9.3-rasm. Havo-yoy yordamida kesish jarayonining sxemasi:
1 – keskich; 2 – havo oqimi; 3 – ariqcha; 4 – ko‘mir elektrod.
Metallarni havo-elektr yoyi yordamida kesishda teskari qutbli o‘zgarmas tok ishlatiladi, chunki to‘g‘ri qutbli tokdan foydalanilsa, metalning katta hududda suyuqlanib, uni havo vositasida siljitish qiyinlashadi. O‘zgaruvchan tokdan foydala- nish ham mumkin. Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun quyidagi kesgichlardan foydalaniladi: a) havo oqimi ketma-ket joylashgan kesgichlar; b) havo oqimi halqasimon joylashgan kesgichlar.
Elektrodga nisbatan havo oqimi ketma-ket joylashgan kes- gichlarda siqilgan havo elektrodning bir tomonidan o‘tadi.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun ko‘mir va grafit elek- trodlardan foydalaniladi. Grafit elektrodlar ko‘mir elektrodlarga qaraganda chidamliroq. Elektrodlar doiraviy va plastinkasimon shaklda bo‘ladi. Havo-elektr yoyi vositasida kesishda tok kattaligi quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
I=K•de
bu yerda: I – tok ko‘chi, a; de – elektrod diametri, mm;
K – elektrod materialining issiqlik fizik xossalariga bog‘liq
bo‘lgan koeffitsient bo‘lib, ko‘mir elektrodlar uchun 40—48 A/ mm, grafit elektrodlar uchun 60—62 A/mm.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish uchun energiya manbalari sifatida standart payvandlash o‘zgarmas tok o‘zgartirgichlari yoki payvandlash transformatorlaridan foydalaniladi.
Kesgich bosimi 0,4—0,6 MPa bo‘lgan sex tarmog‘idan yoki ko‘chma kompressorlardan ta’minlanadi. Havo-elektr yoy vosi- tasida kesishda 0,7 MPa dan ortiq siqilgan havodan foydalanish yaramaydi, chunki kuchli havo oqimi yoyning turg‘un yonishini keskin yomonlashtirib yuboradi.
Havo-yoy vositasida kesish, sirtni tekislashga va kesib ajra- tishga bo‘linadi. Metall va payvand choklaridagi nuqsonli joylarni to‘ldirish, shuningdek, chok asosini va faskalarni olib tashlash uchun sirtni tekislash ishlari olib boriladi. Faskani ayni bir vaqtda listning har ikki chetidan olish mumkin. Tekislash vaqtida hosil bo‘ladigan ariqchaning kengligi elektrod diametridan 2—3 mm ortiq bo‘lishi kerak.
Kesib ajratishda va sirtni tekislashda kesgichning joylashishi 9.4-rasmda ko‘rsatilgan.
9.4-rasm. Havo-yoyli kesishda kesgichning joylashishi:
a – 20 mm gacha qalinlikdagi metalni kesish; b – qalinligi 20 mm dan qalin metall kesish; d – yuzida keng ariqchalar o‘yish.
Lablardan elektrodning ostki uchigacha bo‘lgan masofa 100 mm dan oshmasligi kerak. Elektrod yonib tugashi sayin u lablardan pastga surib turiladi. Metalning kesilayotgan joydagi yuzasi tekis va silliq chiqadi.
Havo-elektr yoyi vositasida kesish va sirtni tekislash ishlari zanglamaydigan po‘lat va rangli metallarga ishlov berishda qo‘lla- niladi.
Plazma – musbat va manfiy zaryadlangan zarralarning umumiy zaryadi nolga teng bo‘lgan proporsiyasidagi gaz. Ma’lumki, mod- dada erkin elektrodlar qancha ko‘p bo‘lib, ular qancha tez harakat- lansa, moddaning o‘tkazuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi, chunki erkin harakatlanayotgan elektronlar elektr tokini olib o‘tadi.
Plazma vositasida kesishning mohiyati shundaki, bunda metall kuchli yoy zaryadsizlanishi vositasida kichik hududda suyuqlan- tiriladi va so‘ngra suyuqlangan metall kesish zonasidan katta tez- likdagi gaz oqimi yordamida uzoqlashtiriladi.
Gorelkaga kelayotgan sovuq gaz elektrodni aylanib o‘tadi va yoy zaryadsizlanish zonasida plazma xossalariga ega bo‘ladi, so‘ngra kichik diametrli soplo teshigi orqali yorug‘ yonuvchi oqim sifatida katta tezlik va 15000°C va undan yuqori harorat bilan chiqadi.
Qo‘llaniladigan elektr sxemaga qarab metallarni plazma vo- sitasida kesish bevosita va bilvosita yoylar yordamida bajarilishi mumkin.
Plazma hosil qiluvchi gaz, keltirilgan elektr energiyani kesila- yotgan metalga uzatiladigan issiqlik energiyasiga aylantirib beruv- chi tizimdir. Shuning uchun gazning ionlanish energiyasi yuqori bo‘lgani va molekular holatda bo‘lgani maqsadga muvofiq. Argon, azot, vodorod, geliy, havo va ularning aralashmalari ana shunday gazlardir.
Plazmali kesish jarayonida ijobiy xususiyatlari quyidagicha: ke- sish tezligi yuqori; metalga issiqlik ta’sir etish zonasi kichik; ke- sishda tunukalarni sezilarli tob tashlashi yo‘qligi; kesishdan so‘ng tunukalarni payvandlash imkoni bo‘ladi; kesish jarayonining mexanizatsiyasi nisbatan yengil. Alumin va uning qotishmalari- ni, mis va yuqori legirlangan po‘latlarni kesish yuqori iqtisodiy tejamkorligi bilan farq qiladi.
Bevosita yoy bilan plazma kesish jarayonining sxemasi 9.5-rasm- da ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |