida chuqur
iz qoldirishi mumkin edi. Shuning uchun qiz bu
yangilikni dugonasiga o‘zi aytmoqchi bo‘ldi va Kol-
linzdan Longbornga qaytganida hech kimga hech
nima aytmaslikni ta yinladi. Kollinz sirni saqlashga
va’da bergan bo‘lsa-da, so‘zida turishi oson bo‘lma-
di. Yigitning ancha vaqt yo‘q bo‘lib ketgani hamma-
ni qiziqtirib, turli savollarni yog‘dirib tashlashdi.
Javobdan qochish uchun u turli-tuman yolg‘onlar-
ni gapirishga majbur bo‘lgan qahramonimiz, ayni
136
paytda o‘z mu
vaffaqiyati bilan maqtangisi ham ke
-
layotgandi.
Mister Kollinzning ertasi kuni Longborndan juda
vaqtli ketishi mo‘ljallanayotgan bo‘lib, Bennetlar bi-
lan xayrlashuv marosimi ular kechqurun uyquga yo-
tishlaridan oldin o‘tkazildi. Shu o‘rinda missis Bennet
juda ham muloyim va yumshoq qilib, mister Kollinzga
u yana vaqti bo‘lishi bilan mehmonga kelsa, ular juda
ham xursand bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdi.
– Bu taklifingizdan juda ham minnatdorman,
chunki men aynan shu gapni kutayotgan edim.
Shuning uchun xotirjam bo‘lishingiz mumkin, iloji
bo‘lishi bilanoq bu taklifingizdan foydalanaman.
Uning javobi hammani hayron qoldirdi. Mister Kol-
linzning bunchalik tez yana qaytib kelishi hech ham
yoqmayotgan mister Bennet shosha-pisha dedi:
– Bu bilan ledi Ketrinning g‘ashiga tegib qo‘ymay-
sizmi? O‘z bekangizni xafa qilib qo‘ygandan ko‘ra
qa rin doshlardan kechib qo‘ya qoling.
– Do‘stona maslahatingiz uchun sizga katta
tashakkur, – javob berdi mister Kollinz. – Xotirjam
bo‘ling. Albatta, men zoti oliyalarining ruxsatisiz bir
qadam ham bosmayman.
– Juda ehtiyotkor bo‘lish qo‘lingizdan kelmasov.
Nima qilsangiz qiling-ku, lekin uning sizdan xafa
bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘ymang! Agar Longbornga ke-
lasi safar kelishingiz, ishonamanki, albatta hali
yana kelasiz – uning sizdan norozi bo‘lishiga olib
keladigan bo‘lsa, jimgina uyda qola qoling. Xotirjam
bo‘ling, biz sizdan hech ham xafa bo‘lmaymiz.
– Juda ham minnatdorman. Va bilib qo‘yingki,
juda yaqin kunlar ichida Xartfordshirda bo‘lgan
davrimda menga ko‘rsatilgan ushbu va boshqa ham-
ma hurmat-e’tiborlaringiz uchun minnatdorchilik
bildirilgan xat yozib yuboraman. Go‘zal amakivach-
chalarimga kelsak, yaqin kunlarda Longbornga
137
qay tib kelishim aniq bo‘lsa-da, ularning hammasi-
ga, shu jumladan, miss Elizabetga ham sog‘-salo-
matlik va tinch-omonlik tilayman.
Shundan so‘ng ayollarning bari uning bu rejasidan
hayratga tushgan bo‘lsalar-da, odatda bunday paytda
aytiladigan gaplarni aytishib, o‘z xonalariga yo‘nalish-
di. Missis Bennet yigitning bu gaplarini uning kichik
qizlaridan biriga ko‘z tikkaniga yo‘yishga harakat qil-
di. Onaga qizlaridan Meri uning taklifini qabul qilishi
mumkinga o‘xshab ko‘rindi. Meri yigitning qobiliyati-
ga o‘z opalariga qaraganda yuqoriroq baho bergan,
ba’zan esa uning chuqur mulohazalaridan hatto
hayratga tushgan edi. Va yigitning ong darajasini
o‘zinikiga teng hisoblamasa-da, u o‘z ustida ishlasa,
balki vaqt o‘tib uning darajasiga yetishi mumkin, deb
hisoblardi. Lekin ertasi kuni ertalab hamma umidlar
puchga chiqdi: nonushtadan so‘ng ularnikiga miss
Lukas keldi va Elizabetni chetga tortib, unga bo‘lajak
unashtiruv haqida aytib berdi.
Mister Kollinz o‘zini Sharlottani sevib qolganga so-
lishi mumkinligi Elizabetning xayoliga kelgandi. Lekin
uning fikricha, dugonasi buni qabul qilishi mumkin
emasdek edi. Qiz hayratdan qichqirib yubordi:
– Mister Kollinz bilan unashtiruv? Sharlotta, du-
gonajon, bunday bo‘lishi mumkin emas!
Elizabetning bu ta’nasi natijasida o‘zini bamayli-
xotir tutib turgan miss Lukas avvaliga nima de yishni
bilmay qoldi. Lekin Elizabetning hayrati u kutganidan
ortiq bo‘lmagani uchun tezda o‘zini tutib olib, dedi:
– Nahotki, bu seni shunchalik hayratga solayap-
ti, Eliza? Agar sendan hech narsa chiqmagan bo‘lsa,
mister Kollinzning boshqa bir qiz bilan omadi keli-
shi mumkin emasmi?
Elizabet o‘zini qo‘lga olib, dugonasi bilan qarin-
dosh bo‘layotganidan xursandligini aytdi va unga
hamma yaxshi tilaklarni tiladi.
138
– Sen nimani his qilayotganingni yaxshi tasav-
vur qilayapman, – dedi Sharlotta. – Sen juda hayron
qolayotgan bo‘lsang kerak. Axir, mister Kollinz yaqin-
dagina senga uylanmoqchi bo‘layotgan edi. Lekin ham-
masini bir boshdan o‘ylab ko‘rsang, men to‘g‘ri qilayot-
ganimga o‘zing amin bo‘lasan. Juda yaxshi bilasan,
men xayolparastlikdan yiroqman. Bu narsa doimo
menga begona bo‘lgan. Mening boshimga boshpana
kerak. Va men mister Kollinzning tabiatini, uning ya-
shash tarzini va jamiyatdagi o‘rni haqida o‘ylab ko‘rib,
baxtli oila qurish haqidagi orzu-umidlarimning bosh-
qalarnikidan hech farqi yo‘q, degan qarorga keldim.
Elizabet sekingina: «Ha, albatta», – deb javob berdi.
Sharlotta Longbornda ko‘p bo‘lgani yo‘q va u ket-
gandan so‘ng Elizabet eshitganlari to‘g‘risida yana bir
marta o‘ylay boshladi. Uning ushbu nikoh to‘g‘risi-
dagi fikrga ko‘nikishiga ancha vaqt ketdi. Dugonasi
-
ning turmushga chiqish borasidagi fikrlari o‘zinikiga
o‘xshamasligini bilar edi. Lekin uning tinchgina ya-
shashni xohlagani uchun eng nozik narsalarni ham
qurbon qilishi mumkinligini aqliga sig‘dira olmayot-
gan edi. Eng yaqin dugonasi – mister Kollinzning xo-
tini! Qanday ahmoqona holat! Uning nazarida, Shar-
lottaning bu yo‘l bilan o‘zini yerga urganidan pay-
do bo‘lgan og‘riq qizning taqdiri achinarli bo‘lishiga
bo‘lgan ishonchdan kuchliroq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |